Telegram Web Link
#Hokim_qarori

Yangiyoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy qismiga naʼmunaviy loyiha asosida koʻp qavatli turarjoy binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur koʻp qavatli turarjoy binosining qurilishi uchun "Gulbahor" MFY hududida joylashgan Yangiyoʻl tumani hokimligi maʼmuriy binosi yonidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 0,40 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Piskent tumani hududidagi davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga amalda foydalanib kelayotgan yer maydonlari ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Xususan, Suv xoʻjaligi vazirligining 5 ta yerdan foydalanuvchisiga jami 3,1056 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qari qiz” nomli badiiy filmga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan mablagʻ ajratilishi turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Taʼkidlaymizki, davlat boshqa sohalar singari kino sanʼatini rivojlantirishga ham mablagʻ ajratadi va milliy kino sanʼatini rivojlantirish uchun masʼul.

Muqoyasa oʻrnida, ikkinchi jahon urushi yillarida yoki Toshkentda 1966-yili Zilzila roʻy bergan ogʻir kunlarda ham davlat tomonidan kino sanoatini moliyalashtirish davom etgan. Eng durdona kinolar suratga olingan.

Shu bois, bu mavzudagi muhokamalarda qatnashganda, xolislik va milliy kino ravnaqi nuqtai-nazaridan baho berish adolatli boʻlar edi.

Behzod Kabulov,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi



Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitob_aksiyasi

Viloyatda maktab kutubxona fondiga sovgʻa qilingan kitoblar soni 157 mingdan oshdi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Nazorat

Yer nazorati tadbirlari natijasida noqonuniy qurilma buzib tashlandi

👉 Batafsil

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘 Yangiyo‘l shahri. Fuqarolar murojaati tegishli masʼullar tomonidan o'rganilib, ijobiy yechimi taʼminlanmoqda.

🔘 Quyi Chirchiq tumani. "Chirchiq" daryosining oʻzanini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

🔘 Yangiyo'l tumani. Mahallalarning infratuzilmasi yaxshilanmoqda.

🔘 Angren shahri. "Grum" mahallasida ichimlik suv quvurlari tortilib, montaj ishlari amalga oshirildi.

🔘 Nurafshon shahri. Shaharda qurilish ishlarida yo'l qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar viloyat prokurori boshchiligida o'rganildi.

🔘 Chinoz tumani. "Oʻzbekiston" oilaviy shifokorlik punktini rekonstruksiya qilish jarayonlari tuman hokimligi va tuman prokuraturasi mutasaddilari ishtirokida oʻrganildi.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. “Qorasuv” mahallasidagi ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya holati bartaraf etildi.

🔘 Bekobod shahri. Shaharda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, yangi savdo do'koni faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qutlov

Toshkent viloyati maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga
tabrik

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Viloyatimizdagi umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi

Bu yil viloyatimizdagi 888ta umumtaʼlim maktablarini 31 010 nafar 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda.

Shulardan 2023-2024 oʻquv yilida  851 nafari oltin, 132 nafari kumush medallar bilan bitirishmoqda.

Aytish mumkin, mazkur oʻquvchilarning 69 nafari xorijiy, 19 nafari esa yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.

Video: Angren shahri, 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rahbarlar maktablarda boʻlib, oʻquvchilarga kitoblar ulashmoqda

Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari hamda tuman-shahar hokimlari, faollari bugun umumtaʼlim maktablarida boʻlib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarida ishtirok etdi.

Avvalo, Prezident tabrigi bitiruvchi-yoshlariga oʻqib eshittirildi.

Maktabni aʼlo baholar bilan yakunlagan, fan olimpiadalari va turli koʻrik-tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilariga  tashakkurnomalar va kitob, esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, oʻquv fanlarini yaxshi oʻzlashtirib, yuqori natijalarga erishgan yoshlarning ota-onalari va oʻqituvchilari eʼtirof etildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 11:24:55
Back to Top
HTML Embed Code: