https://www.instagram.com/reel/CupGaAgP35H/?igshid=MTc4MmM1YmI2Ng==
Kimningdir baxtsizligiga sababchi bo'lgan o'zi ham baxtsiz bo'ladi!

Sizga sevgi haqida gapirib beray..
Shunday sevgi-ki, siz charchagan va siniq holda kelib, to'shakka oʻzingizni tashlaysiz, yarim uyquga ketasiz, chiroqni o'chirishga ustingizni yopishga na kuchingiz va na xohishingiz boʻlmaydi.
Va tunda birdan uyg'onganingizda, ustingizga koʻrpa tashlab qoʻyilganini, xona eshigi yopiq, chiroq esa o'chirilganligini sezasiz.
Narigi xonadan “sekinroq, dadangiz uygʻonib ketadilar” kabi shivirlagan ovozdan iborat, farzandlaringiz va ayolingiz oʻrtasidagi suhbatni eshitasiz.
Ular sizni uyg'otib yuborishdan qo'rqishadi, chunki ba'zan sizga oson emasligini bilishadi.
Sizga sevgi haqida gapirib beray..
Shunday sevgi-ki, alam va ogʻriqdan ko'z yoshlaringizni tiya olmay, hammadan berkinib olishga harakat qilayotganingizda, his-tuyg'ularingiz ovozini hech bo'lmaganda sukutingiz bilan bo'g'ib qo'yishni istaganingizda, birdan yelkalaringizga tekkan iliq va kuchli qoʻllarini his qilasiz. Akangiz yo opangizning bu qoʻllari yigʻidan to'xtamaguningizcha quchib turadi, va yana huddi shunday indamay ketadi.
Sizga sevgi haqida gapirib beray..
Shunday sevgi-ki, onangizni oʻzi charchagan boʻlsa-da, sizni quchoqlab, oʻzingizni boʻsh qoʻyishingizga imkon berib: "Sendan yaxshisini topaman deganlarni o'ylama, ular haqida tashvishlanishga harakat ham qilma, sen mening quyoshim, mening nafasim, mening hayotimsan va nima bo'lishidan qat'iy nazar, biz doimo yoningda bo'lamiz, sen bilan faxrlanamiz” deydi.
Sizga sevgi haqida gapirib beray..
Shunday sevgi-ki, birgina titroq aralash kelgan ovozingizni eshitib, kilometrlarga qaramay yoningizga uchib kelgan, dard-u hasratingizni sabr bilan tinglab, oxirida oʻzining ahmoqona hazillari bilan yuzingizni kuldirgan, sizni boshqa bu ahvolda koʻrishni istamay, urushib bergan doʻstingiz, sizni har qanday holingizda qabul qilishi va yaxshi koʻrishi.
Sevgi qanday bo'lishi kerakligi haqidagi stereotiplarni yo'q qilishimga ijozat bering, chunki sevgi har doim har xil boʻladi, har xil ko'rinadi.
U uchun hech qanday chegara yoki qoidalar yo'q.
Va u har birimizda yashaydi.
Uning uygʻonishiga izn bering.
©Farohun
@Tazkiraa

Biz pul topishni oʻrgandik, ammo ishlatishni oʻrganolmadik.
Tanishishni oʻrgandik, munosabatlarni saqlab qolishni emas.
Chiroyli toʻylar qilishni oʻrgandik, ammo goʻzal munosabat qilishni unutdik.
Farzand dunyoga keltirishni bilamiz, lekin tarbiya qilishni eplolmaymiz.
Oʻqitishni oʻrgandik, ilm olishni emas.
Boshqalardan talab qilishni boplaymiz, oʻzimizdan hisob soʻramaymiz.
Chiroyli kiyinamiz, xulqimiz bilan ishimiz yoʻq.
Qimmat mashinalar olamiz, yoʻldagi odamlarni hurmat qilmaymiz.
Boshqalarni da’vat qilamiz, oʻzimiz amal qilmaymiz.
Boshqalardan xato topamiz, oʻzimizga kelganda koʻzimizga parda tushadi.
Boshqalarning hayotini kuzatamiz, oʻzimiznikida hotirjamlik yoʻq.
Necha marotalab haq huquqlarimiz buzilganini sanaymiz, oʻzimiz buzganimizga koʻz yumamiz.
Kecha tanigan insonlarga borimizni beramiz, oilamizga esa, eng soʻnggisini..
Sevilishni istaymiz, sevmaymiz.
Hurmatga loyiq boʻlishni xohlaymiz, hurmat qilmaymiz.
Dunyo oʻzgarishini xohlaymiz, oʻzimiz oʻzgarmaymiz..
© Farohun

Telefoningizni ikkinchi ayolingizga aylantirib olmang: unga tabassum qilib, u bilan gaplashib, u bilan sayrga, ovqatlanishga chiqib, u bilan uxlab, u bilan hayollaringizni toʻldirib qoʻymang.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Oilangni ham sening ustingda haqlari bor» deganlar.

Yaxshi munosabatingiz va gʻamxoʻrligingizni qadriga yetmaydigan insonlar uchun tashvishlanmang, mahzun boʻlmang.
Agar biror ishni yolgʻiz Alloh uchun qilgan boʻlsangiz, hotirjam boʻling, amalingiz—garchi juda kichik va insonlar koʻziga koʻrinmagan boʻlsa-da, ishonchli joyga yozib qoʻyilgan.
فَمَنۡ يَّعۡمَلۡ مِثۡقَالَ ذَرَّةٍ خَيۡرًا يَّرَهٗ
Bas, kim zarra ogʻirligida yaxshilik qilsa ham koʻradir
99:7

Erkak sevgisi..yolg'onsiz, sohta iltifotlarsiz bo'ladi.
Haddan ziyod maqtovlarsiz, me'yorida mexr koʻrsatadi.
Allohdan qo'rqadigan vijdon sohibi, aql bilan ish qiladigan, xato qilishdan hayqib turuvchi zotdir erkak.
Sevgan insonini begonaning soyasidan ham himoya qiladi, xafa qilmaydi, azoblamaydi, yig'latmaydi, hiyonat qilmaydi.
Baʼzilar bu holga-ahmoqlik deydi.
Erkak esa, bu gaplarni yelkasiga ortmaydi, toʻgʻrilikdan qoʻrqmaydi.
Sevmasa, aldamaydi, boshlanmasdan bitiradi.
Sevsa, tashlab ketmaydi, so'nggi manzilgacha qoʻllaridan tutadi.
Erkakning sevgisi chiroyli gaplarda emas, uning amallarida.
Erkakning tili emas, koʻzlari gapiradi.
Qasam ichish erkak uchun-or.
Chunki uning zabonidan toʻkilgan har bir soʻzi qasam.
Erkak uzoq sukut qiladi, uzoq kutadi..uning sabri togʻlar kabi mustahkam.
Ammo, bir kun shunday portlaydiki, yorugʻ dunyoga oʻt tushadi.
Shunday zot erkak.
U-ortiqcha soʻzlarsiz, jimgina, jiddiy, qattiq va oxirigacha sevadi.

Noshkurlik–insondagi eng yomon sifatlardan biri.
Hadisda, odamlardan rozi bo'lmagan inson, Robbisidan ham rozi bo'lmaydi deyilgan.
Noshkurlarning jazosi ham og'ir.
Odatda inson zoti, unga taom uzatgan qo'llarni tishlab, uni tepayotgan oyoqlarni o'padi.
Alloh bilan munosabatlarda ham huddi shunday.
Robbimizning bizga bergan shuncha ne'matlariga qaramay, shayton bizga tashlagan arqondan tutamiz.

Sevgi.
Mening tushunchamda bu tuygʻu boshqa tuygʻuga oʻxshamaydi.
Nega?
Chunki, bu yashashga, harakat qilishga undaydigan yagona tuygʻu.
Bu tuygʻu yordamida oʻz yoʻlini, oʻz baxtini koʻra oladi inson.
Bu tuygʻu sabab inson—tabassum qiladi, yigʻlaydi, sinadi va yana takror oyoqqa turadi.
Sevgi—bu ehtiyoj. Har bir insonning ehtiyoji. Sevgisiz biz baxtsiz, hech kimmiz.
Sevgisiz yashaydigan insonlarga e’tibor berganmisiz?
Goʻyo hayot mazmunini yoʻqotib qoʻyganga oʻxshaydi.
Toʻgʻrisi, ulardan biriga aylanib qolishdan qoʻrqaman.
Men sevaman.
Robbimni, dinimni, hayotimni, oilamni, farzandlarimni, doʻstlarimni, imkoniyatlarimni, ne’matlarimni..ularni sevmasdan yashashni tasavvur qilolmayman..
Ammo, Robbim senga juft qilgan insonga boʻlgan muhabbat—umuman boshqa.
Hozir, juda oddiy narsalar haqida yozaman, lekin aynan shu oddiy narsalar ustida muhabbat oʻz kurtaklarini ochadi.
Koʻrib ketish uchun 5 daqiqaga boʻlsa ham kelish.
Ovozini eshitish uchun qoʻngʻiroq qilish.
Arzimas kichik narsani koʻrib qolib, unga yoqishini bilib, u uchun harid qilish.
Uning qalbini ogʻritadigan ish qilmaslik.
Oʻzi his qilishni istamagan narsani unga ham his qildirmaslik.
Anglash uchun tinglash.
Va’dasida turish, soʻzidan chiqish.
Yolgʻiz qoldirmaslik.
Koʻzida yoshlari bilan uxlashiga izn bermaslik.
Ishonish va ishonchli boʻlish.
Bir-birga emas, muammoga qarshi boʻlish.
Hayot qanday pistirma qoʻymasin, qoʻllarini qoʻyib yubormaslik.
Bu roʻyhatni cheksiz davom ettirishim mumkin..
Doʻstlar, qarindoshlar va boshqalar..bu insonlar siz bilan birga hayot kechirmaydi, bu insonlar ertay-u kech yoningizda boʻlmaydi, bu insonlarning ham sizniki kabi oʻz shaxsiy hayoti bor.
Bir kun tongda uygʻonib, “men uchun foydasi boʻlmagan narsalar uchun yugurib, mening keragim boʻlmagan kimsalar ortidan quvib, oʻz oilamni saqlab qololmadim” deb oʻylamaslik uchun, oʻz sevgingizni qadrlang.
Sevadigan erkak bemehr boʻlolmaydi. Mehr uning qon-qoniga singib ketgan boʻladi. U sevgini his qiladi va u siz uchun hamma narsa qilishga tayyor boʻladi. Majburlikdan emas, OʻZI XOHLAGANI uchun.
Sevgi–u yoki har kuni, yoki umuman.

#Er_vazifalari
1 Ayolidan va farzandlaridan habar olish;
2 To'laqonli ta'minlash;
3 Bolalar tarbiyasida ishtirok etish
4 Ayoli bilan dildan suhbat
5 Oila a'zolariga ta'lim, tarbiya va ilm olishiga yo'l ochib berish;
6 Farzandlari va ayolini kuniga 5 marta quchoqlash;
7 Dam olishga olib chiqish va sovg'a salomlar
8 Mehr berish
9 Nazorat va qizg'onish
10 Ayolining xatolarini yuzma-yuz o'tirib muhokama qilish;
11 Har doim yordam berish;
12 Himoya