Telegram Web Link
#Live #Shukuh

Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Ayni damda "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi uchun yangi qurilgan binoning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu inshoot 10 mlrd so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga javob beradigan, texnik jihozlar bilan ta’minlangan holda barpo etildi. 

Yangi va zamonaviy binoda xodimlar uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan, aloqa va nazorat tizimlari o‘rnatilgan.

Marosimda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari, shtab boshligʼi polkovnik Sanjar Zuparov Sanjar ishtirok etdi viloyat, shahar hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Soʻzga chiqqan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev yangi inshootning ahamiyati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda tutgan o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Bu kabi zamonaviy binolarning barpo etilishi mamlakatimizda aholi xavfsizligi va hayotini muhofaza qilishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Respublika Tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali binosi foydalanishga topshirildi

Tez tibbiy yordam markazi xodimlari bugun yangi maʼmuriy binoda ish boshladi. “Nurafshon business city” hududida qad rostlagan mazkur inshoot mutasaddilar, soha vakillari, jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirokida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. 

Maʼlumot oʻrnida, ushbu zamonaviy tibbiy infratuzilma yaratish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 1,60 gektar yer maydonida zamon talablariga mos, innovatsion Tez tibbiy yordam markazi barpo etilmoqda.

Loyiha doirasida Tez tibbiy yordam viloyat filiali, CALL-markaz, Sanaviatsiya xizmati, Simulasion o‘quv markazi, Avtoxo‘jalik bo‘limi hamda Nurafshon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi joylashgan. Qurilish va jihozlash ishlari uchun davlat byudjeti hisobidan qariyb 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Markaz ishga tushgach, bugungi kunda 157,5 tani tashkil etuvchi dispetcherlik shtat birliklari soni 262,5 tagacha oshirilishi kutilmoqda. Ya’ni, yana 105 nafar malakali mutaxassis yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Bu esa nafaqat tibbiy xizmat sifatini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/01 21:44:17
Back to Top
HTML Embed Code: