Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edfix
😔 Shuncha suhbatga bordim, birorta kompaniyaga ishga olishmadi

Ba’zida ishga kirish uchun bilim va tajribaning o’zi kamlik qiladi. Ish suhbatlaridan muvaffaqiyatli o’tish uchun tayyorgarlik ko’rish kerak.

Ushbu post orqali “HR suhbatlari” kursi dasturi va ustozi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Orzungizdagi kompaniya xodimi bo’lish uchun ilk qadamni tashlang:

👉🏻 Ro’yxatdan o’tish uchun havola

🔥 @najottalim_platformasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sayyoh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sayyoh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lish imkoniyati!

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni tartiblashga va tizimlashtirishga qiziqadigan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan va o'zini shu sohada ko'radigan yoshlarni ushbu ish o'rniga taklif qilamiz.

Talablar:
— To'liq kun davomida ishlay olish;
— Ingliz tilini kamida intermediate darajada bilish;
— Kompyuterdan erkin foydalana olish;
— 20-28 yosh oralig'ida bo'lish

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy yordamchi lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Энди сиз отасиз

Эркак кишининг росмана камолга етишида биринчи босқич уйланиши бўлса, иккинчиси оталикдир.

“Энди сиз отасиз” китобидан оталар учун манфаатли бўладиган кўплаб маълумотлар жой олган.

Китоб нафақат оталарга, балки оналарга ҳам фойдали, деган умиддамиз. Зеро ундаги кўрсатмаларни ота-она биргаликда бажарсалар, таълим-тарбия йўлидаги интилишларини бирхиллаштирсалар кутилаётган натижага тезроқ эришилади.

Qamar” китоблар дўконидан сўрайсиз.

@temurazam
Forwarded from Najot Ta'lim
🏆 SMM yo'nalishi bo'yicha grant e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim» jamoasi yoshlar uchun imkoniyatlar berishda davom etadi.

💥 SMM sohasiga qiziqishi bor va shu yo'nalishda o'z kelajagini ko'ra olgan 20 nafar yigit-qizlar uchun grant e'lon qilamiz.

Grant g'oliblari «Najot Ta'lim» jamoa a'zolari tomonidan onlayn suhbat orqali saralanadi.

📅 Grantga ro'yxatdan o'tish 1-martdan 8-martga qadar davom etadi.

🏆 Grantlar soni: 20 ta
📰 Yosh chegarasi: 18 yoshdan 24 yoshgacha
🔍 Saralash: suhbat orqali

Grant uchun ro'yxatdan o'ting

🚀 SMM sohasini grant asosida o'rganish niyatida bo'lsangiz, imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sizlarga 3 yil avval boshlagan loyihamizning ilk natijalarini ko’rsataman. Multfilm tayyorlash yo’lida jamoani avval grant orqali saralash va o’qitish, ularning tajribalarini oshirish, jamoani kuchli holatga keltirish, kabi ishlardan so’ng biz shu vaqtga qadar 45 daqiqaga yaqin multfilm tayyorladik. Bugungi kunda 20 dan ortiq inson butun dunyo bolalari ko’ra oladigan darajadagi multfilm tayyorlash bilan band.

Yaqinda bizni juda quvontirgan xabarni eshitdik. Sohani rivojlantirish yo’lida kreativ soha egalari ham IT-Park rezidenti bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Shu qatorda biz ham rezidentga aylandik. Ishonasizmi, bu soha uchun juda katta yangilik! O’ylaymanki, ushbu qaror orqali soha katta tezlikda rivojlanadi. Xursandligimizdan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Park tashkilotlariga tashakkur sifatida 1 haftada ushbu qisqa multfilmni tayyorladik.

Nasib qilsa, sizga yaqin vaqtlar ichida multfilmlarni premyera qilishni boshlaymiz. Endilikda bolalarimiz, yosh avlod, o’z vatandoshlari tayyorlagan multfilmlarni ko’rishni boshlashadi )
Xorazm viloyatida «Najot Ta'lim» ustozlaridan katta master-klass

Avvalroq xabar berganimizdek, «Najot Ta'lim» markazi o'zining viloyatlardagi navbatdagi filialini Xorazm viloyatida ochmoqda.

📣 Shu munosabat bilan zamonaviy kasblarga qiziqishi bor, Xorazm va unga qo'shni viloyat yigit-qizlari uchun «Najot Ta'lim» ustozlari tomonidan dasturlash, dizayn va marketing yo'nalishlari bo'yicha katta bepul master-klass tashkil etilmoqda.

🔥 Master-klassda «Najot Ta’lim» markazi rahbari Temurbek Adhamov tomonidan ham zamonaviy kasblar boʻyicha tavsiyalar beriladi.

📅 Qachon: 9-mart, shanba, soat 14:30
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yoshlar markazi binosi zali

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Xabarni zamonaviy kasblardan birini o'rganish istagidagi do'stlaringizga ham ulashib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim va ingliz tili bozorida islohot qilishni xush ko’ruvchi Cambridge o’quv markazi rahbari, do’stimiz Jahongir Po’latov va uning jamoasidan yana bir kutilmagan yangilik.

A BIG DAY, DAY-X taqdimotlaridan keyin barcha ijtimoiy tarmoqlar skanerga aylanibdi. Aytishlaricha, yangiliklar orasida 50 ta sovg’a ham o’z egasini kutayotgan ekan.

Yangilik haqida to’liqroq bilish uchun ularning «Skanerla» kanaliga obuna bo’lishingiz kerak. Bugun soat 20:00 da ko’pchilikni qiziqtirgan yangilik aynan shu kanalda e’lon qilinadi.

Qiziq. Nega aynan skaner? Siz nima deb o’ylaysiz? Qanday yangilik bo’lishi mumkin?

@temurbek_adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Katta hayotga qachon qadam qo‘yasiz?

Inson ulg‘aygani sari mas’uliyat ortadi. Bunga tayyor bo‘lish uchun nimalar qilish kerak? Ulg‘ayish sizdan nimalarni talab qiladi? Bu haqida hech o‘ylab koʻrganmisiz?

🧐 Agar ushbu gaplar sizni biroz bo‘lsa-da o‘ylantirgan bo‘lsa, Doniyor Nasriddinov bilan bo‘lgan mahorat darsimizni tomosha qilib, savollaringizga javob oling!

Suhbatni ko‘rish orqali siz:

— mas’uliyatli bo‘lish;
— ilmni oson olish yo‘llari;
— foydali odatlarni shakllantirish orqali
kerakli bilimlarga ega bo‘lasiz!

Iroda va intizomingizni sayqallashni istasangiz, hoziroq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/3pV7wnWgJiA

📞 78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Gʻazodan boshqa mavzu haqida yozsam adolatsizdek tuyilmoqda. Chunki bugungi kundagi eng muhim mavzu - albatta G’azo. Meni va butun dunyodagi barcha normal insonlarni qalbi Gʻazoliklar bilan. Qanday katta tarixiy fojiani koʻrib, shohidi boʻlib turibmiz. Tasavvur qilish qiyin, lekin har kuni oʻnlab, yuzlab oʻlimlar, adolatsiz tugatilgan hayotlar haqida oʻqiyapmiz, koʻryapmiz.

Masalan bugun Associated Press 10 yildan beri farzand orzusidagi boʻlgan oila juda qiynalib oxir oqibat egizaklik boʻlgani lekin shu ikki orziqib kutilgan besh oylik goʻdaklar oʻz otasi bilan birga bombardimon natijasida halok boʻlgani haqida yozibdi. Bu oila bugun o’ldirilgan bir nechta oilalardan biri xolos.

Ukraina urushi boshlanganida, yigirma birinchi asrda bunday qirgʻinbarot boʻlishiga ishonish qiyin deb oʻylagan edim, yozgan edim. 2022 yilni boshida boshlangan urushda, bugungi kunga kelib sal kam 600 ta bola halok boʻldi — nihoyatda katta fojia. Gʻazoda oxirgi toʻrt oyda taxminan 12000 bola oʻldirildi - buni nima deb atashni ham bilmayman. “Fojia” so’zi kulfatni o’lchamini yetarli darajada adolatli ko’rsatib bera olmayapti, menimcha.
Robototexnika va AyTi sohasida o'z karyerangizni rivojlantiring!

Najot Ta'lim markazi yosh bolalarga mo‘ljallangan robototexnika va AyTi sohasiga ixtisoslashgan yangi loyihasiga amaliyot e'lon qiladi! Amaliyotni muvaffaqiyatli tamomlaganlar ishga taklif etiladi.

Ushbu 2 oylik amaliyot dasturi AyTi va robototexnika ta'limi sohasida qimmatli tajriba orttirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Siz bizning tajribali mutaxassislarimiz bilan birga sohani va ta'lim berish ko'nikmalarini chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

Kimlarni qidiryapmiz?
- Bolalar bilan yaxshi ishlay oladigan;
- Stressga chidamli;
- Kuchli muloqot ko'nikmasiga ega bo'lgan;
- Tashabbuskor;
- Yangi narsalarni tez va mustaqil o'rganadigan;
- Intizomli mutaxassislarni.

Dasturga qabul talablari:
- O'zbek tilida erkin muloqot qila olish;
- Ingliz tili yoki rus tilidan birini bilish;
- AyTi, informatika, matematika sohalaridan birida ta'lim olgan bo'lish;
- Shaxsiy noutbukka ega bo'lish.

Bizning takliflarimiz:
- Ham sohaviy ham pedagogik darslar;
- Amaliyot yakunlangach maxsus sertifikat;
- Ishga kirish imkoniyati;
- Kuchli mutaxassislar bilan netvorking.

Ariza qoldirish uchun so'rovnomani to'ldiring.
2024/09/29 16:30:16
Back to Top
HTML Embed Code: