Telegram Web Link
#Haj_2024

TOSHKENT VILOYATI ZIYORATCHILARI HAJGA YOʻL OLISHDI

Bugun Toshkent viloyatidan hajga boruvchi ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.

Kuzatishga chiqqan viloyat masʼullari hajga ketishayotgan yurtdoshlarimizni kuzatib duolar qildilar. Ziyoratchilar dastlab Madina munavvarada, soʻngra, Makkai mukarramada boʻlishib, haj arkonlarini toʻliq va mukammal etishadi.

Bu yil Toshkent viloyatidan jami 1000 dan ziyod kishi haj ibodatlarini ado etadi.

Bilamizki, haj kvotasi 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7 200 tani, 2022-yilda esa 12 ming taga yetdi. Joriy yilda Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy kvota 15 ming ta etib belgilandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Эркин Воҳидов ижодига бағишланган адабий фестиваль қатнашчиларига табриги

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.


🔘 Yangiyo‘l shahri. Shahar hokimi hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

🔘 Angren shahri. Shaharda yangi sport obyekti foydalanishga topshirildi.

🔘 Chinoz tumani. Hokim o‘rinbosari investorlar tomonidan umumiy qiymati 4,0 million dollarlik polietilen qop mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ish jarayonini o'rgandi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Tumanda "Yoshlar biznes inkubatori" markazida “Kasb va yoshlar” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔘 Nurafshon shahri. Shahar prokuraturasi va xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adabiy festival ijod ahlini jamladi

Boʻstonliq tumanida Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Erkin Vohidov xotirasiga bagʻishlangan festival – adabiyot va sanʼat bayrami oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent viloyati hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan birgalikda tashkil etilgan tadbirda Erkin Vohidovning farzandlari, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar, viloyat ziyolilari, yoshlar qatnashdi.

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Yangiyoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy qismiga naʼmunaviy loyiha asosida koʻp qavatli turarjoy binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur koʻp qavatli turarjoy binosining qurilishi uchun "Gulbahor" MFY hududida joylashgan Yangiyoʻl tumani hokimligi maʼmuriy binosi yonidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 0,40 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Piskent tumani hududidagi davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelayotgan yer maydonlari ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Xususan, Suv xoʻjaligi vazirligining 5 ta yerdan foydalanuvchisiga jami 3,1056 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qari qiz” nomli badiiy filmga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan mablagʻ ajratilishi turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Taʼkidlaymizki, davlat boshqa sohalar singari kino sanʼatini rivojlantirishga ham mablagʻ ajratadi va milliy kino sanʼatini rivojlantirish uchun masʼul.

Muqoyasa oʻrnida, ikkinchi jahon urushi yillarida yoki Toshkentda 1966-yili Zilzila roʻy bergan ogʻir kunlarda ham davlat tomonidan kino sanoatini moliyalashtirish davom etgan. Eng durdona kinolar suratga olingan.

Shu bois, bu mavzudagi muhokamalarda qatnashganda, xolislik va milliy kino ravnaqi nuqtai-nazaridan baho berish adolatli boʻlar edi.

Behzod Kabulov,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi



Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 05:27:09
Back to Top
HTML Embed Code: