Telegram Web Link
Forwarded from Daryo — LIVE
"O‘tgan yili ommaviy axborot vositalari va matbuot xizmatlari, jurnalistika yo‘nalishidagi oliygohlar vakillari Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida Nurafshon tumanidagi maydonda bog‘ yaratish niyatida birinchi ko‘chatlarni ekkan edi. Bugun ushbu Media xodimlari va ijodkorlar bog‘ining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Qariyb 7 gektar hududni egallagan bu bog‘ Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy harakatida boshqa soha vakillari qatori jurnalist hamkasblarimiz ham faol ishtirok etayotganidan dalolat beradi" — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Premera

30-iyun Oʻzbekiston yoshlari kuni

Toshkent viloyatining yosh xonandalari ijrosida mashhur “Men yoshlikman” qoʻshigʻi kuylandi.

Muallif: Mavluda Oynaqulova
So‘z: Po‘lat Mo‘min
Aranjirovka: Ahrоrxon Ibragimov
Muharrirlar: Baxtiyor Qurbon,  Mirzo Ozod
Klip: Otabek Tursunqulov, Sahobiddin Rustamov

Bayram muborak, aziz yoshlar!

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Viloyatda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazish, yangilanish, bunyodkorlik borasidagi ishlarni keng yoritishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining munosib hissalari bor. Shu maqsadda, viloyatda ham “27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” keng nishonlandi.

Ushbu sana oldidan bir qator tadbirlar oʻtkazildi. Hududlarda ham  yozuvchi va jurnalistlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazildi.

Viloyat hokimligi tomonidan Qibray tumani “Qibray” sihatgohida oʻtkazilgan tantanali tadbirda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov hamda Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni qutladi.

Oʻz kasbini sidqidildan ardoqlab kelayotgan bir guruh jurnalist, blogerlar va Axborot xizmatlarini viloyat hayotini yoritishda faolligi uchun  taqdirladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/21 21:32:54
Back to Top
HTML Embed Code: