Telegram Web Link
Forwarded from Lola Animation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👀 2 yilda bittagina multfilm tayyorladik(mi)

👆 Ushbu video orqali Lola animationning multfilm tayyorlash jarayonlari bilan tanishib olasiz.

Multfilmlarimiz bolalar va kattalar uchun qiziqarli, tarbiyaviy va madaniy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi hikoyalarga boy. Har bir loyiha – bu o'ziga xos g'oya, chuqur ma'no va batafsil ishlab chiqilgan ssenariylar bilan hayotga kelgan asar.

📺 To’liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

👉 Loyiha kelajagiga hissa qo’shing!

@lola_animationuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lish imkoniyati

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy assistent bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni ichkaridan kuzatishni istagan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan yoshlarni ushbu lavozimga taklif qilamiz.

Buning uchun siz:

- o'sishga intiluvchan;
- tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan;
- kompyuterdan yaxshi foydalana oluvchi;
- ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan;
- 18-25 yosh orasida bo'lishingiz kerak.

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy assistent lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish
Forwarded from Najot Ta'lim
🎙 Sayqali ro'yi zamin Samarqandda AyTi haqida gaplashamiz

«Najot Ta'lim» markazi AyTi sohasiga qiziquvchi, kelajagini shu yo'nalishda qurmoqchi bo'lgan barcha Samarqand va unga qo'shni viloyat yoshlari uchun katta bepul master-klass tashkil qilmoqda.

🔥 Agar siz talaba bo'lsangiz va qo'shimcha kasb o'rganishni istasangiz, albatta ushbu tadbirda qatnashing.

Master-klassda dasturlash, dizayn va marketing ustozlari tomonidan yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot hamda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

📅 Qachon: 27-sentyabr, juma, soat 15:00
🙋 Kim uchun: Barcha uchun ochiq
🙌 Qatnashish: Bepul
📍 Qayerda: Samarqand shahar, Yoshlar markazi binosi zali

🔗 Ro'yxatdan o'tish

Zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan samarqandlik do'stlaringizga ham xabarni yuborib qo'ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 14:19:19
Back to Top
HTML Embed Code: