Telegram Web Link
#tadbirkorlik
#bandlik

🎚Boʻstonliq tumanining “Daxana” mahallasida ayollar uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va oilaviy byudjetga hissa qo‘shish imkoniyatini yaratish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Boʻstonliq tumanining “Daxana” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashabbuskor ayol — Shohida Hojimatova tomonidan e’tiborga molik ish amalga oshirildi.

U o‘z mablag‘i hisobidan 10 dona zamonaviy tikuv mashinasini xarid qilib, mahalladagi ishsiz bo‘lgan 10 nafar xotin-qizni tikuvchilik faoliyatiga jalb etdi. Endilikda ushbu ayollar nafaqat doimiy ish o‘rniga,  balki barqaror daromad manbaiga ham ega bo‘ldilar.

Mazkur tashabbus orqali ayollar tikuvchilik sirlarini o‘rganib, o‘z mehnati evaziga shaxsiy hayotiga, qolaversa butun mahalla ijtimoiy muhitiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev joylardan qabulga yozilgan fuqarolar bilan ZOOM platformasi orqali  onlayn muloqot o‘tkazdi

Xabaringiz bor, aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tezkor tinglash  va hal etish, eng muhimi, vaqtdan yutish maqsadida viloyat rahbarining onlayn qabullari muntazam o‘tkazib borilmoqda.

Bugungi qabulda tuman va shaharlardan 30 ga yaqin fuqaroning masalasi mutasaddilar ishtirokida eshitildi. Qabulda aholi sog‘liqni saqlash, moddiy ko‘mak, uy-joy va maishiy turmush muammolari, kommunal xo‘jalik, bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan murojaat qilishdi.

Muloqotda tibbiy xizmat, kredit, bandlik, kadastr xizmati, maishiy turmush masalalariga doir o‘ndan ortiq murojaatga  tezkor yechim topildi. Ayrim masalalarni joyiga chiqib o‘rganish yuzasidan mas’ullar va deputatlar ishtirokida tezkor komissiyalar tuziladigan bo‘ldi.  Yana bir guruh fuqarolarga viloyat adliya, ijtimoiy ximoya tuzilmalari mutasaddilari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabulda ko‘tarilgan va yechimini topgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha video axborotlar berib boriladi.

Bizni kuzatib boring.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Milliylik_qonimizda

Toshkent viloyati Ixtisoslashtirilgan Madaniyat maktabida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, tariximiz va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, shuningdek, boy madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish maqsadida "Milliy liboslar kuni"ga bag‘ishlangan chellenj tashkil etildi.

Jarayondan fotolavhalar

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#obodlik

Bo'ka tumanidagi "Navobod" va "Qo'ldoshtepa" namunali mahallaga aylanadi
Ayni kunlarda Respublika ishchi guruhi boshchiligida Bo'ka tumanidagi "Navobod" va "Qo'ldoshtepa" mahallalarida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/04 14:49:55
Back to Top
HTML Embed Code: