Telegram Web Link
#yangilik

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eco klub” tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eco klub” ning ochilishi universitet hayotida muhim voqea bo’ldi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ushbu klub yoshlarni ekologik ongli, ijodkor va mas’uliyatli mutaxassis sifatida tarbiyalashni maqsad qiladi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼnaviy_hayot

Olmaliq shahrida ma’rifat saboqlari

Olmaliq shahrida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• bugungi siyosiy jarayonlar;
• islohotlarning amaldagi ifodasi;
• hududlardagi ijobiy o‘zgarishlar;
• ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor;
• davlat xizmatchilarining daxldorlik pozitsiyasi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzuga doir dolzarb ma’lumotlar yetkazildi va fikr-mulohazalar almashildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Bogʻizilol sohili – yangi sayilgohga aylanadi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent tumanidagi Bogʻizilol mahallasida amalga oshiriladigan loyiha bilan yaqindan tanishdi.

Tuman hokimi Sardorbek Ergashev loyiha taqdimoti davomida sohil boʻylab 5 kilometr uzunlikda sayilgoh barpo etilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Unga koʻra, aholi dam olishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi: xizmat koʻrsatish shoxobchalari, ovqatlanish nuqtalari, doʻkonlar va koʻngilochar maskanlar qurilib, bu hudud toʻliq dam olish markaziga aylantiriladi.

Loyiha doirasida bir yarim kilometr yoʻl toʻliq rekonstruksiya qilinadi, 5 kilometr uzunlikdagi sohil boʻyi sayilgohi quriladi va obodonlashtiriladi. Bu esa 15 mingga yaqin aholining sifatli dam olishi va vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.


Viloyat hokimi loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini bildirib, bu tashabbus nafaqat Bogʻizilol mahallasi aholisi, balki butun tuman ahli uchun eng zamonaviy qulayliklar yaratishi lozimligini qayd etdi.


Shunga oʻxshash sayilgohlarni tumanning boshqa chekka hududlarida ham bosqichma-bosqich barpo qilish koʻzda tutilgan.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🇺🇿Toshkent viloyatida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” umummilliy birdamlik festivali doirasidagi oʻquv seminari boshlandi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Boʻstonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da hududiy boʻlim va boʻlinma rahbarlari uchun 3 kunlik oʻquv seminar tashkil etildi.

Kecha oʻquv seminarning ilk kuni doirasida viloyatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tantanali tarzda kutib olindi hamda ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminar davomida rahbarlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sohada dolzarb masalalar muhokama qilinib, tajriba almashuvlari tashkil etiladi.

Seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.



Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси тадбирларида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Нью-Йорк шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Нью-Йорк для участия в мероприятиях юбилейной 80-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций.

#Mirziyoyev #tashrif #BMT #80sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Olmaliq shahar hokimligi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Olmaliqda 280 nafar fuqaro uylaridan haydab chiqarilyapti" degan mazmundagi videomaterial yuzasidan rasmiy MUNOSABAT

Batafsil

Telegram I Vebsayt I Instagram I Facebook I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Нью-Йорк шаҳрига келди. Жон Кеннеди номидаги халқаро аэропортда давлатимиз раҳбарини АҚШ Президентининг глобал шерикликлар бўйича махсус вакили Паоло Замполли ва бошқа расмийлар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в Нью-Йорк. В международном аэропорту имени Джона Кеннеди главу нашего государства встретили специальный посланник Президента США по глобальным партнерствам Паоло Замполли и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSh

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/09/21 05:05:04
Back to Top
HTML Embed Code: