Telegram Web Link
#rasmiy_axborot

Tatariston Respublikasining saylangan Raisi lavozimga kirishdi

Bugun Qozon shahrida Tataristan Respublikasi Raisi etib saylangan Rustam Minnixanovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda 88,09 foiz ovoz to‘plab, ishonchli g‘alaba qozongan R. Minnixonov lavozimga kirishishdan avval, an’anaga muvofiq, san’at saroyida tantanali qasamyod qildi.

Marosimda Tatariston respublikasi faollari, hudud rahbarlari, deputatlar, xorijiy mehmonlar va diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Xususan, marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida Rustam Minnixonov davlatimiz rahbari va delegatsiya a’zolariga samimiy minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro do‘stlik, hurmat va samimiyat ruhida jadal rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ragʼbat

"Vatanimni madh etaman!" — eng yaxshi she’r mualliflariga pul mukofotlari topshirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tashabbusi bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" ezgu g‘oyasi asosida shu yil avgust oyi boshida Toshkent viloyatida tug‘ilib, ijod qilayotgan professional va havaskor shoirlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan "Vatanimni madh etaman" deb nomlangan she’rlar ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси тадбирларида иштирок этиш учун 20-24 сентябрь кунлари амалий ташриф билан Нью-Йорк шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетит с рабочим визитом город Нью-Йорк для участия в мероприятиях юбилейной 80-й Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций.

#Mirziyoyev #tashrif #BMT #80sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#festival

Qo‘qonda III Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida Toshkent viloyati hunarmandlari faoliyati yuqori baholandi

Bugun Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan III Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al` Kaddumi, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamda Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov Toshkent viloyati hunarmandlari mahsulotlari taqdim etilgan pavilyonga tashrif buyurishdi.

Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#darvoqe

"Chimyon"ning chinakam havas manzillari

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 15 sentyabr kuni  Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurorti hamda  "Chimyon" mahallasida barpo etilayotgan agrosanoat bog‘ida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.


Kuni kecha viloyat hokimining tashabbusi bilan tuman va shahar hokimlari, aloqador boshqarma va tashkilot rahbarlari ham ushbu manzillarda bo‘lib, katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Ming bor eshitgandan, bir bor ko‘rgan afzal, deyishadi. Binobarin, hududning faqatgina o‘ziga xos bebaho iqlimidan kelib chiqib,  bu yerda turizm va agrar tarmoqda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar ko‘lamini anglash uchun, albatta, ularni borib ko‘rish kerak.


"Chimyon" taassurotlari hudud rahbarlari uchun o‘ziga xos ilhom va havas uyg‘otishi, ularni mana shunday ajoyib tashabbuslar sari yanada ko‘proq ruhlantirishi shubhasiz...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eco klub” tashkil etildi

Toshkent davlat agrar universitetida “Agro Eco klub” ning ochilishi universitet hayotida muhim voqea bo’ldi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ushbu klub yoshlarni ekologik ongli, ijodkor va mas’uliyatli mutaxassis sifatida tarbiyalashni maqsad qiladi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼnaviy_hayot

Olmaliq shahrida ma’rifat saboqlari

Olmaliq shahrida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.

O‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• bugungi siyosiy jarayonlar;
• islohotlarning amaldagi ifodasi;
• hududlardagi ijobiy o‘zgarishlar;
• ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor;
• davlat xizmatchilarining daxldorlik pozitsiyasi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga mavzuga doir dolzarb ma’lumotlar yetkazildi va fikr-mulohazalar almashildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/09/23 04:28:32
Back to Top
HTML Embed Code: