Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Сeминар

Вилоятда ғалла ўримини бошладик

Жорий йилда 9 ой мобайнида қийинчилик ва машшақат билан етиштирилган ғаллани ўриб олиш маррасига етиб келдик. Айтиш мумкин, бу йил қишлоқ хўжалигида шунингдек, ғалла етиштириш учун ҳам синовли йил бўлди. Шу мақсадда, мавсумга пухта тайёргарлик кўрилди, ҳосилини қисқа муддатларда ўриб-йиғиб олиш учун муҳим вазифалар белгилаб олинди.

Жорий мавсумда жами 103 минг гектар майдондан 1 млн. тоннага яқин ялпи ҳосилни ўриб олишни режалаштирганмиз. Яъни, жорий йил ғалла топшириш режасини барча туманларда 40 центнердан этиб белгиладик.

Мавсумни сифатли ва тез якунлашимиз учун бизга мониторинг гуруҳлари ёрдам беради. 1-гуруҳ тезкор маълумотларни умумлаштирса, 2-гуруҳ ўрилган майдонлар бўйича мониторинг ўтказади. 3-гуруҳ ғалла ўриш комбайнларидан самарали фойдаланиш ва эҳтиёт қисмлар таъминоти билан шуғулланади, 4-гуруҳ эса ташиш техникалари билан ишлаш ҳамда ҳисоб-китоб, тузилган шартномаларни бажарилишини мониторинг қилиб боради.

👉 ВИДЕОНИ ТЎЛИҚ КЎРИШ

👉 Facebook

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube 📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat

Oʻtgan dam olish kunlari davomida viloyatning Boʻstonliq va Parkent tumanlariga 30 mingdan ortiq transport vositalarida fuqorolar tashrif buyurishdi.

Ushbu vaqt davomida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hodimlari tomonidan 24 soat mobaynida tinimsiz tirbandliklarni oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan ishlar olib borildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


🔘 Bekobod tumani. Hokim boshchiligida Mahallalarni qo’llab-quvvatlash Kengashining yig’ilishi o’tqazildi.

🔘 Angren shahri. Hokim oʻrinbosari boshchiligida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar holidan xabar oldilar.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Tumanda yoshlarni "Yoshlar daftari"dan chiqarish va tadbirkorlikni yo'lga qo'yishga yordam berilmoqda.

🔘 Chinoz tumani. Adliya boʻlimi tashabbusi bilan tumanda bir qator mahalla yoshlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

🔘 Ohangaron tumani. Hokim boshchiligida  “Hokimlik soati” yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘 Zangiota tumani. hokim boshchiligida hokimlik soati oʻtqazildi.

🔘 Nurafshon shahri. Hokim boshchiligida navbatdagi “Hokimlik soati” yigʻilishini oʻtkazildi.

🔘 Ohangaron shahri. Hokimi boshchiligida "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ”Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi tomonidan moddiy yordam tarqatildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Migratsiya

Viloyatdan Rossiyaga 5 mingdan ziyod ishchi yuboriladi


👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlik

Viloyatda xotin-qizlarning tadbirkorligi yanada rivojlanmoqda

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

“Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan Qibray tumani “Yangiyoʻl” MFY da joylashgan “Boʻri ota” (Sotiq Bugʻroxon) ziyoratgohi atrofidagi ichki yoʻllar taʼmirtalab ekanligi haqidagi materialga rasmiy munosabat

Mazkur material muallifi masalaga bir tomonlama yondashib, masʼullar fikrini inoabatga olmagan, “Boʻri ota” ziyoratgohi va unga eltuvchi yoʻl abgor holatda emas.

Xalq tilida “Boʻri ota” deb nomlangan mazkur ziyoratgoh 2022-yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan toʻliq taʼmirlanib, oʻsha yili avgust oyida foydalanishga topshirilgan. Ziyoratgohga tutash asosiy koʻchalarda toʻliq asfaltlashtirish ishlari bajarilgan.

“Yangiyoʻl” MFYdagi Farovon koʻchasi va dala hovlilar joylashgan “Orom-3” koʻchasi bilan tutash 130 metr masofa loyiha rejasiga kiritilmaganligi sababli taʼmirlanmagan.

Maʼlumot oʻrnida, “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan “Orom-3” koʻchasi toʻliq asfalt qilinadi. Yoʻlning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasini olish uchun hujjatlar taqdim qilingan. Mazkur xulosa asosida kelasi oydan ish boshlanishi rejalashtirilgan.

Taʼkidlaymizki, videolavha tasvirga olinayotganda, Qibray tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist Q.Abduxoliqovga yoʻlni taʼmirlash ishlari, kelgusi rejalar haqida aniq maʼlumotlar taqdim etilgan. Biroq, jurnalist masalaga bir yoqlama yondashib, masʼullarning bu boradagi fikrini lavhaga qoʻshmagan va jurnalistik kasb etikasini buzgan, deb hisoblaymiz.

Behzod Kabulov
,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi


Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Memorandum

Viloyatda yana bir Futbol akademiyasi tashkil etiladi

Shu maqsadda, viloyat Sport boshqarmasi va “OKMK PFK” MCHJ oʻrtasida Memorandum imzolandi.

Ilgari viloyat Sport boshqarmasi boshligʻi R. Boboqulov tomonidan futbolni hududda rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida OKMK Futbol akademiyasi filialini ochish taklifi bildirilgan edi.

Shu maqsadda, kuni kecha ikki tashkilot oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Va kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan kelishib olindi

Yaʼni, futbol maydonlaridan foydalanish, sport kiyimlari va anjomlari bilan taʼminlash, murabbiylar shtabini shakillantirish, futbol musobaqalarini tashkil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish zarur boʻladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda fuqaro tomonidan Piskent tumani “Mingtepa” MFY aholisi murojaat qilib chiqmoqdamiz, Piskent tumani “Mingtepa” MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punkti yopiq turibdi mazmunidagi murojaati boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Toshkent viloyati hokimining 2024-yil 29-fevraldagi 1/8-3-1100-sonli va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 5-martdagi 05-10/4754-sonli xatlari asosida Piskent tumanidagi “Mingtepa” oilaviy shifokorlik punkti tashkil etilishi boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berilgan.

Hozirda ushbu muassasaga qisqa kunlarda oilaviy shifokorlik punkti maqomi berilgunga qadar Koʻp tarmomoqli markaziy poliklinikaning filiali sifatida faoliyat olib boradi, muassasaga tibbiyot birlashmasi tomonidan tibbiy jihozlar va dori-darmon bilan taʼminlanib, shifokor va hamshiralar biriktirilgan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yuqori Chirchiq tumani “Ali Said“ suv inshooti 13 gektar yer maydonidan iborat bo'lib, shundan 0,2 gektariga 150 kVt quyosh  paneli oʻrnatildi

Ushbu Inshootning 3 ta yerosti quduqlaridagi nasos agregati ishlash jarayonida 50% elektr energiya tejalishiga erishilmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda yosh qiz 16-qavatdan oʻzini tashlab, halok boʻlgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda

Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 4-iyun kuni soat 16:45da shahar IIBga Uvaysiy MFYdagi koʻp qavatli 45-uyning tom qismidan oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlayotgan qizni qutqarish lozimligi haqida xabar kelib tushgan.

Shahar IIB va FVB vakillari hamda MFY raisi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va qiz bilan suhbatlashilgan. Ammo, olib borilgan muzokaralarga qaramasdan, qiz oʻz joniga qasd qilgan. Mahalla raisi va shu koʻp qavatli uy aholisining aytishicha, bu qiz ushbu koʻp qavatli uyda yashamaydi.

Hozirda shahar IIB tomonidan marhum qizning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 21:24:22
Back to Top
HTML Embed Code: