Telegram Web Link
Forwarded from TKTI | Ilmiy Tadqiqotlar
#international
#seminar

🌐 TKTIda ilmiy maqola yozish va tadqiqotni intellektual mulkka aylantirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-yanvar kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Dr. Kamel Eid tomonidan “Ilmiy maqola yozish va tadqiqotni intellektual mulkka aylantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlar ishtirok etib, quyidagi muhim mavzular bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lishdi:

📌 Yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop etish tamoyillari.
📌 Tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va intellektual mulkka aylantirish.
📌 Patent olish jarayonlari va innovatsiyalarni himoya qilish mexanizmlari.

TKTI ilmiy jamoasi Dr. Kamel Eidga qimmatli ma’lumotlar va tajriba almashgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi!

Tadqiqotchilarimizga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🚀
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Qatar universiteti professori tashrif buyurdi.

✔️ 2025-yilning 10-fevral sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Qatar davlatining Qatar universiteti professori Kamel Adbelmoniem Mohamed Eid tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori X.Pulatov, Xalqoralashtirish va transformatsiya departamenti boshlig’i Z.Babaxanova, “Fizika va energeketika” kafedrasi mudiri A.Xudoyberdiyeva va professor-o’qituvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda akademik tadqiqotlar bo'yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish shu jumladan professori Kamel Adbelmoniem Mohamed Eid tomonidan institut talabalariga va izlanuvchilarga master-klass va seminarlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 💻KARYERA | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/02/22 09:24:37
Back to Top
HTML Embed Code: