Telegram Web Link
🗣Sun'iy intellekt bo'yicha kichik e'lon

Sun'iy intellekt kurslarida o'qigan yoki o'qimoqchi bo'lgan o'quvchilarni qidiryapmiz. Agar siz sun'iy intellektni o'rgangan bo'lsangiz/o'rganish niyatida bo'lsangiz, quyidagi so'rovnomani to'ldiring.

🔗 Havola

🎁 So'rovnoma to'ldirgan o'quvchilar orasidan tanlab, maxsus sovg'a taqdim qilamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Najot Ta'lim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MFaktor Biznes Maktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉 BIRINCHI BITIRUVCHILARIMIZ !

MFaktor Biznes Maktabining SOTUV MENEJERI kursining ilk bitiruvchilari !

🧑🏻‍🎓 Kuni kecha birgalikda ushbu quvonchli kunni birgalikda nishonladik. Barcha o'quvchilarimiz kursni muvaffaqiyatli tugatkanligi munosabati bilan Sertifikat va Diplom bilan taqdirlandilar.

O'quvchilarimiz 3 oy davomida Sotuv Menejeri kursini o'qib tamomladilar va bu vaqt davomida o'quvchilarimizning ko'pchiligi hayotda va biznesda o'z o'rinlarini topishga ulgurdilar.

— Bundan tashqari, hozirda ulardan ko'pchiligi o'z sohalarining egalari bo'lishga ham ulgurdilar.



😇 O'quvchilarimizning ko'zidagi quvonch va minnatdorlikni ko'rishdan doimo xursandmiz !

🎬 Ushbu videoda siz ham bitiruv marosimining atmosferasini his qilishingiz mumkin!



☎️ Aloqa uchun:
+998-78-113-90-88
Zamonaviy kasblardan birini o'rganmoqchimisiz?

Unda sizni 1-fevral — payshanba kuni soat 13:30 da «Najot Ta'lim»ning Chilonzor filialida bo'lib o'tuvchi dasturlash, dizayn va marketing yo'nalishlari bo'yicha bepul ochiq darsga taklif etamiz.

🎁 Ochiq dars qatnashchilariga maxsus sovg'alarimiz ham bor. Bu haqida keyingi postlarimizda xabar beramiz.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Suhbat farzandlarini AyTi sohasida o'qitmoqchi bo'lgan ota-onalar uchun ham foydali bo'lishiga ishonamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg’onalik Grafik dizayner va SMM-menejerlar, imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

SMM va Grafik dizayn sohasida Farg’onada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni «Najot Ta'lim»ning Farg’ona filialiga ustozlikka tayyorlov amaliyotiga taklif qilamiz.

• Amaliyot davomida pul to’lanadi;
• Amaliyotda yangi sohaviy va pedagogik bilimlarga ega bo’lasiz;
• Amaliyot Toshkent shahrida bo’ladi;
• Kvartira puli markaz tomonidan qoplanadi.

Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tib, amaliyot qilish imkoniyatiga ega bo’ling.

Ro’yxatdan o’tish
🐇 Bir o'q bilan 2 ta quyonni uramiz

Dunyo bo'ylab keng tarqalgan Flutter texnologiyasini o'rganib, zamonaviy va daromadli kasb egasiga aylanishingiz mumkin.

😉 Kurs davomida 30 ga yaqin real loyihalar tayyorlashga nima deysiz?

Uydan chiqmasdan turib, Flutter'ni o'rganishni istasangiz, ro'yxatdan o'ting:

🔗 Havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Khumoyun Codes
⚠️ QALLOBLARGA ALDANIB QOLMANG!!! ⚠️

Hali ham Asror Zokirov ismli shaxsning qarmog'iga ilinib chuv tushib yurganlar bor ekan. 20-yanvar kuni TUIT kanalida yozilgan xabarlarni jo'natib qolishdi. 22 yoshli onasi xasta bir yigitimiz, pul to'lab tajriba olaman deb "stajirovka"ga Zokirovning "ABCSDEFGHIJKLMNOPQRSTUVXYZ"Soft degan kompaniyalaridan biriga 400 ming so'mni amallab topib ishga kirib, aldanib qolibdi. Ushbu link TUIT Online kanalida to'liq xabarni o'qishingiz mumkin: https://www.tg-me.com/tuit_online/18656

Asror haqida, ko'p kanallarda ko'p postlar yozilgan, uning hiylalari orqali ko'p insonlar aldangan, gap tushuntirib bo'lmas bu chala dasturchi qarmog'iga tushib qolmasligi uchun necha yildan beri ko'p kanallar egasi bilan harakat qilib kelamiz. 2018-yilda OKS Technologies kompaniyasida ishlayotgan paytimda, ensklopediyadek varoqlari ko'p rezyumesini opkelib ishga kirgan Asrorni kompaniyadan quvilishiga ham sababchi bo'lgan edim. Muhammadjavohir akani "U" bilan tortishuvlarini esa alohida kitob qilib yozsa bo'ladi. Soxada 4-5 yildan beri yurganlar bu nomni biladi va hardoim qolganlarni ogohlantiradi, bilmay qolganlar esa hali ham talaygina ekan.

Do'stlar shu va shunday qalloblarga aldanib qolmaslik uchun quyidagi narsalarni qiling:

1. Hech qachon SIZ pul to'lab "stajirovkaga" bormang! Bunday narsa bo'lmagan va aldamchi yo'l, undan ko'ra amallab birovni ishini tekinga qilib bo'lsa ham tajriba orttiring, Ustoz-Shogird kabi kanallarda, ishchi yoki sherik qidirayotganlar talaygina. Asli tog'ri holatda "stajer" bo'lsa ham unga kompaniya pul to'lashi kerak, aksincha emas. Lekin bizda, ba'zi bir chala dasturchilar ochgan kompaniyalarda pul ber - tajriba ol mantig'i bilan, "bizness" qilishyabdi.
2. Tajribani o'zingiz, kichik loyiha qilib bo'lsa ham, tekin API lardan foydalanib, o'zingiz oling.
3. Hardoim biron bir xujjatga qo'l qo'ymasdan oldin, uni o'qib chiqing, xujjat nima haqida, sizga qanday talablar bor, sizga qanday jarimalar bor, siz nima qilishga majbur qilinasiz. Barcha punktlarni sinchkovlik bilan tekshirib chiqing.
4. Agar ja kompaniyada pul to'lab ishlamasam, tajriba orttira olmayman desangiz va oilangizni rizqini qalloblarga oborib bermasdan oldin, dasturchilar guruhlarida, ko'proq tajribaga ega, oz-ko'pni ko'rgan dasturchilardan so'rang. Mana bu X kompaniya/shaxs dan mana bunday taklif bo'lyapti, bu haqida bilganlar o'qiganlar, eshitganlar, sotib olganlar bormi, nima deysizlar deng. Ja bo'lmasa, shu o'zimizning kanal guruhiga yozing. Albatta boshidan o'tkazgan yoki eshitgan, ko'zi ochilgan insonlar chiqib keladi.
5. Agar umuman Asror Zokirov ismli shaxs haqida kompaniya yo taklifda yozilgan bo'lsa, betiga qaramay qoching.

Bu ma'lumotlar boshqalarga ham yetib borish uchun, o'z kanallaringizda tarqating. Aldanib qolmang!!!

@khumoyun_codes
Bugun Raqamli Texnologiyalar Vazirligi va IT Park tomonidan o’tkazilgan tadbirda Najot Ta'lim eng yaxshi ta’lim muassasasi sifatida taqdirlandi.

Ushbu e’tirof uchun tashakkur izhor qilgan holda, Najot Ta’lim jamoasida faoliyat yuritayotgan/yuritgan barchaga tashakkur bildiraman!

2024-yil uchun rejalar katta, xususan, Xorazm va Samarqandda filiallar ochilishi, yosh bolalar uchun maxsus ta’lim loyihasini ishga tushirish, onlayn platformani yangi nom va brend bilan taqdim etish, 2 yildan oshiq vaqtdan beri tayyorlayotgan mulftilm loyihamizni omma uchun premyera qilish va shu kabi boshqa ishlar bizni kutyapti )

Alloh taolo dunyo-yu oxiratda yuzimizni yorug’ qilsin, bizga ta’lim va tarbiya bergan ota-onamiz va ustozlarimizdan O’zi rozi bo’lsin!
Forwarded from Mardon Mo'minjon | Blog
Qiymatli boʻling, qimmatli emas

Oʻz ishini qimmat sotishni koʻpchilik oʻrgatadi, lekin ishini qimmat sotishdan koʻra, birinchi navbatda biznesga qiymat berish va berolishni kamchilik gapiradi.

Natija muvaffaqiyatli keysga emas, pulga qaratilgan.

Qimmat sotishni oʻrgatadiganlardan bittasini bilaman, ishini koʻp bora qimmat sotgan. Lekin oʻsha qimmat sotgan hamkorlari u bilan boshqa ishlamagan. Sababi uning qimmat ishi hamkorga foyda olib kelmagan.

Hamkorlar ham uni endi bir umr yaxshi eslamaydi.

Shuning uchun qimmatli emas, qiymatli mutaxassis boʻling. Oʻz-oʻzidan narxingiz oshaveradi.

Qarashlaringizni yangilang 🫡

@mardon_muminjon
XALQARO TEXNOLOGIYA MUSOBAQASI TEKNOFEST 2024

120 dan ortiq davlatning yosh texnolog va inovatorlari ishtirok etadigan Xalqaro texnika va texnologiya musobaqasi TEKNOFEST 2024 uchun qabul 20-fevralgacha davom etadi.

Teknofestning 46 ta yo‘nalishidan birini tanlab o‘z jamoangizni tuzing va O'zbekiston nomidan ishtirok eting.
Sizdan faqatgina loyihangizni asosiy g'oyasini yozishingiz talab qilinadi.
Loyihangizni musobaqaning keyingi bosqichlarida T3 fondi tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘magida amalga oshirib finalda ishtirok eting.

Jami mukofot miqdori: 1 mln. AQSH dollari
Ishtirokchilarga jami moddiy yordam miqdori: 1.7 mln.  AQSH dollari

TEKNOFEST 2024 uchun o'z g‘oyangiz bilan ishtirok eting, loyihalashtiring, amalda tatbiq eting va katta miqdordagi sovringa ega bo‘ling!!!

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

@teknofest_uz
«Abutech» dasturiy ta'minot kompaniyasi QA yo'nalishidan amaliyot e'lon qiladi!

🕹 Amaliyot muddati 2 oyni tashkil etadi. Amaliyot davomida sohada tajribasi yuqori mutaxassislar ish o'rgatadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan salohiyatli amaliyotchilar kompaniyada ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

🗂 Nomzodlar amaliyotga saralash orqali tanlab olinadi. Saralash bosqichi savol-javoblar to'plami va suhbat orqali bo'ladi.

Talablar:
• Full-time vaqt ajrata olish;
• Ingliz yoki rus tilini bilish (afzal ko'riladi);
• Kompyuter va internetdan erkin foydalana olish;
• Izlanuvchan bo'lishi;
• Muammolarga yechim izlash va topishdan zavqlanish (Problem-solving);
• Qat'iyat va mas'uliyatli bo'lish.


🔗 Havola
Forwarded from Najot Ta'lim
🤔 Zamonaviy kasblar ko'p, lekin qaysi biri sizga mos keladi?

Shu savolga javob olishga yordam beruvchi bot ishlab chiqdik. Botdagi testni ishlang va o'z sohangizni aniqlang.

Savollar soni – 10 ta.

👉 @qaysi_sohabot

P. S. Unutmang, bu soddalashtirilgan baholash bo'lib, sizning qiziqish va qobiliyatlaringizni to'liq qamrab olmasligi mumkin.
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Икки нафар вояга етмаган фарзанднинг отаси Баҳодир Авезметов жигар церрозидан вафот этганини айтгандик.

У кишининг вафотидан кейин кўпчилик оиласига ёрдам бериш истагини билдирди.

Баҳодир ака бўлиб тўлашга уйига мебел харид қилган, ўзи юргизаётган компьютер хизматлари шахобчасига техника олиш мақсадида кредит олган.

Кредит олиш жараёнида ўзи яшаб турган уйни гаровга қўйган. Қилган иши нотўғрилиги аниқ. Лекин айни пайтда уй мусодара қилинмаслиги учун қарзни ёпиш зарур.

Ўтган сафар операцияга деб йиғилган пулнинг бир қисми дафн маросими харажатларига, бир қисми мебелдан қарзга тўланди.

Энди кредит қарзини ёпиш ва етим қолган гўдакларнинг ўз уйларида яшашларига кўмаклашиш зарур.

Пулни ўзимизга тегишли картага йиғамиз ва марҳумга тегишли қарзни ёпиб, сизларга ҳисоботини берамиз.

Саховатли юртдошларимизга мурожаат қиламиз, гўдаклар уйсиз қолмаслиги учун оз бўлса ҳам ёрдамингизни аяманг.

UzCard Agrobank (UnionPay):
6262570031613914
UzCard Kapitalbank(Visa):
4278320024650508
Xudayberdiyev Temur номида.
2024/10/01 00:30:49
Back to Top
HTML Embed Code: