Telegram Web Link
Ishq eng buyuk dard va u dardning darmonidir.

@Tazkiraa
Ko'zlaring bilan boq lekin qalbing bilan ko'r.

@Tazkiraa
Ishq go'zalni sevmoq emas
Sevganni go'zal ko'rmoqdir.

@Tazkiraa
Juda og'ir va tikonli yo'lning oxiri oydinlikdir.

@Tazkiraa
Смотрите "Tajvid fani | 1-dars | Lahn ta'rifi, qismlari va hukmi" на YouTube
https://youtu.be/jjCR7BHuh9U
Forwarded from Tunchiroq
Инсон ишонгани қадар амал
қила олади.

Меҳмет Йилдиз.

Бир инсон Аллоҳга ишонаман иймон келтирдим лекин намоз ўқий олмайман, рўмол ўрай олмайман аммо ҳаммаси қалбимда, деяётган бўлса демакки у ҳали ўзи иддао қилаётган нарсасини қилмаган бўлади.
Смотрите "Tajvid fani | 2-dars | Isti'oza va basmalaning holatlari" на YouTube
https://youtu.be/nDhZkQpQZRg
Nasibangda boʻlsa, hattoki chumolidan ham dars olasan.
Nasibangda boʻlmasa, butun jahon sen uchun ibrat mayogʻi boʻlib turgan boʻlsa-da senga bundan foyda yoʻq.

–Jaloliddin Rumiy

@Tazkiraa
Alloh taolo dunyoni qo'lingiz va tilingiz bilan emas qalbingiz bilan tark etishingizni sevadi.

@Tazkiraa
#alhamdulillah

Shu kabi smslarni tez -tez kelib turadi, hammasini ham ayta olmayman-ku, ammo mana shu muslima qizimiz salkam o'tgan yili bahordan beri harakat qilardilar, Robbimga hamd bugun nasib qilibdi.😢
Alloh barchani maqsadiga yetkazsin 🤲

P.s: Hijoblanish niyatida yurib, qiyinchilik ko'rgan, hamma narsadan voz kechish arafasida bo'lib mushkul vaziyatdan chiqib ketgan o'zim bilgan ba'zi qizlar haqida kanalga bir mativatsion post yozish niyatim bor.
#tez_kunda

@Tazkiraa
Ma shaa Allah bugun rosa barakali ajiyb kun bo'layaptikiiii.

Alloh ta'olo xayrli qilsin, muslimagullarim 🌹
Taqdir so'ziga yaxshi yomon so'zi ekvivalent emas.

@Tazkiraa
Смотрите "Tajvid fani | 3-Dars | Qur'on qiroatida tezlik darajalari" на YouTube
https://youtu.be/wBqS5Vg-CzY
Forwarded from Sayfiddin Sayfulloh (Abdulaziz)
#nazm #munojot #SayfiddinSayfulloh
Ўзинг кечир, Худойим!

Дунё ажиб, бир достон,
Ким яхшию ким ёмон,
Турланамиз ҳар замон,
Ўзинг кечир, Худойим!

Мафтун қилди қалам қош,
Ошиқлигим бўлди фош,
Пинҳон бўлса эди, кош,
Ўзинг кечир, Худойим.

Юрак қурғур хастаман,
Гоҳи кўк, гоҳ пастдаман,
Моли касод растаман,
Ўзинг кечир, Худойим.

Нафс илкида хор манам,
Шайтонга бозор манам,
Дўсти Ҳаққа зор манам,
Ўзинг кечир, Худойим.

Ўтар дунё ўтмасми,
Бир-бир ҳама кетмасми,
Дил орзуси битмасми,
Ўзинг кечир, Худойим.

Дунё ўйнар биз билан,
Намоз-ниёз ҳиз билан,
Кўнгил ўғил-қиз билан,
Ўзинг кечир, Худойим.

Бомдод бўлди, тур, банда,
Ҳақ ҳукмин қилма канда,
Жон хор, залил, афканда,
Ўзинг кечир, Худойим.

Зокирликдир даъвомиз,
Тошни ёрар ҳавомиз,
Эрта не дер Мавломиз?!
Ўзинг кечир, Худойим.

Эранлардек эр бўлиб,
Саждага чўк ер бўлиб,
Хижолатдан тер бўлиб,
Ўзинг кечир, Худойим.

Бандадурмиз хатолик,
Насли Одам Атолик,
Дунё уч кун матолик,
Ўзинг кечир, Худойим.

Жаҳолатда бўлдим хор,
Шафқатингга бўлдим зор,
Сўнгги нафас эътибор!
Ўзинг кечир, Худойим!

Матоим йўқ, дил афкор,
Йўлга туштим, умидвор,
Манам сенга харидор,
Ўзинг кечир, Худойим!

Ўзинг кечир, Худойим!
Ўзинг кечир, Худойим!

***
Сайфиддин Сайфуллоҳ
Дўрмон ижод ўйи
21.02.2022

Kanalimizga obuna bo'ling👇👇

☘️💐 @SayfiddinSayfulloh 💐☘️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

https://www.tg-me.com/SayfiddinSayfulloh
Qo'rqma, qul qulga nima qila oladi? Qo'rqiladigan biri bo'lsa u ham yolg'iz Allohdir.

@Tazkiraa
Butun tushunchasi dunyo bo'lgan bir kimsa, oxirat uchun qanday harakat qila oladi?
Xolbuki dunyo foniy, oxirat esa boqiydir.

@Tazkiraa
Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir:
1. Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq
2. Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq

Birinchisini tanlay oldik deb o'ylaymiz in shaa Allah, ikkinchisiga Alloh muvaffaq qilsin 😌 (ularga sabr)

Iyi ki geldin.
Hoş geldi yüreğime yüreğin.

P.s: Rum surasi, 21 oyat ❤️

22.02.22 🥲

@Tazkiraa
1) Fursatga qarab albatta kanalga joylayman har safar, ko'pchilik shaxsiyga yokida botga yozishgani uchunmi f3 ga bu safar xabar deyarli kelmabdi.

2) Rahmat, qo'limizdan osh yeganlar 🥲 sizlar bilan juda zavqli o'tdi kun, hadyalar uchun ham tashakkur

3) va alaykum assalam va rohmatullohi va barokatuh, ho'p bo'ladi, tezlashtiramiz vaziyatga qarab in shaa Allah

4) xabaringizni ochmasam iltimos qayta yozing, yokida 🆘 shu belgini qo'ying oxirida albatta tezroq javob beraman shunda, aybga buyurmaysizlar bu kibrdan emas, atay shunda qilmayman.

5) Veeey shuni ham so'raydimi, jon deyman albatta, so'rab berguncha urib ber deyishgan.. 🤭😉

6) Qiziq, 🙄🤔😒 nima ekan shu so'zim, eslatib yuborsangiz...

P.s: Hafa bo'lib yurmay sababiyatni o'rganish kerak)
Alloh ta'olo hech qullariga zulm qilarmi?
Oyog'ingga tosh tegsa o'zingdan bil.
Ba'zi xastaliklar bordirki davosi esa tavba qilmoqdir.

@Tazkiraa
2024/11/16 07:51:38
Back to Top
HTML Embed Code: