Telegram Web Link
Urush yoki urish

Maktab paytlari edi, nechanchi sinfda o’qishim esimda yo’q hozir, esimda qolgani sinf rahbarimiz, ona tili va adabiyot ustozimiz Jo’rayeva Nigora opaning urush va urish so’zlarining farqini bizga qayta va qayta tushuntirganlari hamon esimda. Shundan beri kimdir shu so’zni noto’g’ri o’rinda ishlatsa o’sha vaqtda ustozimizning o’rgatgani xayolimga yashin tezligida keladi. Umuman olganda kimnidir imlo xato bilan yozganini ko’rsam xafa bo’lib ketaman, ta’lim olmaganmi deb… )))

Inson ulg’ayarkan ustozning hayotdagi o’rni juda yuksakligini anglab borar ekan. Ulg’aydik shekilli, o’tgan yildan boshlab Najot Ta’limda bir odatni shakllantirdik, 1-oktabr sanasida 1 yil va undan ko’p faoliyat olib borgan jamoa a’zolarining ustozlariga alohida tashakkurnoma, kichik sovg’a va markazning faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotnoma yuborishni yo’lga qo’ydik. Bu yil ham yurtimizning turli joylarida yashaydigan 180 dan ortiq ustoz va murabbiylarga sovg’alar shu hafta davomida yetkazib berildi. O’ylaymanki, ustoz uchun eng katta yutuq shogirdi erishgan yutug’i, shogirdi sababli jamiyat rivojlanishi bo’lsa kerak. Ushbu ishni tashkillashtirgan Najot Ta’limning HR bo’limiga alohida minnatdorchiligimni bildirib qolaman!

Shu o’rinda barcha ustozlarni, jumladan bizning loyihalarda faoliyat olib borayotgan jamoadoshlarimning ustozlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bugun biz erishgan oz bo’lsada natija (natijalar bo’yicha suratdagi tabriknomada ma’lumot berganmiz) Allohning fazli bilan aynan ustozlarning bizga bergan ta’lim va tarbiyalari mahsuli deb bilaman! Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin aziz ustozlar! Hech qachon ilm berishdan charchamang, ta’lim yo’lidagi mashaqqatlar sizlarni va bizlarni charchatmasin!

Aytgancha, ushbu sovg’aning bittasi Shavkatjon Axtamov ukamiz tomonidan o’zimga ham sovg’a qilindi, sovg’a olish zo’r ekan )
“Najot Ta’lim” markazi SMM sohasida ustozlik qilmoqchi bo’lganlarni tayyorlovga taklif qiladi

Talablar:
- SMM sohasida kamida 1 yillik tajribaga ega bo'lish;
- Bozor/raqobatchilar/auditoriya tahlilini o'tkaza olish;
- Loyihalar va jamoa boshqarish ko'nikmasi;
- Copywriting va matnlar bilan ishlash ko'nikmasi;
- Target va Facebook sozlamalarini bilish;
- Mobilografiya va media mahsulotlarni tushunish;
- 2 oy to'liq grafikda ish o'rganishga tayyor bo'lish.

Biz nima beramiz:
- 2 oylik muvaffaqiyatli ish o'rganishdan keyin rasmiy ishga joylashish;
- Qadriyatli jamoda ishlash;
- Bir qancha imtiyoz va imkoniyatlar.

Eslatma: Sizga ikki oy ichida bu sohada bizning markazdagi dars o'tish metodikasi bo'yicha qanday dars o’tish kerakligi o’rgatiladi va natija ijobiy holatda deb hisoblansa, ish jarayoni boshlanadi.

So'rovnoma
Forwarded from Edfix
Mobilografiya kursimiz syomkasi uchun hamkorlik qilish imkoniyati

Ayni vaqtda biz boshqa ko’plab kurslar bilan birgalikda mobilografiya kursini ham tayyorlash jarayonidamiz.

📍 Kurs syomkasi uchun bizga quyidagi manzillar (Toshkent shahrida) kerak bo’lmoqda:

- Avtosalon;
- Mehmonxona;
- Kiyim do'kon.

Agar sizda yuqoridagi lokatsiyalar bo’yicha takliflar bo’lsa, iltimos taklifingizni quyidagi manzilga yuboring:

📨 @najottalimuz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Junior "Frontend"chilar diqqatiga!

"Abutech" dasturiy ta'minot kompaniyasi Frontend yo'nalishidan amaliyot e'lon qiladi.

🔰 Dasturlashning Frontend yo'nalishida faoliyat olib boruvchi yoshlar uchun "Abutech" kompaniyasida amaliyot o'tash va yakunida jamoaga qo'shilish imkoniyati.

🕹 Amaliyot muddati 3 oyni tashkil etadi. Amaliyot davomida Senior va Middle dasturchilar ish o'rgatadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan salohiyatli dasturchilar kompaniyada ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

🗂 Dasturchilar amaliyotga saralash orqali tanlab olinadi. Saralashdan o'tganlar amaliy topshiriq asosida amaliyotga qabul qilinadi.

Talablar
- To'liq kun davomida vaqt ajrata olish;
- O'sishga intiluvchanlik;
- Reactjs bo'yicha kuchli nazariy bilimga ega bo'lish.


Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

🔗 Havola
Grafik dizayn bo'yicha savollaringizga ovozli chatda javob oling

✍️ Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»da chuqurlashtirilgan intensiv kursda o'rganish istagida yurgan yigit-qizlarni maxsus Telegram ovozli suhbatimizga taklif etamiz!

Sezganingizdek, bu galgi suhbatimizda «Najot Ta'lim»ning 7 oylik chuqurlashtirilgan Bootcamp Grafik dizayn kursi haqida gaplashamiz.

🎤 Kurs haqida markazimizning Grafik dizayn kursi katta ustozlari Quvonchbek Matchanov va Dilshod Ismoilovlar ma'lumot berishadi.

Ovozli chat bugun — 18-oktyabr soat 20:30 da «Najot Ta'lim»ning Telegram kanalida jonli tarzda bo'lib o'tadi.

🔗 Jonli efir havolasi: https://www.tg-me.com/najottalim?livestream

P. S. Ovozli suhbatda ishtirok eting. Bu sizni dizayn sohasiga qadam tashlashingizga asosiy sabablardan biriga aylanishi mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MFaktor.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'quv markaz — tirikchilik biznesmi?

▪️ Nega bitta markazda barcha fanlarni o'qitish xato?
▪️ Nima sabab biznes 1 ta filialda qotib qoladi?
▪️ Qanday qilib rahbar o'zidan doimiy stressni yo'qotishi mumkin?

🎙 MFaktor'da ilk bor o'quv markazlariga doir podkast uyushtirdik!

Mehmonlarimiz:

Temurbek Adhamov — “Najot Ta’lim” IT o'quv markazi asoschisi.

Jahongir Po'latov — “Cambridge Learning Centre” o'quv markazi asoschisi.

Podkastni bugun soat 20:00 da, shu havola orqali tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/ZZo5WyBN8Hg

@MFaktorUz
Najot Ta'lim muvaffaqiyatining siri nimada?

Oldinroq aytganimdek, muvaffaqiyat men uchun nisbiy tushuncha. Ammo biznes muvaffaqiyatining eng muhim omillardan biri bu, kuchli jamoa deb o'ylayman. Jamoada bir maqsadli insonlar yig'ilar ekan, bunday insonlar bilan katta ishlar qilsa bo'ladi.

Najot Ta'lim markazidagi eng yaxshi ishlardan biri, HR bo'limini tashkil etilgani deb bilaman. Sababi shu kungacha markazimizda qancha kadr faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa, ularning barchasi HR bo'limi tomonidan qabul qilingan.

Ammo HR bo'limini tashkil etish juda ko'p resurs talab etadi. Unda, kompaniyada HR bo'limi bo'lmasa nima qilish kerak?

Muammoga eng yaxshi yechim, bozorda yaxshi tajriba ega bo'lgan rekruting agentliklariga murojaat qilish deb bilaman.

Najot Ta’lim HR boʻlimi rahbari Ali Zairov tomonidan Nomzod Rekruting Agentligi tashkil qilindi. Agentlik jamoasida HR sohasida umumiy 5 yildan ortiq tajribaga ega professional insonlar faoliyat yuritadi.

Agarda kompaniyangizga xodim kerak bo'lsa, sizga Nomzod Rekruting Agentligini tavsiya qilaman.

Batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: nomzod.agency
Forwarded from Najot Ta'lim
Savodxonlik madaniyatdir

⚫️ Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda "savodsizlik" sindromi avj olib, ko'pchilik "zamonaviy alifbo"dan foydalanmoqda.

Harflarni atayin o‘z o'rnida qo'llamasdan, o'zbek imlo lug'atida yo'q so'zlardan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.

⚙️ Ushbu postda tuzatishimiz shart bo'lgan ba'zi xatolarni keltirdik.

🎉 O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, o'z ona tilimizni hurmat qilaylik!

➡️ Postni "zamonaviy alifbo"dan foydalanadigan do'stlaringizga yuboring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Масжид қурилишига ҳисса қўшинг!

Тошкент вилояти, Ғазалкент шаҳрида жойлашган "Дониёр бин Озод" жоме масжиди қайта қурилмоқда.

Ҳозирда масжид аҳли вақтинча тайёрланган жойда намозларини адо этмоқда. Аммо бу жой яхши ёпилмагани сабаб, совуқлик қиляпти. Буёғи қиш ҳам яқин.

Ушбу масжид қурилиши учун ўз ҳиссасини қўшишни истаганлар учун карталар:

UzCard Анвар
5614681404103495
——————————
Visa   Нурмуҳаммад
4790912237022464
——————————
Humo Нурмуҳаммад 
9860140115965661 
——————————
Forwarded from Najot Ta'lim
«Najot Ta'lim»da ayol-qizlar uchun maxsus master-klass 🌺

🔥 AyTining turli yo'nalishlari bo'yicha ayol-qizlar davrasida, ayol mutaxassislardan qimmatli ma'lumotlarni olishni istaysizmi?

4-noyabr — shanba kuni soat 14:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida bo'lib o'tuvchi katta master-klass sizga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.

💡 Suhbat davomida AyTi sohasi sizga qanchalik mos kelishi, veb-dasturlash, mobil dasturlash va UX/UI dizayn yo'nalishlari haqida ma'lumot hamda CV qanday to'ldirilishi kerakligi haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Master-klassda AyTi sohasiga qiziqishi bor bo'lgan barcha ayol-qizlar ishtirok etishi mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kreativ, foydali va sifatli kontent qanday tayyorlanadi?

Bu 3 sifatni o'zida jamlagan kontentni tayyorlash ijodkordan ko'p bilim va tajribani talab etadi. Bilim va tajriba esa yillar davomida sizning tinimsiz mehnatingiz orqali shakllanadi.

🔥 «Najot Ta'lim» sizga ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqimizga ana shunday kontentlar ulashib kelayotgan ijodkor tajribasidan bahramand bo'lishingizga imkoniyat beradi.

🎙 Kutib oling! Shoir, aktyor, rejissor, dublyaj ustasi, bir so'z bilan aytganda ko'p qirrali ijodkor Erkin Bozorov bilan master-klass bo'lib o'tadi.

📅 Qachon: 4-noyabr, Shanba, soat 10:30
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

👉 Master-klassda ishtirok etish

P. S. Havola orqali ro'yxatdan o'tib, o'z o'rningizni band qilishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Umar Muhandis
Kecha EPAM prezidenti bilan suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatning asosiy mavzusi Falastin-Isroil mojarosi va kompaniyaning Linkedin sahifasida Isroilni qo’llab quvvatlab qo’ygan mojaroli posti haqida bo’ldi.

Suhbat detallarini ochiqlab o’tirmayman. Oxirgi qarorim: Xayr endi EPAM.
2024/09/30 02:34:02
Back to Top
HTML Embed Code: