Telegram Web Link
#Farmoyish #Decree #Pешение_хокима

Viloyat hokimi ichki koʻchalarni taʼmirlash boʻyicha mablagʻ ajratdi

👉 Batafsil
____________

The regional governor allocates funds for the repair of internal roads

👉 In detail
____________

Хоким области подписал решение о выделении средств на ремонт внутренних дорог

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish
#obod_yurt_yoshlar_chellenji

⚡️Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida #obod_yurt_yoshlar_chellenji o‘tkaziladi.

17-avgust (shanba) kuni soat 8:00 dan boshlab boʻlib oʻtadigan ushbu  #chellenj davomida ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, xiyobonlar, ziyoratgohlarni obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, volontyor yoshlar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan xabar olinib, uy-joylari atroflarini obodonlashtirishga koʻmaklashiladi. 

🤝Qadrli Toshkent viloyati yoshlar, Siz ham obodlikka o’z hissangizni qo’shing.

Hashar boʻlib oʻtadigan joylarga kelish istagidagi yoshlar quyidagi havola orqali manzillarni bilib olishingiz mumkin:⬇️⬇️

▶️Chirchiq shahri: Kreativ yoshlar bog'i;

▶️Olmaliq shahri: "Oltin olma" xiyoboni;

▶️Boʻka tumani: "Bo'ston" MFY Yoshlar bog'i;

▶️Piskent  tumani: Mo'minobod MFY Yoshlar bog'i;

▶️Chinoz tumani: "Qozi" MFY hududi;

▶️Oqqo‘rg‘on tumani "Birlik" MFY hududi;

▶️Yangiyo‘l tumani: "Ahil" MFY hududi;

▶️Bekobod tumani: "Oqtepa" MFY hududi;

▶️ Toshkent tumani: Mustaqillik MFY;

▶️ Ohangaron tumani: Nurobod MFY;

▶️Bekobod shahri: Yoshlar markazi binosi;

▶️Yangiyoʻl shahri: Yoshlar markazi binosi;

▶️Ohangaron shahri: Yoshlar markazi binosi;

▶️Parkent tumani: "Oydin" MFY hududidagi Istirohat bogʻi va Said ota masjidi;

▶️Angren shahri: "Taraqqiyot" MFY hududi;

▶️Yuqori Chirchiq tumani: "Qorasuv" MFY hududi;

▶️O'rta Chirchiq tumani: "Faravon" MFY ko'p qavatli ular atrofi, bolalar maydonchalari;

▶️Bo'stonliq tumani: "Ugam" MFY hududi;

▶️Qibray tumani: "Navbahor" MFY hududi;

▶️Quyi Chirchiq tumani: "Navqiron" MFY Yoshlar bog'i;

▶️Zangiota tumani: "O'rta" MFY hududi.

▶️ Nurafshon shahri: "Yuksalish" MFY hududidagi futbol maydoni;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#hashar

“Obod yurt yoshlari” chellenjiga start berildi

Ayni damda barcha hududlarda yoshlar ishtirokida hashar boshlandi. jomoat joylari, taʼlimi va tibbiyot muassasalarida, korxona va tashkilotlarda hasharlar tashkil etilib, mahallalar, koʻchalar, qabristonlar va aholi turar joylari obodonlashtirilmoqda. Ehtiyojmand aholi xonadonlarida ham taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish, tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Barcha yoshlarni mazkur aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
___

The "Obod Yurt Yoshlari (Prosperous Homeland Youth)"challenge is launched

Currently, *hashar* (community clean-up efforts) has begun across all regions with the participation of youth. These activities are being organized in public spaces, educational and medical institutions, enterprises, and organizations. Neighborhoods, streets, cemeteries, and residential areas are being beautified. In addition, repair, landscaping, and cleaning work are being conducted in the homes of those in need.

We invite all the youth to take an active part in this campaign!
___

Дан старт челленджу "Obod yurt yoshlari" («Молодёжь процветающей страны»)

В настоящее время во всех регионах начался хашар с участием молодёжи. Организованы работы по уборке, благоустройству общественных мест, образовательных и медицинских учреждений, территорий махаллей, предприятий и организаций. В квартирах и домовладениях нуждающихся семей также ведутся работы по помощи в уборке, благоустройству, озеленению и очистке.

Призываем всех молодых узбекистанцев принять активное участие в этой акции!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Bugun Toshkent viloyati mahallalaridagi yoshlar yetakchilari, faol o'g'il qizlar, volontyor yoshlar ishtirokida atrof-muhitni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida #obod_yurt_yoshlar_chellenji o‘tkazildi.

Hashar tafsilotlari bilan dayjestimiz orqali tanishing.

Chirchiq shahri - Hamma  bir ezgu maqsad atrofida birlashdi. Ertalabdan boshlangan hashar davomida yoshlar obodlikka hissa qo'shdi.

Chinoz tumani - Ular birdamlikka chorlovchi, mehr-oqibatni yanada mustahkamlovchi, ezgulikni tarannum etuvchi unutilmas qadriyatlarimiz atrofida birlashdi.

Bekobod tumani - Qabristonlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxtlar oqlandi.

Nurafshon shahri - "Yuksalish" hamda "Taraqqiyot" mahallasi hududida joylashgan markaziy o'yingoh atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Yuqori Chirchiq tumani - Mazkur chellenj doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, xiyobonlar obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

O'rta Chirchiq tumani - Obodonlashtirish asnosida ko‘p qavatli uylarning atrofidagi, bolalar maydonchalaridagi kamchiliklar bartaraf etildi.

Toshkent tumani - Yoshlar yig‘ilgan hasharlarning ham o‘zgacha gashti bo‘ladi.

Bo‘ka tumani - "Bo'ston" mahallasidagi Yoshlar bog'ida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Piskent tumani - Atrof turli chiqindilardan tozalanib, yoʻllar tekislandi. Shuningdek, koʻngilli hasharchilar uchun doshqozonda osh damlanib, dasturxon yozildi.

Zangiota tumani - Jarayonlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, yolgʻiz qariyalar xolidan xabar olindi. Ularning yashash joylari obodonlashtirildi.

Yangiyo‘l tumani - "Ahil" mahallasida ahil yoshlar hashar qildi.

Oqqo'rg'on tumani - Yoshlari bir tan-u bir jon bo'lib, Yoshlar bog'ini obod qilish uchun bel bog'ladi.

Quyi Chirchiq tumani - "Navqiron" mahallasida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirildi.

Parkent tumani - Zarkent ko'chalari bo'ylab obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirildi.

Bo'stonliq tumani - Ular hasharni - ozodalik, ahillik va unutilmas qadriyat ekanini amalda takror namoyon etdi.

Angren shahri - Obodlikka munosib hissa qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan o'g'il-qizlar "Taraqqiyot"da jam bo'ldi.

Olmaliq shahri - Yoshlar tashabbusi ko'chalar ko'rkiga ko'rk, mahallalar chiroyiga chiroy qoʻshdi.

Ohangaron tumani - "Nurobod" mahallasidan boshlangan ushbu  #chellenj ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari bilan davom etdi.

Ohangaron shahri - Ushbu hasharda shahar yoshlari ham faollikni qo'ldan boy bermadi.

Qibray tumani - Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limi barcha yoshlarni mazkur #chellenj doirasida birlashishga chorladi. Natija esa yomon bo'lmadi.

Yangiyo'l shahri - Yoshlar markazi tevaragi tozalanib, daraxt ko‘chatlari oqlandi.

Bekobod shahri - Yoshlar bir davraga yigʻilib boshlangan  hashar shunday boʻladi. Ularning safida boʻlishning ham o‘zgacha sururi bor.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 19:26:41
Back to Top
HTML Embed Code: