Telegram Web Link
#Boshqirdiston #Hamkorlik

Boshqirdiston Respublikasi va Toshkent viloyati Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida muzokaralar olib borildi.

B2B va G2B muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Muloqotda strategik hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalindi.

Shundan so‘ng, sanoat zonasiga borildi va u yerda Belorussiyaning "Amkodor" yirik ishlab chiqariah korxonasi o‘rganildi.

Viloyatimiz delegatsiyasiga mazkur hududda joylashgan savdo bozori faoliyati tanishtirildi, aholi bilan suhbatlashildi.

Zoyir Mirzayev bozor rahbari bilan muloqot o‘tkazdi va ishchilar yotoqxonasidagi holat o‘rganildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Shanba — qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘 Bekobod tumani. Tuman hokimi yig’im terim oldidan texnikalar shayligi holati bilan tanishdi.

🔘 Yangiyo‘l shahri. Shahar hokimi "Yangihayot" va "Nov" mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

🔘 Bo'ka tumani. Tumanda urug'lik g'alla maydonlarini aprobatsiya qilish jarayonlari bo'yicha viloyat seminari o'tkazildi.

🔘 Toshkent tumani. "Hasanboy guzari" mahallasida yashovchi fuqaroga imtiyozli kredit asosida motokultuvator olib berildi.

🔘 Chinoz tumani. Mutasaddilar "Abdurazzoq fayz baraka" fermer xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

🔘 Zangiota tumani. Tumanda 2 gektar yer maydonida Gollandiyaning “Abako” nomli sabzi mahsuloti yetishtiriladi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Qishloq xo‘jaligi vaziri “Do‘stlik” mahallasida aholi tomonidan qulupnay yetishtirilayotgan maydonda bo'ldi.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Pilla yetishtirish jarayonini nazorat qilish, “Gʻalla-2024” mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari muhokama qilindi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#RF #Moskva #Hamkorlik

Zoyir Mirzayev Moskva shahridagi FoodCity ulgurji bozorida boʻldi

Bu yer Oʻzbekistondan kelgan meva va poliz mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻladigan eng katta bozor hisoblanadi.

Bozor 80 gektar maydonni egallagan boʻlib, kattaligi boʻyicha dunyoda ham yetakchi oʻrinni egallaydi. Bozorga Markaziy Osiyodan, xususan, Oʻzbekistondan kuniga 50 dan ortiq katta yuk mashinasida mol olib kelinadi.

Zoyir Mirzayev bu yerda ishlayotgan oʻzbek mehnat migrantlari va savdogarlar bilan muloqot qildi, mavjud muammolar va imkoniyatlar xususida fikr almashildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OKMK TV_Official (꧁✿[Ṫõṁäṛïṡ]✿꧂)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videoklip

“Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi bilan hamkorlikda

🎬 “OKMK TV” telekanali tomonidan ishlangan videoklip.

Badiiy rahbar: Gʻolib Hojiyev.
Shoir: Gʻayrat Sheraliyev.
Bastakor: Sharofiddin Murodov.
Gʻoya muallifi: Shoira Matmuratova.
Operatorlar: Abdulatif Abdurashidov, Rustam Yo‘ldoshev, Erkin Nabiyev, Suhrob Boymirzayev.
Montaj ustasi: Abdulatif Abdurashidov.

____
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠ʼ𝕝𝕚𝕟𝕘
https://www.tg-me.com/okmk_tv_official
#Hamkorlik

Rossiya federatsiyasida boʻlib turgan Zoyir Mirzayev kecha Moskva viloyatidagi qadoq va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “GlobalPak” korxonasida boʻldi.

Tadbirkor Furqat Yusupjonov tomonidan taʼsis etilgan korxona bugun oʻz yoʻnalishida Rossiya bozorida yetakchilar qatoriga kirgan.

Oʻzbek tadbirkorlari tomonidan ochilgan mazkur korxonada 70 ta ish oʻrni yaratilgan. Bu yerda oʻzbek migrantlari mehnat qiladi.

Zoyir Mirzayev shu yerning oʻzida “Kvantum logistik” korxonasi faoliyati bilan tanishdi va yuk mashinalarini Rossiya bozoriga ortiqcha qiyinchiliksiz kirib kelishi borasida muzokara oʻtkazdi.

Zoyir Mirzayev korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qilib, ularning yashash shart-sharoitlari bilan tanishdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 13:25:03
Back to Top
HTML Embed Code: