Telegram Web Link
#ezgulik

Toshkent viloyatida kichik hajmli bolalar uyi ochildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida navbatdagi kichik hajmli bolalar uyi foydalanishga topshirildi.

Bu mehr maskani yetim va ota-onasining mehridan mahrum bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bor bolalar uchun yaratilgan qulayliklardan biri boʻldi.

Mazkur kichik hajmli bolalar uyi ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir bolaning qalbiga yorug‘lik sochuvchi zamonaviy maskan sanaladi.

Unda har bir farzandni milliy va insoniy qadriyatlar asosida, oilaviy muhitda tarbiya topishiga koʻmaklashiladi.

Uydagi bolalar soni o‘n nafardan oshmaydi, bu esa tarbiyachilarga har bir bola uchun alohida e’tibor va mehr ko‘rsatish imkonini beradi.

Ochilish marosimida Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi mutasaddilari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy ()
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


BOSH MEZON – SHAFFOFLIK, HOLISLIK, HAQQONIYLIK


04.09.2025


🚀Telegram 📷
Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
#hamkorlik

Viloyat delegatsiyasi Moskvadagi nufuzli
s’yezdda ishtirok etmoqda


Moskva viloyati Hukumat uyida “Pediatriya – san’at sifatida” mavzusidagi VI xalqaro s’yezd bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida viloyatimiz vakillari s’yezd doirasidagi ilmiy-amaliy sessiyalarda faollik ko‘rsatmoqda. 

Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arzikulov hamda Moskva viloyati sog‘liqni saqlash mulozimi  Maksim Zabelin o‘rtasida bir qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Memorandum doirasida viloyat shifokorlarini Moskva viloyatidagi yetuk muassasalarda tibbiy malakasini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Bunday amaliy anjumanlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik, xususan, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada barqarorlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев адлия тизимида давлат хизматларини кенгайтириш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам расширения оказания государственных услуг в системе юстиции.

#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #davlatxizmatlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Inson_qadri

Olis hududlarda sayyor qabullar davom etadi

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tuman va shahar hokimlariga odamlarni tinglash, ularni o‘ylantirib, qiynab kelayotgan masala va muammolariga tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda yechim topishni faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi shart ekanligini ko‘p marta ta’kidlab kelmoqda.

Bu bejiz emas. Chunki, muammosini hal qilish maqsadida davlat idorasiga ishi tushgan insonlarning aksariyati shaxsan birinchi rahbar bilan uchrashishni xohlaydi. Bu o‘rinli istak ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga sabab bo‘ladi. 

Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov odamlarning mana shu haqli talabini hisobga olgan holda tegishli tashkilot boshliqlari bilan birgalikda olis hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazib bormoqda.

Jumladan, tumanning chekka Krasnogorsk hududidagi “Chotqol” madaniyat markazida o‘tkazilgan sayyor qabulda moddiy yordam, subsidiya va imtiyozli kredit olish, salomatlikni tiklash hamda kommunal sohaga oid murojaatlar bo‘ldi.

Tashkilot rahbarlari sohasiga oid murojaatlarni qachon va qay tartibda hal qilishi haqida ko‘pchilikni oldida ma’lumot berishdi. Mutasaddilar murojaatchilarga bergan va’dalarini tuman hokimi daftariga qayd etib qo‘ydi.

Muloqotlarda jami 14 ta murojaatning 3 tasi shu joyning o‘zida hal qilindi. Yana 7 tasini hal qilish uchun vaqt talab qilingani bois ijroga qaratildi.

Shuningdek, mutasaddilar 4 nafar fuqaroga murojaatini hal qilishning qonuniy yo‘li yo‘qligini tushuntirib berishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
2025/10/01 00:51:51
Back to Top
HTML Embed Code: