Telegram Web Link
Forwarded from Sayfiddin Sayfulloh (Abdulaziz)
Таҳорат олиб ётишнинг олти фазилати

1. Таҳоратли ҳолда ётган банданинг ҳақига фаришталар дуо қилади.
Ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: «Ким пок ҳолида ухласа, унинг ҳақига бир фаришта: «Аллоҳим, бу бандангни мағфират қил. Чунки у пок ҳолида ухлади», дейди»
(Имом Ибн Ҳиббон ривояти).

2. Таҳоратда ётган банданинг дуоси мақбул бўлади.
Муоз ибн Жабал розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қайси бир мўмин банда Аллоҳни зикр қилиб, пок ҳолида ухласа ва кечаси туриб, Аллоҳдан дунёю охират яхшилигини сўраса, Аллоҳ унга сўраган нарсасини, албатта беради», дедилар.
(Имом Абу Довуд ривояти).

3. Қиёмат кунида ҳам таҳоратли ҳолида тирилади.
Уламолар: «Уйқуга ётишдан олдин олинган таҳоратни ўлимга тайёргарликнинг дастлабки қадами» дейдилар.
Ибн Аббос розияллоҳу анҳумо айтади:
«Таҳорат олиб ётган ҳолида вафот этган кишининг руҳи таҳоратли ҳолда қайта тирилади».
(Фатҳул Борий, Умдатул Қорий)

4. Таҳоратда ётиш ёмон тушлар кўришдан сақлайди.
Ибн Ҳажар Асқалоний раҳимаҳуллоҳ айтади: «Ким таҳорат олиб ўрнига ётса, яхши туш кўради».
(Фатҳул Борий).
Муҳаммад Закариё Кандеҳлавий раҳматуллоҳи алайҳи бундай дейди: «Таҳорат олган ҳолда ухлашга ётиш, ёмон туш кўришдан сақлайди» (Тақрир Буҳорий).

5. Таҳоратда ётиш тунни ибодат билан ўтказганнинг савобига ноил этади.
Ал-Ижлий айтади: «Ким таҳорат олган ҳолида Аллоҳ таолони зикр қилиб ўрнига ётса, то уйғонгунига қадар Аллоҳ таолонинг ибодатида қоим бўлганлар савобига мушарраф бўлади».
(Фатҳул Борий).

6. Таҳоратда ётган банданинг руҳи Аллоҳ таолонинг Арши олдида сажда қилади.
Абу Дардо розияллоҳу анҳу айтади:
«Қачон мўмин банда ухласа, унинг руҳи Аршга кўтарилади. Агар банда таҳоратли ҳолида ётган бўлса, унинг руҳига Аршда Аллоҳ таолога сажда қилишига ижозат берилади»
(Ибн Муборак Китабуз-Зуҳд, Фатҳул Борий).
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ким таҳорат устига таҳорат қилса, Аллоҳ унга ўнта (савоб) яхшилик ёзади», деганлар.
(Имом Абу Довуд ривояти).
Ҳазрат Умар ибн Хаттоб розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади.
Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Агар сизлардан бирортангиз таҳорат олса-ю, таҳоратини яхшилаб қилса, сўнгра: “Ашҳаду аллаа илааҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳу. Ва ашҳаду анна Муҳаммадан абдуҳу ва Расулуҳу», деб айтса, албатта, унга жаннатнинг саккиз эшиги очилади ва у хоҳлаганидан киради», дедилар».
(Имом Муслим ривояти).

Даврон Нурмуҳаммад тайёрлади

Kanalimizga obuna bo'ling👇👇
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
☘️💐 @SayfiddinSayfulloh 💐☘️
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

https://www.tg-me.com/SayfiddinSayfulloh
Alloh bo'lar u bilan, qalbida iymoni bor bilan.
#xayratlarim

Virus, bakteriyalar odamda kasallik qo'zg'atib uni o'ldiradi! Shayton, jinlar esa ko'proq vasvasa qiladi ammo inson ana shu vasvasachidan ko'proq qo'rqishiga hayronman.

@Tazkiraa
-Qo'y odamlardan hushyorroq hisoblanadi. Chunki cho'pon qo'y galasiga haybat bilan qichqirsa, ular o'tlamasdan, nafsini yig'ishtiradi. Odamlar Alloh so'zi bilan o'z nafsini yig'maslar!
Yana jannat istaydilar...

@Tazkiraa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xato yana bir marta takrorlanmasa, bunday holatda uzur so'rash o'rinli.
Ammo, takror va takror qilingan xatolarning orqasidan so'ralgan uzur haqorat bilan barobar deb o'ylayman.
Forwarded from Bintu Muhammad
Ёнингда чиройли олманг туриб,
Узоқдан ялтираган башқа олмани татишга уринма!
чунки истаганингга етишганингда ичи қурт босган бўлиши мумкин, кегин аввалгисидек олмани тополмай қоласан

©Умму Ҳуур

📌https://www.tg-me.com/Alfinuur
Masofaning ahamiyati yo'qdir, burningning tegida bo'lsa nima bo'libdi? Seni tushunmasa!
Ammo birisi bordir-ki, dunyoning u bir uchida...Eng ehtiyoj sezganing zamon ikki satr so'zi ila boshingda.
Masofa uzoqlikda emas, masofa fidokorlikda!

@Tazkiraa
#Sening

Sen yaratgan
olamu inson go'zal
Sen yuborgan
Mustafo qur'on go'zal
Sen buyurgan
har amal, iymon go'zal
Ruhlar ichra
sunganing vijdon go'zal
Bu go'zalliklar
jamolingdan sening...

Har ishing, har so'zu,
ahkoming buyuk
Ham jazoing,
hamda in'oming buyuk
Qilganing insonga
ikroming buyuk
Jannatingdek
dini isloming buyuk
Bu buyukliklar
jalolingdan sening...

© Shayx Husayn Buxoriy

@tazkiraa
Men tayyor emasman
kelganda o'lim,
Bomdod namoziga uyg'oting ona!

Nomus yo'lda sarson,
oriyat arzon
Gul deb bilganlarim aslida hazon
Men ham saharlarda tinglayin azon
Bomdod namoziga uyg'oting ona!

O'tmishim o'ylasam og'riydi qalbim
Shu ham bir iymondan xabardir balkim
Robbim rahmatiga to'lgaymi qabrim
Bomdod namoziga uyg'oting ona!

Ayblarim beqiyos savoblarim oz
Illo faqat sizdan kutdim imtiyoz
Yaxshi niyat bilan bering joynamoz
Bomdod namoziga uyg'oting ona!

Jannat orzusiga to'ldi osmonim
Allohni sevaman komil iymonim
Quyosh chiqqunicha chiqmasdam jonim
Bomdod namoziga uyg'oting ona...

@Tazkiraa
Men uchun hurmat va sevgining oʻrni bir xil.
Erkakni hurmat qilish–tabiiy va odatiy, ammo ayolga boʻlgan hurmat–butun boshli sanʼatga oʻxshaydi.
Zero inson uni, nafaqat dunyodan, baʼzan esa, oʻz zulmatidan, oʻzidan ham himoya qilish kerak.
Oʻz gʻazabi, befarqligi bilan unga ozor yetkazmasligi kerak..
Hamma erkak ham ayolni hurmat qilishga qodir emas..
Bunday hurmatning natijasi–erkakka toʻla ishonch va ayollik baxtidir.

©Farohun

@Tazkiraa
Nazarini nazorat qila olmagan erkak uchun, ko'chadagi daydi it ham uning ayolidan go'zalroq ko'rinaveradi...

@tazkiraa
Maqsading yuksakda bo'lsin, matlabing haq avvalo,
Bo'l sadoqatda safo-yu, qil adolatga vafo!
Mustafoning yo'li haqdir, g'ayriga qilma havas,
Din g'ami birla fig'on qil, o'zga afg'on qolmasun!

©Abror Muxtor Aliy

@tazkiraa
Kim oxirat azobidan najot topishni istasa, dunyo azobiga e'tibor bermasin..

Abu Hanifa rahmatullohi alayh

@Tazkiraa
Telefoningizni ikkinchi ayolingizga aylantirib olmang: unga tabassum qilib, u bilan gaplashib, u bilan sayrga, ovqatlanishga chiqib, u bilan uxlab, u bilan hayollaringizni toʻldirib qoʻymang.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Oilangni ham sening ustingda haqlari bor» deganlar.

(Manba esimda yo'q)

@Tazkiraa
Kechdi umrim bir oh ila,
Ichi to'la ey voh ila...

@Tazkiraa
Yo Robbiy!
Menga meni bildir men uni bilay,
Meni bilgan men bilan o'zimga kelay!

Menining mensizligim bilan men Seni bilay,
Seni bilmagan menni men nima qilay?

@Tazkiraa
Ishq bir muammodir. Ba’zilarning vijdoniga otilgan tosh, ba’zilarning ko‘zlaridan oqqan yoshdir ishq.

©Jaloliddin Rumiy

@Tazkiraa
Qaysi bir ayol o'zini erini boshqa ayollardan qizg'onib rashk qilib yashasa, Alloh taborak va ta'olo mana shu ayolga Alloh yo'lida jihod qilib turganlikni savobini yozib turadi.
Bugun ayoliz rashk qilyaptimi!?
Xudoga shukur qiling.
Allohga hamd ayting.
Demak qalbida borsiz!
O'rniz bor oilada!
E o'lib ketmisanmi manga desa... nima deysiz?
Qo'lizdan nima keladi?

©Solihon domla

@Tazkiraa
Alvon rangi ila ko'zni quvnatgan, qara qanday go'zal lolaqizg'aldoq!

Lek bir onda uning nozik barglarin to'kib tashlashi mumkin momaqaldiroq.

Ayolning sirti emas yuragiga boq!
Bir so'rab ko'rchi undan to'lg'oq dardini.

Necha xiyonatlarga ko'zini yumgan,
qaydan topgaydursan bunday mardini?!

Bir qo'lida beshik birida ro'zg'or tepratgan ayolning xolini ko'rchi,
Bevalik tamg'asin ko'tarib yurmoq qanchalar og'irmish undan bir so'rchi!

Dadam qani oyijon deydi bolasi har kuni cho'chib turar shunday savoldan.

Siz tanamas yurakning og'rig'in so'rang har kuni kaltaklar ostida qolgan ayoldan!

Ayolning sirti emas yuragiga boq!
Balki yurak qolmagan unda butunlay.

Kulib yurishiga ishonma do'stim ichi to'kilib bo'lgan, usti butunday.

Ayolning sirti emas yuragiga boq!
O'ylama chidaydi qirqta joni bor.

Har nening oxiri bo'lgani kabi jonning ham bir kuni tugar oni bor!

©KamolaSulton

@Tazkiraa
2024/09/27 22:22:39
Back to Top
HTML Embed Code: