Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Toshkent viloyatida kambagʻallikni qisqartirish dasturi va ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar qanday natija bermoqda?

🎥 Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus lavhada batafsil tanishing.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Шавкат Мирзиёев ШҲТни мустаҳкамлаш бўйича муҳим таклифларни илгари сурди. Ўзбекистон ва Хитойнинг ҳар томонлама стратегик шериклик муносабатларини ривожлантиришга интилиши қатъий. Давлатимиз раҳбари Россия Федерацияси Президенти билан учрашди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Шавкат Мирзиёев ШБШны беккемлеў бойынша әҳмийетли усынысларды алға қойды. Өзбекстан ҳәм Қытайдың ҳәр тәреплеме стратегиялық шериклик қатнасықларын раўажландырыўға умтылысы исенимли. Мәмлекетимиз басшысы Россия Федерациясы Президенти менен ушырасты.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев выступил с важными предложениями по укреплению ШОС. Узбекистан и Китай твердо намерены развивать отношения всестороннего стратегического партнерства. Глава нашего государства встретился с Президентом Российской Федерации.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev put forward significant proposals on strengthening the SCO. Uzbekistan and China reaffirm commitment to develop comprehensive strategic partnership. The Head of our state met with the President of the Russian Federation.

Facebook|Instagram|X
#yoshlar_sayohati

Zomin goʻzalligi yoshlar nigohida

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 26-iyun kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari yoshlari - Yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar faol yoshlar Jizzax viloyatining Zomin tumaniga bepul yo‘llanma bilan taqdirlangan edi.

Joriy yil 3–4-sentabr kunlari ushbu yoshlar uchun Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Ikki kunlik dastur davomida ular tumandagi diqqatga sazovor joylar va turizm maskanlari bilan tanishish asnosida yangi taassurotlar va unutilmas xotiralar bilan qaytishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida aholining oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha "Osiyo taraqqiyot banki" mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan mega loyiha haqida "O‘zbekiston 24" telekanali dasturi orqali tanishing.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимини ислоҳ қилиш масалаларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun kun.uz saytida "Piskentda hokimiyat futbol maydonchasini sotib yubordi. Bu Prezident qaroriga zid" sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Darhaqiqat, 8 sentyabr kuni E-auksion platformasida Piskent tumani “Murotali” mahallasida joylashgan yer uchastkasini sotish bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi va unda yer uchastkasi uchun 1 mlrd 411 mln so‘m taklif qilgan Jumabayev Bahrom Xusnitdinovich g‘olib bo‘ldi. Bu esa boshlang‘ich narx (39,5 mln so‘m)dan qariyb 36 barobar ko‘pdir.

Sayt xabarida mazkur yer uchastkasi o‘rnida stadion bo‘lgani ta’kidlanib, unga 2016 va 2020 yillar holatiga oid sun’iy yo‘ldoshdan olingan rasmlar ilova qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat mulkida bo‘lgan futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari o‘zgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlangani urg‘ulangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur yerda avval harbiy qism joylashgan. Keyinchalik harbiy qism boshqa hududga ko‘chirilgan va yer davlat zaxirasiga olingan. Shu bois u qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga kiritilgan. 2010–2012 yillarda esa mahalliy aholi vakili tomonidan hech qanday namunaviy loyiha-hujjatlarsiz, shaxsiy tashabbus asosida kichik futbol o‘yingohi tashkil etilgan. Biroq 4–5 yil avval mazkur qo‘lbоla o‘yingohga tegishli barcha anjomlar uni qurgan shaxs tomonidan yig‘ishtirib olingan va yer uchastkasi qarovsiz holda qolgan.

Eng muhimi, hozirgi tadbirlar mahallaning bosh rejasi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur reja doirasida bo‘sh va qarovsiz maydonda zamonaviy mahalla markazi tashkil etish maqsadga muvofiq topilib, tuman hokimining 2025 yil 26 iyuldagi tegishli qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda auksion orqali sotuvga chiqarildi. Shu orqali hududga real sarmoya jalb etilib, bu yerda 19 ta yo‘nalishda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi muhtasham majmua qurish loyihalashtirilgan.

E’tiborli jihati, mazkur majmua tarkibida zamonaviy bolalar sport maydonchasi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, "Murotali" hududida mahalla yoshlari uchun maxsus stadion ham mavjud. Shuningdek, yangi markaz tarkibida mahalla idorasi va “Nuroniylar maskani”, davlat xizmatlari markazi filiali, mahalliy savdo do‘konlari, nonvoyxona va qandolatchilik tsexi, go‘sht do‘koni, dorixona, bank xizmati, go‘zallik saloni, sartaroshxona, poyabzal va maishiy xizmat ustaxonalari, to‘quvchilik tsexi, internet xizmatlari, kiyim tozalash shahobchasi, veterinariya xizmati kabi aholi ehtiyojiga mo‘ljallangan obyektlar ham faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, davlat rahbarining yuqorida tilga olingan qarorida mahallalardagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini o‘zgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan. Savdo g‘oliblari esa xarid qilingan yer uchastkasining qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, mazkur hududda qulay tadbirkorlik muhitini o‘z ichiga olgan zamonaviy mahalla markazining barpo etilishi hamda majmua tarkibida sport o‘yingohining ko‘zda tutilgani Prezident qarori talablariga uyg‘un keladi.

O‘z navbatida, nufuzli sayt muxbirlariga mazkur muhim mavzuda e’tibor qaratganlari va bu orqali masalaga yanada oydinlik kiritilishiga hissa qo‘shganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz.

👉 Криллда ўқиш

Telegram 🌐Instagram 📹YouTube 🌐WebsiteFacebook
2025/09/21 03:59:06
Back to Top
HTML Embed Code: