Telegram Web Link
Forwarded from 🍃مع محلرايم 🍃
Хеч қачон умидингни узма !

Умидингни узган нарсаларингда ,
асли умид бор !

Умидсизлик шайтондан.

@Ziynatimquron
Huzur topmagan amalingning qabul bo'lishidan noumid bo'lma. Gohida amal qabul qilinadi-yu, samarasini tezda ko'rmaysan.

Ataulloh Sakandariy.

@Tazkiraa
#tazkirada_savol

Aslida sh'er eng past chirkin narsa, lekin bizning boshqa iljomiz yóq. Sizlarga manzur usulda gapirishimiz kerak......ushbu so'z kimga tegishli?

Topganga sovg'am bor.

P.s: Savol muallifi va hadya beruvchi men emasman!

@Tazkiraa 🤔
Agar bo'lsang, Alloh bilan bo'lgil! Va agar undoq bo'lmasang, hech bo'lgil!
Bu anglaganlar uchun bag'oyat ulug' so'zdir.

Xoris Muhosibiy

P.s: Bugungi kun barcha hijoblangan (oyatda kelganidek) muslimalarimizga muborak bo'lsin 🌹
Va qolgan shu niyatda yurgan opa-singillarimizga tasatturlanish tez kunlarda nasib qilsin, Alloh oson qilsin.

@Tazkiraa
Ha darvoqe, @ummatningqizlarigabot qayta ishladi, ma'lum sabablarga ko'ra ishlamay qolgan ekan, bilmabmiz.
Agar xabar yozib javob olmagan bo'lsangiz xabaringizni qayta yuborishingiz mumkin.
Tazkira pinned «Ha darvoqe, @ummatningqizlarigabot qayta ishladi, ma'lum sabablarga ko'ra ishlamay qolgan ekan, bilmabmiz. Agar xabar yozib javob olmagan bo'lsangiz xabaringizni qayta yuborishingiz mumkin. »
Forwarded from Sayfiddin Sayfulloh (Abdulaziz)
#hikmat
*Hech kimdan yordam kutma.

*Qo'lingdan kelganicha hammaga yordam berishga harakat qil.

*Hech qachon qattiq gapirma va ko'p ham gapirma.

*Umuman baland ovozda gapirma.

*G'oyat yumshoq va shirin gapir.
Begunoh va kambag'allarga juda mehribon bo'l.

*Hech kimning qalbini sindirma.

*Hokimiyatga havas qilma, aldanma.

*Imkon qadar davlat eshiklaridan uzoqroq tur va u yerdan hech narsa kutma.

*Aslo yosh ayollar, hatto, yoshi katta ayollar bilan ham ko'p suhbatlashishga odatlanma.

*Yozlik uy deb dengiz bo'yidagi uylardan sotib olma, farzandlaringni gunoh joylardan saqla.

*Zinhor dunyoying uchun diningni zoye qilma.

*O'limni unutma, ko'zingni oldidan qochirma.

*Har doim haq rizoligini qozona oladigan amali solihlar bilan band bo'l.

*Bidatchilarning havoyi nafsiga va orzulariga ergashma. Yaxshi, solih, sodiq, obid, zohid odamlar bilan birga bo'l. Ulardan ayrilma, xizmatlarida ham bardavom bo'l.

*Hech qachon hech kimdan ayb qidirma. O'zingning kamchiliklaringni qidir va ularni tuzatishga harakat qil, qo'shnilaring bilan juda yaxshi munosabatda bo'lishga harakat qil va imkon qadar ularga sovg'alar ulashib tur.

*Farzandlaringga sovg'a berishdan uzoqlashma va har doim ularning kamchiliklarini yashirishga harakat qil. Yetim va yordamga muhtojlarni top, xizmatlarida xatoga yo'l qo'yma.

*Tabassumli va shirin til bilan so'zlovchilardan ayrilma.

*Bo'sh vaqtingda Qur'on o'qi va Allohning zikri bilan mashg'ul bo'l, behuda g'iybatlardan o'zingni uzoq tut.

*Haqni unutma, Haqdan zarracha ham ayrilma.

*Luqmangga diqqatli bo'l, halol bo'lsin, shubhali narsalardan ehtiyot bo'l. Hirs hech qachon yaxshilik olib kelmaydi.

*Dunyo zeb-ziynatlariga iltifot qilma, ortiqcha sarf-xarajatlardan qoch, haromdan millionlab topishingni bilsang ham, o'zingni botqoqqa botirma.

Shayx Muhammad Zohid Qutqu hazratlari nasihatlari

T.me/SayfiddinSayfulloh
Koʻrlarning bozorida oyna sotma, Karlarning orasida gʻazal aytma!

@Tazkiraa
Agar sen bir ahmoqqa qalam sovg'a qilsang, u o'sha qalamda seni masxaralab maqola yozsa yoki bir cho'loq kishiga qiynalmay yursin, deb hassa hadya qilganingda u o'sha hassa bilan boshingni yorib qo'ysa ajablanib, sarosimaga tushmagin. Yaxshi kishilar uchun shunga o'xshash sinovlar bo'lib turadi.

@Tazkiraa 🦦
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu dunyoda bor narsa hamma uchun bordir, boy uchun ham shu, kambag'al uchun ham shudir!

@Tazkiraa
Смотрите "Гаройиб гурков Исломий кино узбек тилида" на YouTube
https://youtu.be/i6Yy8GAOCCs
Hali ham taqdiringizdan noliyapsizmi? Rasmga qarang, shunchaki chuqur tafakkur qiling!

"Shubhasizki, katta mukofotlar, katta balolar (dard, iztirob va musibatlar) evaziga qo'lga kiritiladi".

Ibn Moja, Termiziy rivoyati

@Tazkiraa
Qanday o'lishimning ne qizig'i bor,
Musulmon holimda shahid bo'lsam, bas!
O'limim Allohning yo'lida bo'lgach,
Uning izmida-ku har qanday nafas.

Xubayb ibn Adiy

P.s: U kishini o'ldirishlaridan avval dor oldiga keltirishganida yuqoridagi baytni aytgan ekanlar.

@Tazkiraa
Tazkira
Смотрите "Гаройиб гурков Исломий кино узбек тилида" на YouTube https://youtu.be/i6Yy8GAOCCs
Nima qilib yotibsizlar insonlar, o'rningizdan turingda yorug' dunyodagilarni xoliga bir qarang.

Foyda ko'raman deb bir ishga kirishgan kishi oz bo'lsada o'sha ishdan manfaat topadi degan ekan bir odam. Ular xaromga qo'l urib, yalayaptilar barmoqlarini.

Har kuni osmondan bir yulduz uchganidek oralaridan bittasi jon beradi lekin na sizdan xabarlari bor va na sizdek bo'lajaklaridan.

Tepangizda to'kkan ko'z yoshlariga ishonmang, hali qabriston eshigidan chiqmaslaridan ko'zdagi yoshlari qurib qoladi.

Ular yig'lab turib ham kulaveradilar, o'lgan bilan o'lmaymiz deyishadi.

Bo'lar bo'lmas gaplarni gapirib behuda gap sotib vaqtni o'tkazadilar-u, ruhingizga bir duo-yi fotixa o'qishga vaqt topadilarmi?

Bu tuproqning usti bo'lganidek osti ham bor deydilar-u lekin ostini o'ylashni sira istamaydilar.

Sizlar bu tuproqning tagida qiyomat bo'lishini kutib yotsangizlar ular ustida barhayotlar eleksirini topilishini kutmoqdalar.

Uch kunlik sayohatga chiqqanda jamadonlarni to'ldirib, toshirib hozirlik ko'radilar-u, qancha davom etishi noma'lum bo'lgan safarlari uchun tayyorgarlik ko'rishga ehtiyoj ham sezmaydilar.

P.s: Turklarning tarbiyaviy ahamiyatga molik filmlarini albatta ko'rish kerak! Yuqorida sizlarga link qoldirganim ham juda ajoyib, fikrlashga, tafakkurga chorlaydigan, islomiy, yuqori saviyadagi film ekan.

@Tazkiraa 📌
Ibodat o'n bo'lakdir. Uning to'qqiz bo'lagi odamlardan qochmoq, bir bo'lagi esa sukut saqlashdir!

@Tazkiraa
Hozir siz-u bizga eng keragi, tinch joy va 2 rakat namozdir.

Ko'ramiz mavlom na aylar, na aylarsa go'zal aylar.

@Tazkiraa
Hargiz musulmon bo'lmading

Ey ko'ngil, qilding gunoh hargiz pushaymon bo'lmading,
So'fiymen, deb, lof urib tolibi jonon bo'lmading.
Xayf umring o'tti bir lahza giryon bo'lmading,
So'fiynaqsh bo'lding vale hargiz musulmon bo'lmading.

Ahmad Yassaviy (q.s)

@Tazkiraa
Смотрите "Махсус репортаж | Ўткир Ҳошимов таваллудининг 80 йиллиги" на YouTube
https://youtu.be/JXgXcpTploc
Xatm qila oladiganlar bormi iltimos @ummatningqizlarigabot manzilimizga yozing 2,3 kishi kerak 🥺
2024/11/16 12:31:53
Back to Top
HTML Embed Code: