Telegram Web Link
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Eʼzoz

Sportchilarimizni yuksak marralar sari ruhlantirayotgan murabbiylar taqdirlandilar

1-oktyabr — O‘qituvchi  va murabbiylar kuni munosabati bilan  viloyat Sport boshqarmasida ham  bayram tadbiri tashkil etildi.  Unda viloyatdagi sport maktablarida fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlarni sportga keng jalb etib kelayotgan bir guruh murabbiylar taqdirlandilar.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J. Babajanov va Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R. Boboqulov so‘zga chiqib,  murabbiylarning sportchilarni yuksak natijalarga tayyorlash yo‘lidagi zahmatkorona mehnatlarini samimiy e’tirof etishdi.

Marosimda 2 nafar murabbiy “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan,  2 nafar murabbiy viloyat hokimligining maxsus sovg‘asi bilan, 31 nafar murabbiy esa Toshkent viloyati Sport boshqarmasining tashakkurnomasi va esdalik tuhfalari bilan  taqdirlandi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ehtirom

Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir

Ustozlik – jamiyatning ma’naviy poydevorini barpo etadigan oliy maqom. Millatning ertasi maktablardan, dunyoqarashi keng, bilimli, mehrli ustozlarning tarbiyasidan boshlanadi.

Millatning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodning dunyoqarashi va ma’naviy qiyofasi avvalo, fidoyi muallimlarning zahmatkorona mehnatlariga bog‘liqdir.

Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim sifatini oshirish, ustoz va murabbiylarning mehnat hamda turmush sharoitini yaxshilash – islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir.”

Bu fikrlar ta’lim sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning, ustoz va murabbiylarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat va ishonchning yorqin ifodasidir.

👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

(Toshkent viloyati hokimi,  senator Zoyir Mirzayevning "Toshkent haqiqati"  gazetasining 2025 yil,  1 oktyabrdagi 74-sonida chop etilgan Ustozlik maqomi, shogirdlik ehtiromi hamda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va uning hayotbaxsh samaralari xususidagi mulohazalari)

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda

Toshkent tumanida “Zuhriniso” tantanalar saroyida o‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi Sardorbek Ergashev barcha ustozlarni samimiy muborakbod etib, o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan bilimli va fidoyi ustozlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalarni tantanali ravishda topshirdi.

Qibray tumanidagi “Salom” tantanalar saroyida ham ustoz va murabbiylar uchun ko‘tarinki ruhdagi tadbir o‘tkazildi. Unda bir guruh o‘qituvchilarning mehnatlari e’tirof etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Piskent tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, umumta’lim va sport maktablari, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va yutuqlarga erishgan soha vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida ustozlarga minnatdorchilik bildirildi.

Olmaliq shahrida tashkil etilgan bayram tadbirida shahar madaniyat bo‘limi va Musiqa-sanat maktabi ijodkorlari, shuningdek, taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ohangaron tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Doniyor Madirimov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarni qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi va ularning xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Mehnat faoliyati davomida yutuqlarga erishgan bir qator ustoz-murabbiylar esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandi

Bekobod shahrida o‘tkazilgan bayram tadbirida shahar hokimi N. Babayev barcha ustozlarni kasb bayrami bilan muborakbod etib, ularning yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlarini yuqori baholadi.

Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi B. Begmatov, mahalla faollari, nuroniylar, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ustozlarning mashaqqatli mehnati e’tirof etildi.

Parkent tumanida o‘tkazilgan bayram tadbiri ham ko‘tarinki ruhda o‘tib, ustozlarga bo‘lgan chuqur ehtirom va hurmat yana bir bor namoyon bo‘ldi

Yangiyo‘l shahar Madaniyat saroyida esa 1-oktyabr munosabati bilan bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Bayram ishtirokchilari uchun san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayramga fayz bag‘ishladi.

Yangiyo‘l tumanidagi “Umrzoq ota” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Odiljon Ataullayev ustoz va murabbiylarga chuqur ehtirom bildirib, ularning jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos xizmatlarini e’tirof etdi. Tadbir doirasida bir guruh soha xodimlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bekobod tumanida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida esa ta’lim sohasida uzoq yillar mehnat qilgan, yosh avlodga bilim va tarbiya berishda katta hissa qo‘shgan fidoyi ustozlar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va madaniy dasturlar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Festival

Chirchiqda yoshlar festivali: bilim, sport va ijod uyg‘unligi

Chirchiq shahrida yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” festivali o‘tkazildi.Tadbirda viloyat yoshlari faol ishtirok etib, turli loyihalarda o‘z salohiyatlarini namoyon etishdi.
Festival doirasida dastlab, “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi. “Bo‘zsuv” kanali bo‘yida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda mingdan ortiq ko‘ngilli yoshlar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Shuningdek, “Kitobxonlar kechasi”, “Zakovat” intellektual o‘yini, kurash va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari ham bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, “Mutolaa”, “Ibrat”, “Ustoz_AI” hamda “Uzchess” kabi loyihalarning taqdimotlari o‘tkazildi


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik

Nurafshon shahrida Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi qurilishi boshlandi
Ma’lumki,  Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertizasini tashkil etish, ekspert xulosalarini tayyorlash va surishtiruvchi organlar, boshqa idoralar uchun ilmiy-metodik xizmat ko‘rsatish, shuningdek,
sud-xatshunoslik, sud-texnikaviy, kriminalistik, biologik (odam DNKsi), materiallar, ashyolar va buyumlar ekspertizasi laboratoriyalarini tashkil qilish va ularda tadqiqot olib borish sanaladi.

Markaz bo‘limi ishga tushgach endilikda bu turdagi vazifalarning aksarini shu yerda amalga oshirish imkoni yaraladi.
0,16 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu maskan qurilishi boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, soha mutaxassislari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

An’anaga ko‘ra, ish boshida jonliq so‘yilib, oqsoqollarning duolari olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

🇺🇿Davlat xizmatchilari uchun muhim yangilik: “MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushdi

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan yangi innovatsion platforma — “MyDX: Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi yaratildi. 

Mobil ilova orqali davlat xizmatchilari:
-
Shaxsiy ma’lumotlarini boshqarishi;
- Tashkiloti uchun eng zo‘r tashabbuslarni taklif qilishi;
- Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishi;
- Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza berishi va karyerasida yangi cho‘qqilarni zabt etishi;
- Eng sara onlayn kurslarda o‘qib, sertifikat olishi va elektron kitoblarni mutolaa qilishi mumkin.

Ilovani yuklab olish va foydalanish mutlaqo bepul!

▫️Google Play
▫️AppStore

“MyDX: Davlat xizmatchisi” — raqamli boshqaruvning yangi qadami!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/02 10:22:18
Back to Top
HTML Embed Code: