Telegram Web Link
Gul go'zal, lekin tikani jonni og'ritadi, deydilar.
Agar qo'llar gulni tutishni bilsa, nega jonni og'ritsin!?

Jaloliddin Rumiy

@Tazkiraa
#taqvo

Xorun Ar-Rashidning singlisi Aliy Bint Mahdiy: "Biz erlarimiz uchun ayolmiz! boshqalar (begonalar) uchun esa erkakmiz!"

@Tazkiraa
Ey do'st!

Men haqimda qanday yomon gaplar gapirganlarini aytma,
o'sha gaplarni qanday qilib sening oldingda(!) gapira olganlarini ayt!

©Mahmud Usmon

@Tazkiraa
#Er_vazifalari

1 Ayolidan va farzandlaridan habar olish;
2 To'laqonli ta'minlash;
3 Bolalar tarbiyasida ishtirok etish
4 Ayoli bilan dildan suhbat
5 Oila a'zolariga ta'lim, tarbiya va ilm olishiga yo'l ochib berish;
6 Farzandlari va ayolini kuniga 5 marta quchoqlash;
7 Dam olishga olib chiqish va sovg'a salomlar
8 Mehr berish
9 Nazorat va qizg'onish
10 Ayolining xatolarini yuzma-yuz o'tirib muhokama qilish;
11 Har doim yordam berish;
12 Himoya

@Tazkiraa
Bu zamonning avliyolari boshini (xaromga qaramay) egib yurgan yoshlardir.

© Mahmud Ustausmono'g'li rohimahulloh

@Tazkiraa
Ey sadoqatli muslima ayol!
Ey Allohga qaytguvchi mo'mina ayol!
Sen huddi yomonlikdan ozordan uzoq bo'lgan xurmo darahti kabi bo'lgin, unga tosh otsang, u o'z mevasini tushuradi. So'zing zikr, qarashing ibrat, jim turishing fikr bo'lsin, ana shu paytda sen saodat rohatini topasan.

@Tazkiraa
U hech qachon seni qoʻrquvlaring, shubhalaring va mavhumlik qarshisidagi havotir bilan yolgʻiz qoldirmaydi.

U hech qachon sen yolgʻiz holda jar yoqasida turib, boʻshliqqa qarab turishingga yoʻl qoʻymaydi.

Sen har doim u borligini bilasan, uning eng asosiy istagi–yoningda boʻlish, himoya qilish va asrash ekanini bilasan.

Hattoki, oʻzida qoʻrquv va ishonchsizlik boʻlsa ham, asta qoʻllaringni ushlaydi, sen ham huddi shunday javob qaytarishingni biladi.
Butun bu yolgʻon dunyoda, minglab barbod boʻlgan taqdirlarga , javobsiz qolgan xatlarga, kuyib kul boʻlgan orzularga, unutilgan hikoyalarga, sohtalik va chirkinliklarga qaramay, faqat u boʻladi yoningda.

Mustahkam tayanch, ishonch, haqiqat, umid, barcha gʻam va qaygʻu, xavf-hatardan asrab avaylaguvchi mehribon qoʻllar..va bularning bari birgina insonda mujassam.
Sening insoningda.

©Farohun

@Tazkiraa
Erkak kishi shuni har doim yodida saqlasin-ki, ayoli bilan har qancha kelishmovchiligi va muammolari bo'lmasin, ayoli u bilan bir tan-u bir jondir.

@Tazkiraa
Har Shamoldan maysa kabi tebranaversang tog'lar qadar bo'lsang-da birgina o'tchalik ham qadring qolmaydi.!

Mavlono Rumiy

@Tazkiraa
Bugun nomahram ayolga boshqacha nazar bilan qaradingizmi, uyda sizni kutib olayotgan halolingizga ham boshqacha koʻz bilan qarashganidan hech shubha qilmang.

©Farohun

@Tazkiraa
Қалб чиркинликлардан тозаланмасдан «гўзал»га қандайин ва қай жасорат билан истакли бўла олади? Ҳасад, нафрат, ғурур ва дунёга топмоқликдан аримаган, тозаланмаган кўнгил, қандайин илоҳий ўзгаришларга, севги Султонининг Ўзини кўрсатишига ноил бўла олади?

©Tunchiroq

@Tazkiraa
Yolg'izlik-johilni fasod, oqilni isloh etadigan ajoyib vosita!

@Tazkiraa
Yasholmaydi odam havosiz,
Yasholmadi Odam Havosiz!

@Tazkiraa
Forwarded from Ummu Zaynab
#özimga #sizga

Tashqi ko'rinishga qarab baho beradiganlarga, tashqi dunyosini go'zallashtirib, ichki dunyosini, ruhini unutganlarga, ta'nasini ozorlab o'zgartirayotgan bugungi ayollarga shu savolni bergim keladi:

Janozangizda qaysi brendni kiymoqchisiz...

Ummu Zaynab
Tasodiflar yo'q bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor,
Allohimning rejalarida
Biz anglamas buyuk xikmat bor.
Sen qaydayu, men qayda edim?
Go'yo quyosh go'yo oy ayro
Agar Alloh xoxlamaganda,
Bo'larmiding qarshimda paydo.

@Tazkiraa
Oila odamni baxtli qilishi kerak, baxtsiz bo'lishni hamma o'zi yolg'iz eplaydi.

@Tazkiraa
Forwarded from Muflihun | Shunchaki Sahifa
Kim nasihat izlasa, Qabriston unga kifoya.....
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
"Севги - бир одамнинг ўзини икки марта севишдир.
Биринчиси, уни тасаввур қилиб.
Иккинчиси, асл ҳақиқатини билиб".

@MubashshirAhmad
Forwarded from Bintu Muhammad
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#СУЯНЧ

• Аёл муҳаббат манбаидир, унинг муҳаббати у ёқтирган ўринларда жўш уради.
• Айрим эркак, аёл бойликни севади, келишган кўринишни ёқтиради, деб ўйлайди ва шунга кўра аёлнинг муҳаббатини қозониш учун пулдор кўринишга, ўктам қоматли бўлишга уринади.
• Аммо аслида аёл учун энг маъқул эркак суянса бўладиган эркакдир.
• Аёл ўзи суяна оладиган эркакнинг бошқа барча камчилиларидан кўз юма олади.
• Агар суяна олмаса эркакнинг барча фазилатлари у учун бегона бўлиб кўринаверади.
• Аксар кўнгил совушлар суяна олмасликдан келиб чиқади.
• Шундай экан аввало аёлингизга суянчиқ бўлинг!
• Ана шунда сиз ундан ҳақиқий муҳаббатнинг жилосини кўрасиз.

©️ Маҳбубий
#Hikmat

G'azab kelar ko'z qorayar
G'azab ketar yuz qizarar

@Tazkiraa
2024/11/16 09:11:44
Back to Top
HTML Embed Code: