Telegram Web Link
Forwarded from Najot Ta'lim
Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lish uchun yana bir imkoniyat!

🎯 Siz «Najot Ta'lim» asoschisi va rahbari Temurbek Adhamovga shaxsiy yordamchi bo'lishingiz mumkin. Ish jarayonlarni tartiblashga va tizimlashtirishga qiziqadigan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan va o'zini shu sohada ko'radigan yoshlarni ushbu ish o'rniga taklif qilamiz.

Buning uchun siz:

- o'sishga intiluvchan;
- tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan;
- kompyuterdan yaxshi foydalana oluvchi;
- ingliz yoki rus tilida erkin muloqot qila oladigan;
- to'liq bandlik asosida ishlay oladigan;
- 18-25 yosh orasida bo'lishingiz kerak.

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Shaxsiy yordamchi lavozimi uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

👉 Ariza yuborish
«Olimlar nega yurtni tark etadi?» mamlakat rivoji uchun vataniga qaytgan fan doktori bilan suhbat

Biologiya fanlari doktori (DSc) va «Qonli gullar vodiysi: Madaminbek» «Uzbechka» asarlari muallifi Baxtiyor Abdug'afur aka bilan «Osmondagi bolalar» da suhbatlashdik.

Suhbat davomida O'zbekistonning ilm-fandagi muammolari, ekologiyaga oid dolzarb masalalar, asarlar yozilish tarixi, tariximizning qorong'i taraflari hamda mehmonimiz haqida gaplashildi.

Premyerani hoziroq tomosha qiling va fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang)

Suhbat uchun havola👉 https://youtu.be/dx8shAfxLAA
Ish beruvchining “qaqshatqich” savollariga javob berish sirlari yoki Najot Ta’lim markazining HR boʻlimi rahbari Ali Zairov bilan jonli muloqot

Rezyume/CV’larni qanday tayyorlash kerak?
Portfolio qanaqa qilib tuziladi?
– Intervyu payti dovdirab qolmaslik uchun nima qilish kerak?
– Ish beruvchidan “Sizga oʻzimiz aloqaga chiqamiz” emas, “Ertadan ishni boshlaymiz” gapini eshitish siri nimada?
– Qanday qilib oʻzingiz xohlagan maoshga ishlash mumkin?
– Boshliq doim maqtaydigan xodim boʻlish usullari qanday?

✔️ Ushbu savollarga bugun 20:30 da Ali Zairovdan shaxsan javob olasiz.

⚡️ Faqatgina ishga kirish haqida emas, balki kompaniyada eng kerakli xodimlardan biri boʻlish haqida ham gaplashamiz.

🔥 BUGUN | 20:30

🔥 @najottalim_platformasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Ali Zairov bilan jonli suhbatni boshladik

4 mingga yaqin inson bilan ishga kirish boʻyicha intervyu olgan mutaxassisdan har bir xodim uchun zarur bilimlar nima ekanligini taqdimot orqali bilib olasiz.

▶️ Tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/NidfXWfSdqo?si=EvYokTlXrA8Rtccd

😉 Ha aytgancha, suhbat yozib olinmaydi, shu sabab hoziroq havola orqali oʻtib koʻring.

🔥 @najottalim_platformasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Авезметов Баҳодир, 1976 йилда туғилган. Икки нафар вояга етмаган фарзанди бор. 2-гуруҳ ногирони ва ишга лаёқатсиз. Беморда жигар церрози касаллигининг охирги босқичи кечмоқда.

Ҳозирда шифокорлар қизилўнгач ёрилиб кетиш хавфи катта эканлиги ва жарроҳлик амалиёти ўтказиб, қизилўнгачни лигирование қилиши зарурлиги билдиришди. Акс холда ичга қон кетиб, ачинарли холатга олиб келиши мумкин экан. Айни пайтда бемор ТошМИ-2 нинг гипотабиляр бўлимида даволанмоқда.

UzCard OFB:
8600572999513067
Худайбердиев Темур номида.
Тел рақами:
+998901852299
Urush yoki urish

Maktab paytlari edi, nechanchi sinfda o’qishim esimda yo’q hozir, esimda qolgani sinf rahbarimiz, ona tili va adabiyot ustozimiz Jo’rayeva Nigora opaning urush va urish so’zlarining farqini bizga qayta va qayta tushuntirganlari hamon esimda. Shundan beri kimdir shu so’zni noto’g’ri o’rinda ishlatsa o’sha vaqtda ustozimizning o’rgatgani xayolimga yashin tezligida keladi. Umuman olganda kimnidir imlo xato bilan yozganini ko’rsam xafa bo’lib ketaman, ta’lim olmaganmi deb… )))

Inson ulg’ayarkan ustozning hayotdagi o’rni juda yuksakligini anglab borar ekan. Ulg’aydik shekilli, o’tgan yildan boshlab Najot Ta’limda bir odatni shakllantirdik, 1-oktabr sanasida 1 yil va undan ko’p faoliyat olib borgan jamoa a’zolarining ustozlariga alohida tashakkurnoma, kichik sovg’a va markazning faoliyati davomida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotnoma yuborishni yo’lga qo’ydik. Bu yil ham yurtimizning turli joylarida yashaydigan 180 dan ortiq ustoz va murabbiylarga sovg’alar shu hafta davomida yetkazib berildi. O’ylaymanki, ustoz uchun eng katta yutuq shogirdi erishgan yutug’i, shogirdi sababli jamiyat rivojlanishi bo’lsa kerak. Ushbu ishni tashkillashtirgan Najot Ta’limning HR bo’limiga alohida minnatdorchiligimni bildirib qolaman!

Shu o’rinda barcha ustozlarni, jumladan bizning loyihalarda faoliyat olib borayotgan jamoadoshlarimning ustozlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bugun biz erishgan oz bo’lsada natija (natijalar bo’yicha suratdagi tabriknomada ma’lumot berganmiz) Allohning fazli bilan aynan ustozlarning bizga bergan ta’lim va tarbiyalari mahsuli deb bilaman! Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin aziz ustozlar! Hech qachon ilm berishdan charchamang, ta’lim yo’lidagi mashaqqatlar sizlarni va bizlarni charchatmasin!

Aytgancha, ushbu sovg’aning bittasi Shavkatjon Axtamov ukamiz tomonidan o’zimga ham sovg’a qilindi, sovg’a olish zo’r ekan )
“Najot Ta’lim” markazi SMM sohasida ustozlik qilmoqchi bo’lganlarni tayyorlovga taklif qiladi

Talablar:
- SMM sohasida kamida 1 yillik tajribaga ega bo'lish;
- Bozor/raqobatchilar/auditoriya tahlilini o'tkaza olish;
- Loyihalar va jamoa boshqarish ko'nikmasi;
- Copywriting va matnlar bilan ishlash ko'nikmasi;
- Target va Facebook sozlamalarini bilish;
- Mobilografiya va media mahsulotlarni tushunish;
- 2 oy to'liq grafikda ish o'rganishga tayyor bo'lish.

Biz nima beramiz:
- 2 oylik muvaffaqiyatli ish o'rganishdan keyin rasmiy ishga joylashish;
- Qadriyatli jamoda ishlash;
- Bir qancha imtiyoz va imkoniyatlar.

Eslatma: Sizga ikki oy ichida bu sohada bizning markazdagi dars o'tish metodikasi bo'yicha qanday dars o’tish kerakligi o’rgatiladi va natija ijobiy holatda deb hisoblansa, ish jarayoni boshlanadi.

So'rovnoma
Mobilografiya kursimiz syomkasi uchun hamkorlik qilish imkoniyati

Ayni vaqtda biz boshqa ko’plab kurslar bilan birgalikda mobilografiya kursini ham tayyorlash jarayonidamiz.

📍 Kurs syomkasi uchun bizga quyidagi manzillar (Toshkent shahrida) kerak bo’lmoqda:

- Avtosalon;
- Mehmonxona;
- Kiyim do'kon.

Agar sizda yuqoridagi lokatsiyalar bo’yicha takliflar bo’lsa, iltimos taklifingizni quyidagi manzilga yuboring:

📨 @najottalimuz_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Junior "Frontend"chilar diqqatiga!

"Abutech" dasturiy ta'minot kompaniyasi Frontend yo'nalishidan amaliyot e'lon qiladi.

🔰 Dasturlashning Frontend yo'nalishida faoliyat olib boruvchi yoshlar uchun "Abutech" kompaniyasida amaliyot o'tash va yakunida jamoaga qo'shilish imkoniyati.

🕹 Amaliyot muddati 3 oyni tashkil etadi. Amaliyot davomida Senior va Middle dasturchilar ish o'rgatadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan salohiyatli dasturchilar kompaniyada ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

🗂 Dasturchilar amaliyotga saralash orqali tanlab olinadi. Saralashdan o'tganlar amaliy topshiriq asosida amaliyotga qabul qilinadi.

Talablar
- To'liq kun davomida vaqt ajrata olish;
- O'sishga intiluvchanlik;
- Reactjs bo'yicha kuchli nazariy bilimga ega bo'lish.


Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

🔗 Havola
Grafik dizayn bo'yicha savollaringizga ovozli chatda javob oling

✍️ Grafik dizayn sohasini «Najot Ta'lim»da chuqurlashtirilgan intensiv kursda o'rganish istagida yurgan yigit-qizlarni maxsus Telegram ovozli suhbatimizga taklif etamiz!

Sezganingizdek, bu galgi suhbatimizda «Najot Ta'lim»ning 7 oylik chuqurlashtirilgan Bootcamp Grafik dizayn kursi haqida gaplashamiz.

🎤 Kurs haqida markazimizning Grafik dizayn kursi katta ustozlari Quvonchbek Matchanov va Dilshod Ismoilovlar ma'lumot berishadi.

Ovozli chat bugun — 18-oktyabr soat 20:30 da «Najot Ta'lim»ning Telegram kanalida jonli tarzda bo'lib o'tadi.

🔗 Jonli efir havolasi: https://www.tg-me.com/najottalim?livestream

P. S. Ovozli suhbatda ishtirok eting. Bu sizni dizayn sohasiga qadam tashlashingizga asosiy sabablardan biriga aylanishi mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MFaktor.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'quv markaz — tirikchilik biznesmi?

▪️ Nega bitta markazda barcha fanlarni o'qitish xato?
▪️ Nima sabab biznes 1 ta filialda qotib qoladi?
▪️ Qanday qilib rahbar o'zidan doimiy stressni yo'qotishi mumkin?

🎙 MFaktor'da ilk bor o'quv markazlariga doir podkast uyushtirdik!

Mehmonlarimiz:

Temurbek Adhamov — “Najot Ta’lim” IT o'quv markazi asoschisi.

Jahongir Po'latov — “Cambridge Learning Centre” o'quv markazi asoschisi.

Podkastni bugun soat 20:00 da, shu havola orqali tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/ZZo5WyBN8Hg

@MFaktorUz
Najot Ta'lim muvaffaqiyatining siri nimada?

Oldinroq aytganimdek, muvaffaqiyat men uchun nisbiy tushuncha. Ammo biznes muvaffaqiyatining eng muhim omillardan biri bu, kuchli jamoa deb o'ylayman. Jamoada bir maqsadli insonlar yig'ilar ekan, bunday insonlar bilan katta ishlar qilsa bo'ladi.

Najot Ta'lim markazidagi eng yaxshi ishlardan biri, HR bo'limini tashkil etilgani deb bilaman. Sababi shu kungacha markazimizda qancha kadr faoliyat yuritib kelayotgan bo'lsa, ularning barchasi HR bo'limi tomonidan qabul qilingan.

Ammo HR bo'limini tashkil etish juda ko'p resurs talab etadi. Unda, kompaniyada HR bo'limi bo'lmasa nima qilish kerak?

Muammoga eng yaxshi yechim, bozorda yaxshi tajriba ega bo'lgan rekruting agentliklariga murojaat qilish deb bilaman.

Najot Ta’lim HR boʻlimi rahbari Ali Zairov tomonidan Nomzod Rekruting Agentligi tashkil qilindi. Agentlik jamoasida HR sohasida umumiy 5 yildan ortiq tajribaga ega professional insonlar faoliyat yuritadi.

Agarda kompaniyangizga xodim kerak bo'lsa, sizga Nomzod Rekruting Agentligini tavsiya qilaman.

Batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: nomzod.agency
Forwarded from Najot Ta'lim
Savodxonlik madaniyatdir

⚫️ Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda "savodsizlik" sindromi avj olib, ko'pchilik "zamonaviy alifbo"dan foydalanmoqda.

Harflarni atayin o‘z o'rnida qo'llamasdan, o'zbek imlo lug'atida yo'q so'zlardan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.

⚙️ Ushbu postda tuzatishimiz shart bo'lgan ba'zi xatolarni keltirdik.

🎉 O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, o'z ona tilimizni hurmat qilaylik!

➡️ Postni "zamonaviy alifbo"dan foydalanadigan do'stlaringizga yuboring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/05 23:07:04
Back to Top
HTML Embed Code: