Telegram Web Link
#Live

Yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Ayni paytda viloyatimizning ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida festival o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev yoshlarga tabrik so‘zida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati bu – katta hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron avlodga munosib turmush tarzini barpo etish, ularning orzu intilishlarini ro‘yobga chiqarish ekanligini alohida ta’kidladi. 

Tadbirda bir guruh faol yoshlar, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida ulkan marralarni zabt etgan yigit-qizlar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.

30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ёшлар_фестивали

🎵 Нурафшонда Ёшлар фестивали. Ташкилотчиликка гап йўқ. Ёшлар росманасига маза қилишмоқда.

🔥Атмосфера шунчаки, супер даражада

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Nurafshonda bayram konserti davom etmoqda

Ayni vaqtda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tantanali marosim davom etmoqda.

Bayramda viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan san’at ustalari ishtirokidagi badiiy dastur namoyish etilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Nurafshonda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan viloyat asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi

"Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram oqshomida viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan minglab yoshlar qatnashdi.

Yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna boʻlgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or, faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Festivalda san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Sana munosabati bilan barcha jurnalist va blogerlar, matbuot sohasi fidoiylarini samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar orqali jamiyatimizda yuz berayotgan muhim voqealar keng jamoatchilikka yetkaziladi, haqqoniy va xolis axborotga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Aytish mumkinki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 48 nomdagi bosma ommaviy axborot vositalari, shu jumladan 22 ta tuman va shahar hokimliklari muassisligidagi gazetalar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, “Nurafshon TV” viloyat teleradiokanali o‘z dasturlari orqali jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab olgan holda muhim mavzularni yoritishda davom etmoqda.

Albatta, zamonaviy axborot maydonida blogerlarning ham o‘rni beqiyos. Viloyatimizda turli yo‘nalishlarda ijod qilayotgan 2000 nafardan ziyod blogerlar faoliyat yuritayapti.

Jurnalist va axborot sohasi vakillariga sihat-salomatlik, fidokorona mehnatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qutlov

Toshkent viloyati hokimining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigidan:

Xabaringiz bor, 27 - iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan soha vakillarining ijodiy mehnati munosib baholanib, e’tirof etilmoqda.

Xususan, bu yil davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar safiga yana bir fidoyi ustoz jurnalist qo‘shildi. Kuni kecha Prezidentimiz Farmoniga muvofiq, Vatanimizning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeniga “Chinoz hayoti” gazetasining Bosh muharrir o‘rinbosari – taniqli ijodkor Rahimov Abdujalol Abdiziyatovich sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, hozirgina poytaxtimizdan yana bir xushxabar viloyatimiz bo‘ylab taraldi. “Toshkent haqiqati” gazetasining Bosh muharriri o‘rinbosari, iste’dodli jurnalist Suhrob Sadirov “Oltin qalam” Milliy mukofotini qo‘lga kiritdi! Suhrobjon “Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasida g‘olib bo'ldi.

Shu munosabat bilan, Abdujalol aka Rahimov va Suhrobjonni, tahririyatlar jamoasini, ularning oila a’zolari, ota-onalarini qutlab, ezgu tilaklarimni yo‘llayman.

Tabrikning to‘liq matnini veb-saytimizda o‘qing

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Nurafshonda 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan viloyat asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram oqshomida viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan minglab yoshlar qatnashdi.

Yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna boʻlgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or, faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligi hamda hamkor tashkilotlar – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan faxriy yorliq, vaucher va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Festivalda san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 03:28:49
Back to Top
HTML Embed Code: