Telegram Web Link
#Hamkorlik

Tatariston poytaxtida Toshkent viloyatining salohiyatiga bagʻishlangan rasmiy taqdimot oʻtkazildi

Avval xabar berganimizdek, Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida boʻlib turibdi.

Vakillarimiz Qozonda boʻlib oʻtayotgan “Halol eksport-2024. Rossiya va islom dunyosi” Xalqaro forumi ishtirok etmoqda.

Forum doirasida bugun “Oʻzbekiston-Rossiya” industrial muloqoti oʻtkazildi. Unda Savdo-sanoat palatasi viloyat boʻlimi raisi Abdurasul Abduxalilov, “Chirchiq” industrial zonasi rahbari Jahongir Abdurahmonov nutq soʻzladi.

Muloqotda Toshkent viloyatida biznes boshlash uchun yaratilgan imkoniyatlar va hududning iqtisodiy salohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Bugun “15-may- Xalqaro oila kuni” munosabati bilan oilalarda maʼnaviy-ahloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish, namunali oilalar hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, ibratli farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oilalar faoliyatini keng targʻib qilish maqsadida, jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Dastlab, OAV vakillari Parkent tumanidagi 8 nafar bolani “Mehribonlik uyi” dan asrab olib, tarbiyalayotgan Berdimurodovlar oilasida boʻlishdi. Soʻng, Yuqori Chirchiqdagi koʻpchilikka ibrat boʻlib kelayotgan, kashtachilik bilan shugʻullanib, bugun koʻplab shogirdlar orttirgan, ish oʻrinlari yaratgan ijodkor, Xolmuhammedovlar oilasidagi jarayonlar koʻrsatildi.

Tadbir yakunida Oʻrta Chirchiq tumanining “Oʻrta saroy” mahallasida 60 yilga yaqin umrguzaronlik qilib kelayotgan  Usmonali ota Rahmatov va Jamila aya Rahmatovalar xonadonida mehmon boʻlgan jurnalistlar ularning yoshlarga oʻrnak boʻlajak hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.


🔘 Toshkent tumani. Tuman hokimi Yaponiyalik tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘 Ohangaron tumani. Aholini daromadli qilish masalalari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔘 Ohangaron shahri. Shahar hokimi sanoat hududidagi "Angren shakar" MChJda bo'lib, zavod faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘 Angren shahri. Shahar hokimi Xitoylik investorlar tomonidan tadbiq etilgan yangi loyiha - kafel ishlab chiqarishga moʻljallangan zavod faoliyati bilan tanishdi.

🔘 Yangiyo‘l tumani. Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi sezilarli darajada oshmoqda.

🔘 Bekobod shahri. Shahar hokimi hamda tegishli mutasaddilar eksportyor korxona rahbarlari bilan uchrashdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Huquq-tartibot idoralarining ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyatda suv xoʻjaligi tizimi yanada takomillashtiriladi

Toshkent viloyatida suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinib, sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Xususan, suv resurslarini boshqarish borasidagi faoliyatga uchinchi shaxslar, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuvi taʼqiqlandi.

Joriy yil 1-iyuldan boshlab Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi tashkilotlar xodimlarining oyliklari oshiriladi hamda 2025-yildan boshlab koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish maqsadida, har oyda ustamalar berib boriladi. Shuningdek, 2024-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taʼqiqlandi.

Shu bilan birga, 15-avgustga qadar tabiiy suv obyektlarining suv fondi yerlari Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

Viloyatda yana bir yangi yirik zavod qurilishiga start berildi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Piskent tumani, "Mingtepa" mahallasining 4,2 kilometr ichki yoʻllari hamda Chinoz tumani, "Birlik" mahallasining ichki yoʻllari taʼmirlanadi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 4 milliard 463 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 20:17:26
Back to Top
HTML Embed Code: