Telegram Web Link
"Inson bor ekan, qishloq xo'jaligi o'lmaydi" — agrar sohada xalqaro darajadagi mutaxassis bilan suhbat

Hech o'ylab ko'rganmisiz, iste'mol qilayotgan meva va sabzavotlarimiz qanday yetishtiriladi va qanday jarayonlardan o'tadi?

— yillar mobaynida nega agrar sohaga e'tibor kam?
— nega yildan yilga iqlimimiz buzilmoqda?
— muhitimiz yomonlashaversa, qanday jon saqlab qolamiz?
Yuqoridagi savollar barchamizni o'ylantirishi tayin!

Loyihaning bu galgi sonida tuproqshunos Shavkat Xoldorov bilan qishloq xo'jaligi muammolari, sohaning AyTi bilan rivojlanishi, iqlim o'zgarishining hayotimizga ta'siri haqida bilib olishingiz mumkin.

Premyerani quyidagi havola orqali 10-mart — yakshanba kuni 19:30 da tomosha qiling.

👉 https://youtu.be/MAbwexhLZts
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Andijonlik Do'stmatov Azizbek gepatitning eng og'ir darajasi bilan kasallanib, jigar serroziga chalingan.

U 1988-yil tug'ilgan va 8 yildan beri shu kasallik bilan kurashib keladi. Oxirgi tashxis natijalariga ko'ra, aprel oyigacha Hindistonga borib jigar ko'chirish amaliyoti bajarilmasa, kasallik o'lim bilan tugashi aytilgan.

Oila qiyin vaziyatda. Operatsiya uchun 35 000 $ miqdorida mablag' kerak ekan. A.Do'stmatov oilada yolg'iz o'g'il farzand, uning otasi ham rak hastaligidan vafot etgan. Hozirda nafaqada onasi, ayoli va 2 nafar qizchasi bor.

Saxovatli yurtdoshlarimizga murojaat qilamiz, oila qiyin vaziyatdan chiqib ketishi  uchun oz bo‘lsa ham yordamingizni ayamang.
“Ehsonning mukofoti faqat ehsondir” Ar-Rohman surasi, 60-oyat.

UzCard💳 5614 6816 0231 0389
                   Dosmatov Azizbek
Visacard💳 4790 9122 1089 0242
                      Azizbek Dosmatov

Tel.shaxsiy: +998994318018
Qoraqalpog’istonlik 200 nafar yoshlar uchun Kelajak kasblari loyihasi doirasida grant e’lon qildik!

Saralab olingan yoshlar Urganch va Toshkentdagi filiallarimizda 1 yil davomida bepul o’qishlari mumkin.
O’zim tug’ilib o’sgan mahallamning yo’li uchun ovoz yig’ilayotgan edi, agar ovoz bermagan bo’lsangiz qo’llab yuborsangiz xursand bo’lardim )

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/63025614-67b4-48c9-8866-71604e98d398
Boshqaruvchi kundaligi

Kompaniyalarda ba’zida sohasining yaxshi mutaxassisi bo’lim rahbari yoki menejer etib belgilanadi, sohasida zo’r bo’lgan mutaxassis insonlarni boshqaruviga kelganda qiynaladi, biriktirilgan odamlar, menejerning aytganini qilmaydi yoki menejer vazifani buyurishni bilmaydi, vaholanki u o’z ishini ustasi edi, inson omilini boshqarishga kelganda qiynaldi. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, bularning aslida yechimi bor. Biznesda juda ko’p ishni amalga oshirsa bo’ladi, ko’p holatlarda ba’zi mutaxassislardan iloji yo’q degan gapni eshitganimda, boshqa bir mutaxassislar o’sha ishni qilib kelishadi, demak aslida iloji bor, shunchaki ish o’z egasini topishi kerak aslida.

Najot Ta’lim va boshqa loyihalarimizda eng qiynaladigan qism bu menejer (2 yoki undan ortiq kishini boshqaruvchi rahbar) topish yoki tayyorlash. Menejment instrumentlarini bilgan barcha odam ham menejer bo’lolmasligi rahbarlar yaxshigina tushunsa kerak )

Birinchi marta menejer bo’lgan odamni oldida dilemma hosil bo’ladi, ishlarga ulgurmaslik, qo’l ostidagilar menejerning aytganini qilmasligi, vazifani noto’g’ri tushunish, dedlaynga amal qilmaslik, stress, liderlik yetishmasligi, bularning barchasi yangi menejerni tinkasini quritadi, ishidan ko’ngil qolishiga sabab bo’ladi. Doim shunday odamlar bilan uchrashganimda, ularga feedback berganimdan so’ng jarayon ijobiy tomonda o’zgarganini, hammasi yaxshilangani aytishadi. Muammolarga yechib topish, muammolarni takrorlanmas qilib qaytadan tuzatish eng sevimli ishlarimdan biri )

Xullas, menejment bo’yicha o’z tajribalarimni ulashish, yangi menejerlarni paydo qilish, menejerlarga o’z bilim va ko’nikmalarimni o’rgatish maqsadida yopiq kanal ochdim. Kanalga kamida 2 va undan ortiq kishini boshqarayotgan yaxshi menejer yoki yaxshi rahbar bo’lishni istagan insonlarni saralash orqali qabul qilaman, oldindan aytaman, bu kanal “zapusk” uchun ochilyotgani yo’q, kanalni pulli qilish ham rejada yo’q, shunchaki, sohani tushungan odamlarni topish va ularni yaxshi lider bo’lishlariga ko’maklashishni maqsad qildim.

Rahbar yoki menejermisiz, jamoangizni yaxshi boshqarishni, ularni ham o’zingizni ham rivojlantirishni istasangiz, kanalga qo’shilish uchun so’rovnomada qatnashing, o’zim ularni birma-bir o’qiyman va ma’qullarini kanalga qo’shaman!

Kanalga qo’shilish
Bugun ertalab Jahongir menga ushbu xabarni yuboribdi, singlimizni ismini yashirgan holda buni ommaga taqdim qilmoqchiman. Ushbu grantni taqdim qilgan Cambridge jamoasidan va Jahongir Po’latovdan Alloh rozi bo’lsin! Cambridge jamoasini ayni shu fazilatlari uchun ham juda hurmat qilaman.

Grantlar shunisi bilan zo’rki, nafaqat grant yutganlar balki ularning oilasi, yaqin qarindoshlarining ham hayotini tubdan o’zgartirib yuborishi mumkin!

Agar siz ta’lim sohasida bo’lsangiz albatta grant ajrating, qo’lingizdan kelgancha, bitta bo’lsa ham!

Singlimizning kelajakdagi ishlariga omad tilayman, o’zlari istagandek eng zo’r bolalar shifokori bo’lish nasin qilsin.
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini yo'lga qo'ygan.

🌙 Ramazon oyida boshlanib, kelasi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu ta'lim granti orqali 130 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan. Bunda 100 ta Toshkent filiali va 30 ta Farg'ona filiali uchun grantlar ajratilgan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» hamda «Cambridge LC» jamoalari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 26-martdan 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

✈️ P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Robototexnika loyihasining Marketing bo'limiga qo'shilish imkoniyati!

Najot Ta'lim markazi yosh bolalarga robototexnikani o'rgatish maqsadida o'zining yangi o'quv markazini ochmoqda. Ushbu loyiha uchun marketingda tajribaga ega yoshlarni qidiryapmiz.

Agar siz marketing va SMM'ga qiziqsangiz va shu soha bo'yicha professional jamoada ishlamoqchi bo'lsangiz, bu e'lon aynan siz uchun 🎯

Qobiliyat va ko'nikmalar:
- Yaxshi rivojlangan kommunikatsiya mahorati;
- Fidbekni qabul qila olish;
- Dedlaynga amal qilish.

Jamoaga qo'shilish uchun quyidagi havola orqali so'rovnomani to'ldiring.

👉 So'rovnomani to'ldirish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Қишлоқ ёшларини бир жойга жамладим” – 18 ёшли ўқув маркази раҳбари

Ҳожиакбар Мухторжонов Фарғона вилояти Риштон туманида ўқув маркази очиб 16 кишини иш билан таъминлаган. Марказда айни пайтда 400 нафарга яқин ўқувчи турли фанлардан таҳсил оляпти. “18 ёшимда ўқув маркази очиб мустақил даромадга киришимга отам ишонмаган эди”, дейди Ҳожиакбар.

👉 https://kun.uz/kr/82598465

Kun.uz расмий канали
Temurbek Adhamov
“Қишлоқ ёшларини бир жойга жамладим” – 18 ёшли ўқув маркази раҳбари Ҳожиакбар Мухторжонов Фарғона вилояти Риштон туманида ўқув маркази очиб 16 кишини иш билан таъминлаган. Марказда айни пайтда 400 нафарга яқин ўқувчи турли фанлардан таҳсил оляпти. “18 ёшимда…
Hojiakbarni yutuqlari bardavom bo’lsin, esimda, dadalari Ma’mur aka Najot Ta’limda o’qish uchun olib kelishganda, yosh ekan, qiynalmasmikan, deb qo’rqqan edim, grafik dizayn sohasini o’rganib, Kun.uz ga ishga kirgandi, bugun o’zining ta’lim markazini ochibdi. Alloh taolo xayrli qilsin!

Farzandini ta’limini uchun jon kuyuktiradigan barcha ota-onalarga chin qalbimdan rahmat aytaman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

Har yili Ramazondan Ramazongacha davom etadigan "Kelajak yoshlari" loyihasida bu yil 130 nafar yigit-qizga grant ajratish reja qilingan.

Grant g'oliblari ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olishadi.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

⚡️ Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Grant uchun ro'yxatdan o'ting va xabarni haqdor insonlarga yetkazib qo'ying.
Forwarded from Abadiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorsu "mardikor" bozoridan kitobxongacha — kitob sabab o‘zgargan yigitlar hikoyasi!

📚 Jamiyatimizda kitobxonlikning keng targ'iboti uchun "Abadiyat" loyihasini qarshi oling! Loyihada turli insonlardan qahramonlar tanlab olinadi va kitob taqdim qilinadi.

Ko'rsatuvning ilk sonida ruhiy kasallar shifoxonasida davolangan, biri esa jigar kasalligini boshidan oʻtkazgan va shu ahvollarida ham ogʻir mehnat bilan shugʻullanib kelgan yigitlar kitob yuzasidan bellashdilar. 🔥

“Besh bolali yigitcha” kitobini kim koʻproq uqdi va gʻolib boʻldi? Kitobda ular oʻz hayot akslarini koʻra olishdimi? Umrida qoʻliga kitob olmagan yigitlarning fikrlashi qay darajada oʻzgardi?

O'ylaymizki, "Abadiyat" loyihasi orqali insonlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada orttiramiz, kitobni sevishga o'rgatamiz. Ushbu yo'lda bizni qo'llab-quvvatlashingizni, loyihani keng ommaga tarqatishda ko'maklashishingizni so'raymiz.

To'liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/--HDbfnIzFE

@abadiyat_uz
Yaxshi yangiliklardan

Xabaringiz bor, "Najot Ta'lim"ga kelib o'qiy olmaydigan, lekin AyTi sohasini o'rganishga qiziqadiganlar uchun onlayn platformani ishga tushirgandik.

O'quvchilarga yana ham qulay bo'lishi uchun platformaning mobil dasturini ishlab chiqishni boshladik. Dastur Flutter texnologiyasi yordamida tayyorlanmoqda.

Aytgancha, mobil dasturlashga qiziqadiganlar uchun Flutter onlayn kursini taqdim etganmiz. Kurs kuchli mutaxassis bilan hamkorlikda tayyorlangan. Tavsiya qilaman)

👉 Kurs haqida batafsil ma'lumot
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Рислиғой Сиддиқова Наманган вилоятининг Учқўрғон туманидада яшайди. Пенсияда. Турмуш ўртоғи 2015 йилда вафот этган.

Қизи Наима Абдураҳмонова 1991 йилда тугилган. Болаликдан касаллик туфайли 1-гуруҳ ногирони.  900 минг сўм нафақа пули олади.

Рислиғой опа етишмовчилик туфайли 4 йилдан бери қизини даволата олмаяпти. Наиманинг аҳволи тобора оғирлашиб боряпти.

Яхши гапиролмайди. Касаллиги тутганда ўзини дуч келган жойга ташлайди, оқибатда турли тан жароҳатлари олади, тишлари синган, тилини чайнаб юборади. Боши ҳам бир неча бор ёрилган, қон босими доимий баланд юради. Ўзини мустақил эплай олмайди.

Саховатпеша инсонлардан улуғ ойда закот ва эҳсонларингиздан шу оилага ҳам ажратишларини сўраймиз.

“Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир”.          

Рислиғой опанинг илтимосига кўра, ўзимизга тегишли картани жойладик. Йиғилган маблағ етказилгач, ҳисоботини берамиз.

UzCard Agrobank (UnionPay):
6262570031613914
UzCard Kapitalbank(Visa):
4278320024650508
Xudayberdiyev Temur номида.

Рислиғой опанинг телефон рақами: +998950529111.
Hayit bayrami muborak bo’lsin!
O'zbekistonda ilk bor IT ta'lim markazi baholash mezonidan o'tkazildi — «Najot Ta'lim» ilk sertifikatni qo'lga kiritdi
2024/09/29 18:19:43
Back to Top
HTML Embed Code: