Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига жўнаб кетди. Ташриф Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошланади.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухарскую область. Поездка начнется с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yozgi_mavsum

Joriy yilda viloyat oromgohlari qancha bolani qamrab oladi?

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Gulzor” sogʻlomlashtirish oromgohida 2024-yilda bolalarni yozgi dam oldirish va sogʻlomlashtirish mavsumini mazmunli oʻtkazish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat Kengashi raisi S.Fayziyeva raisligida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda bir qator masʼul tashkilot rahbarlar ham ishtirok etdi. Tadbirda mavsumni joriy yil 5-iyundan boshlash rejalashtirilganligi aytildi.

Maʼlum qilinishicha, bu yilgi mavsum davomida viloyatda jami 166 ta oromgoh, yaʼni 18 ta statsionar hamda 148 ta sogʻlomlashtirish maydonchalari faoliyat yuritadi va ularda 48 ming nafarga yaqin  bolalarning sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, oromgohlarga 1 ming 400 nafardan ziyod pedagog, 230 nafar tibbiyot xodimi, 220 nafar ichki ishlar, milliy gvardiya, yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari biriktiriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Toshkent viloyati va Koreya IT sohasida hamkorlikka erishildi

Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan "Korea-Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbiri doirasida IT ta'lim, dasturiy mahsulot va o'yin sanoati, BPO va KPO yo'nalishlarida faoliyat yuritadigan bir qator IT kompaniyalari bilan hamkorlik muzokaralari tashkil qilindi.

Muloqot davomida Toshkent viloyati IT-park mutasaddilari "Human and Forest" kompaniyasi bosh direktori Mark Cho bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda yurtimiz, shu jumladan, Toshkent viloyati IT jozibadorligi hamda IT kompaniyalarga berilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Viloyatimiz vakillarini "Human and Forest" kompaniya direktori ish jarayonlari va faoliyat turlari bilan tanishtirib o'tdi. Kelgusida kompaniya filialini ochish bo'yicha kelishildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_loyiha
#Eʼzoz

Toshkent tumani hokimligi hamda xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yangi bir loyihaga qoʻl urildi

“Eʼzoz” - bu loyiha doirasida nogironligi boʻlgan shaxslar, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi.

Shu maqsadda, joriy yilning 29-30-may kunlari Boʻstonliq tumani “Oqtosh” bolalar oromgohida ana shunday xotin-qizlar tadbirga jalb etilib, bunda psixolog-motivatorlar tomonidan oilalarga yordamlar koʻrsatildi. Tibbiy koʻriklar tashkil etilib, turli xil madaniy - maʼrifiy tadbirlar, treninglar va konsert dasturlari namoyish etildi.

Aytish mumkin, mazkur loyiha doirasi kengaytirilib, viloyat darajasida ommalashmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

Mahallalardagi yoshlar bilan ishlashning yana bir yangi tizimi joriy qilindi


Viloyat mahallalaridagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intelektual oʻyinlari oʻzining ommabopligi bilan ahamiyatli, ularni birlashtirishga yaqin koʻmakchi boʻlmoqda.

Intellektual oʻyinning navbatdagi manzili Bekobod shahri boʻldi. 16 ta jamoa oʻrtasida oʻtgan bahslarda 3-oʻrin “Bilimdonlar”, 2-oʻrin “Veni Vidi Vichi” va 1-oʻrin “Smart Team” jamoalariga nasib etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi imzosi bilan viloyatdagi barcha tashkilotlar rahbarlari va tuman hokimlari nomiga yoʻllagan xatda shanba – dam olish kunida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilishi belgilangani tanqid ostiga olingan.

Mazkur yigʻilish bekor qilinganini maʼlum qilamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/22 15:36:16
Back to Top
HTML Embed Code: