Telegram Web Link
TOSHKENTDA BOLALAR ALLERGOLOGIYASI BO'YICHA XALQARO ANJUMAN BO'LIB O'TADI

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yilga moʻljallangan asosiy tashkiliy tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 22-23-noyabr kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Bolalar allergologlarining III xalqaro ilmiy-amaliy anjumani - bolalarda allergik kasalliklar: fanlararo masalalar va kompleks yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

Anjuman maqsadi bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash, oldini olish va davolash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etishdir. Shuningdek, turli ilmiy sohalarni birlashtirish orqali allergik kasalliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish, diagnostika va davolashda kompleks yechimlarni ishlab chiqish, shuningdek, tibbiy yordam sifatini yaxshilash uchun xalqaro tajriba almashishdan iborat.

Anjuman ilmiy yo'nalishlari:
- Pediatriyada innovatsion yondashuvlar va standartlar.
- Bolalardagi atopik kasalliklarning fenotiplari.
- Bolalardagi AR, BA: xalqaro tajriba (ARIA va GINA) va mintaqaviy xususiyatlar.
- Molekulyar allergologiya;
- Bolalarning ovqatlanishi;
- Oziq-ovqat allergiyasi va oziq-ovqat murosasizlik;
- Bolalar immunologiyasi;
- Birlamchi immun tanqisligi;
- Mikrobioma, immunitet va allergiya o'rtasidagi bog'liqlik;
- Allergolog amaliyotida pulmonologiya, dermatologiya, LOR patologiyasi masalalari;
- Oilaviy shifokor amaliyotida allergiyaga chalingan bolalarga birlamchi tibbiy yordam va shoshilinch yordam.
- Oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim bosqichlarida immunologiya va allergologiyani o'qitishning dolzarb masalalari;
- Ekologiya va sog'liq;
- Sog'lom turmush tarzi.

Anjumanda ishtirok etish uchun shifokor-allergolog, klinik immunolog, pediatr, pulmonolog, otorinolaringolog, dermatolog, gastroenterolog, mikrobiologlar hamda o‘z amaliyotida allergik immunopatologiya ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlar bilan uchrashadigan boshqa ixtisoslik shifokorlarini va barcha bolalar nafas olish kasalliklarini hal qilishdan manfaatdor biolog va mutaxassislar taklif etiladilar.

Anjuman oʻtkazilish joyi va vaqti: 2024-yil 22-23-noyabr kunlari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Anjuman o'tkazilishi shakli: onlayn va offline formatda

Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.

Anjuman tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi, "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali.

Anjumanga maqolalar qabulining soʻnggi kuni: 2024-yil 10-noyabr.

Anjuman materiallari to'plamida chop etish uchun maqolalar Feruza Ollamurodova (+998 933549654) va @Science_maqola24 Telegram profillari orqali qabul qilinadi.

Xorijlik mualliflar maqolalari [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Anjuman axborot xati quyida ilova qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
В ТАШКЕНТЕ СОСТОИТСЯ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПО ДЕТСКОЙ АЛЛЕРГОЛОГИИ

В целях обеспечения исполнения плана основных организационных мероприятий Министерства здравоохранения Республики Узбекистан на 2024 год, 22-23 ноября текущего года в Ташкентском педиатрическом медицинском институте состоится III-Международная научно-практическая конференция детских аллергологов на тему
«Аллергические заболевания у детей: междисциплинарные вопросы и комплексные решения»
.

Целью конференции является изучение и внедрение передовых подходов к выявлению, профилактике и лечению аллергических заболеваний у детей. В её задачи также входит глубокий анализ причин возникновения аллергических заболеваний путём объединения различных научных областей, разработка комплексных решений для диагностики и лечения, а также обмен международным опытом для улучшения качества медицинской помощи.

Научные направления конференции:
- Инновационные подходы и стандарты в педиатрии;
- Фенотипы атопических заболеваний у детей;
- Аллергический ринит и бронхиальная астма у детей: международный опыт (ARIA и GINA) и региональные особенности;
- Молекулярная аллергология;
- Питание детей;
- Пищевая аллергия и пищевая непереносимость;
- Иммунология детей;
- Первичный иммунодефицит;
- Взаимосвязь между микробиомом, иммунитетом и аллергией;
- Вопросы пульмонологии, дерматологии и ЛОР-патологии в практике аллерголога;
- Первичная медицинская помощь и неотложная помощь детям с аллергией в практике семейного врача;
- Актуальные вопросы преподавания иммунологии и аллергологии на уровне высшего медицинского образования и послевузовского образования;
- Экология и здоровье;
- Здоровый образ жизни.

Для участия в работе конфренции приглашаются аллергологи, клинические иммунологи, педиатры, пульмонологи, оториноларингологи, дерматологи, гастроэнтерологи, микробиологи, а также врачи других специальностей, которые работаю с пациентами, имеющими аллергические и иммунопатологические проявления, и биологи, заинтересованные в решении проблем респираторных заболеваний у детей.

Место и время проведения конференции: 22–23 ноября 2024 года, Ташкентский педиатрический медицинский институт.

Форма конференции: онлайн и оффлайн форматы

Языки конференции: узбекский, русский, английский.

Организаторы конференции: Министерство здравоохранения Республики Узбекистан, Министерство Высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан, Ташкентский педиатрический медицинский институт, Международный центр молекулярной аллергологии, Международный научный журнал "Science and innovation".

Последний день подачи статей: 10 ноября 2024 года.

Статьи для публикации в сборнике материалов конференции принимаются
через Telegram-профили
Феруза Олламуродова (+998 933549654) и @Science_maqola24.

Статьи зарубежных авторов принимаются по электронной почте [email protected].

Информационное письмо конференции прилагается ниже.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ НОВЫЙ ЦИКЛ ВЕБИНАРОВ ПО МАШИННОМУ ОБУЧЕНИЮ И ИСКУССТВЕННОМУ ИНТЕЛЛЕКТУ

Уважаемые участники!

Рады анонсировать новый этап нашего цикла вебинаров по машинному обучению и искусственному интеллекту. В этот раз вас ждут одна теоретическая лекция, два проекта и бонусный урок:

1️⃣ "Генерация текста и сегментация текста": теоретическая часть, посвященная обработке текстов с помощью ИИ. Вы узнаете, как работает генерация текста и как сегментация помогает анализировать текстовые данные.

2️⃣ Проект "Shifo AI": знакомство с ботом Shifo AI, который используется для выявления заболеваний желудочно-кишечного тракта на основе ввода симптомов на узбекском языке.

3️⃣ Проект "LitStyle": нейронная сеть, определяющая соответствие заданного текста на узбекском языке литературному стилю знаменитых узбекских писателей.

4️⃣ Бонусный урок по ИИ: проект "ReVoicer": изучим проект, который позволяет синтезировать голос с использованием передовых технологий искусственного интеллекта на основе текстов.

👉 Присоединяйтесь к нашему вебинару в пятницу, 27 сентября, в 16:00, чтобы узнать больше о применении ИИ в текстовой обработке и медицине!

Тема: AI in Health-2024
Время: 27 сент. 2024 04:00 PM Исламабад, Карачи, Ташкент

Войти Zoom Конференция
https://us05web.zoom.us/j/9179342444?pwd=qliKu78cuAB8hhOW3t3l14FGW9gsiC.1&omn=83819300305

Идентификатор конференции: 917 934 2444
Код доступа: 7777

Также вы можете ознакомиться с нашими предыдущими вебинарами по ссылкам:

1-й вебинар: 09.02.2024
2-й вебинар: 23.02.2024
3-й вебинар: 29.03.2024
4-й вебинар: 26.05.2024
5-й вебинар: 31.05.2024
6-й вебинар: 28.06.2024
7-й вебинар: 27.07.2024
8-й вебинар: 30.08.2024

Не упустите шанс узнать что-то новое о технологиях будущего!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHPTIDA TALABALAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBAT O'TKAZILDI

Ushbu suhbatda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti psixologi G.S.Djumanova, Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi F.M.Shamudinova hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad, talabalarda motivatsion ruhni paydo qilish va o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishlari uchun kerakli yoʻnalish va tavsiyalar berishdan iborat.

Suhbat davomida talabalar bilan psixologik mashq va treninglar amaliy tarzda o'tkazildi. Talabalarning jamoaviy ishlash, bir-birini tushunish, o’zaro xamjixatlikni oshirish, tushkunlik holatlaridan chiqish, yuzasida ham suhbat olib borildi. Ochiq muloqot so’ngida, talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TALABALAR AMALIYOTINI TO'G'RI TASHKIL ETISH YUZASIDAN UCHRASHUVLAR O'TKAZILDI

Bugun Toshkent pediartiya tibbiyot institutida 2024/2025-o‘quv yili amaliyotini to‘g‘ri va samarali tashkil qilish yuzasidan oliygohning barcha fakultetlari bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda fakultetlar dekanlari va ularning muovinlari, Talabalarni ishga joylashtirish bo'limi mas'ullari hamda bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvlarda masʼullar tomonidan bitiruvchi bosqich talabalar 2024/2025-o‘quv yilida amaliyotni doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida o‘tashlari, ularni tibbiyot muassasalarga taqsimoti, shuningdek, amaliyotni o'tash tartibi, rejadagi ma'ruza va o'quv mashg'ulotlarning nazariy qismini masofaviy shaklda olib borish, amaliyot kundaligi va hisobotini yuritish to‘g‘risida kerakli maʼlumotlar berildi. O‘z o‘rnida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI TALABALARI JADIDLARNING HAYOTI VA IJODI BILAN TANISHDI

Toshkent shahridagi “Tashkent City Mall” savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning taʼlim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bagʻishlangan multimedia koʻrgazmasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlarining e'tiborini jalb etdi.

Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari ushbu multimedia koʻrgazma namoyishiga tashrif buyurdi.

Dasturda 100 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etib, ular koʻrgazma orqali jadidlar hayoti va ijodiga taalluqli koʻplab ma’lumotlarga ega boʻlishdi, jadidchilik haqidagi bilimlarini mustahkamlashdi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
2024/09/26 02:26:03
Back to Top
HTML Embed Code: