Telegram Web Link
⚡️ПРОЕКТ MNEF ВНОВЬ ПРИГЛАШАЕТ НА ПРОГРАММЫ ОБУЧЕНИЯ (ТРЕНИНГА) В УНИВЕРСИТЕТЕ ËНСЕЙ (КОРЕЯ)

MNEF — это проект по расширению возможностей образования и научных исследований для Ташкентского педиатрического медицинского института (ТашПМИ).

Это программа-приглашение для обучения призванная предоставить возможности для расширения медико-педагогического потенциала и укрепления исследовательских возможностей профессоров и научных сотрудников путем обмена уникальным опытом и навыками, приобретенными в системе здравоохранения Университета Ëнсей, с ТашПМИ.

В 2024 году в рамках этого проекта будут отобраны 4 стажера из сферы медицинских исследований:

- 2 стажера со степенью магистра или выше - на долгосрочный период (6 месяцев) - Тренинг для новых исследователей;

- 2 стажера со степенью кандидата наук (PhD) или выше - на короткосрочный период (3 месяца) – Тренинг «Расширение исследовательских возможностей».
Период повторной подачи заявок: 14 мая – 24 мая 2024 года!

Подача документов:
1) Заявки должны быть отправлены по электронной почте ([email protected])

2) Заголовок письма должен быть таким: "2024 MNEF Invitational Training_application_NAME OF APPLY COURSE_YOUR NAME".

3) Крайний срок: 24 мая 2024 года

Подробная информация о программах обучения (тренингах) и форма для подачи заявки представлены в файлах ниже.

Руководство Ташкентского педиатрического медицинского института,
Отдел подготовки научно-педагогических кадров
и центр поддержки исследований

_

⚡️MNEF LOYIHASI KOREYANING YONSEI UNIVERSITETIDA O'QUV DASTURLARI (TRENING)GA TAKLIF ETADI

MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.

Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.
2024-yilda ushbu loyiha doirasida tibbiy tadqiqotlar sohasidan 4 nafar stayor tanlanadi:

2 nafar stajor (magistr yoki undan yuqori bo'lgan darajaga ega) - uzoq muddatga (6 oy) - yangi tadqiqotchilar uchun trening;

2 stajor (fan nomzodi (PhD) yoki undan yuqori darajaga ega) – qisqa muddatga (3 oy) - "Tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish" treningi.

Ariza qayta topshirish muddati: 2024 - yil 14 maydan 24 maygacha!

Ariza berish:

1) Arizalar elektron pochta orqali yuborilishi kerak ([email protected])

2) Xatning sarlavhasi quyidagicha bo'lishi kerak: "2024 NET Invitational Training_application_NAME of APPLY COURSE_YOUR NAME".

3) Oxirgi muddat: 2024-yil 24 - may

O‘quv dasturlari (treninglar) haqida batafsil ma'lumot va ariza berish shakli quyidagi faylda keltirilgan.

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ma’muriyati,
Ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
va tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash markazi

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press 🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️SLOVAKIYADA O’QISH UCHUN STIPENDIYA DASTURI E’LON QILINDI

Slovakiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2024-2025 oʻquv yilida Slovakiyaning davlat oliy oʻquv yurtlarida xorijiy talabalarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlovchi Stipendiyalar dasturini e’lon qiladi.

Stipendiya Slovakiya universitetlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida o’qish uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Stipendiya dasturning oylik stipendiyasi;
– Universitetning oylik stipendiyasi;
– Universitetda o'qish boshlangandan so'ng bir martalik stipendiya;
– Universitetda o'qishni tugatgandan so'ng bir martalik stipendiya beriladi.

Stipendiya dasturining yo’nalishlari:
* Fizika; 1160
* Kimyo; 1420
* Kimyo muhandisligi va texnologiyasi; 2820
* Kompyuter fanlari; 2508
* Kibernetika; 2647
* O'rmon xo'jaligi; 4219
* Matematika; 1113
* Qishloq xo'jaligi va landshaft; 4190
* Oziq-ovqat fanlari; 2940
* Qurilish muhandisligi; 3659
* Mashinasozlik; 2381
* Veterinariya tibbiyoti; 4318
* Tibbiyot; 5141
* Sog'liqni saqlash fanlari; 5618
* Stomatologiya, Stomatologik tibbiyot; 5166

* Yer resurslarini qazib olish va qayta ishlash; 2118

Arizalar 2024-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
http://www.vladnestipendia.sk/

Stipediyaga topshirish qoidalari:
https://www.minedu.sk/scholarships-of-the-government-of-the-slovak-republic/

Ushbu dasturga Slovakiyada taʼlim olishga qiziqishi mavjud boʻlgan abituryent va talabalar topshirishi mumkin.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from ToshPTI Yoshlar ittifoqi kanali (Ёркинжон Umarov)
TOSHPTIDA "15-MAY - XALQARO OILA KUNI" MUNOSABATI BILAN "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI TASHKIL ETILDI

2024-yil 13-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "15-may - Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Qizlar haftaligi" dasturi asosida talaba-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

O'yinda instutning faol talaba-qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblar va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Tadbir so'nggida har bir jamoalar  esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from ToshPTI Yoshlar ittifoqi kanali (Ёркинжон Umarov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Студентка Педиатрического университета Диёра Ачилова - лауреат премии «Горячее сердце»

Студентка 5-го курса Педиатрического университета Диёра Ачилова удостоена нагрудного знака Всероссийской общественно-государственной инициативы «Горячее сердце».

Как отметили организаторы, будущий врач активно участвовала в волонтёрских акциях по сбору одежды для детей и подростков, проводила арт-терапию детям, находящимся на лечении в больнице, помогала детям-сиротам и матерям-одиночкам.

Подробнее
⚡️BUGUN TOSHPTIDA "QVZ" KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TADI

Bugun - 2024 yil 22 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Talabalar bahori - 2024" festivali doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi institut bosqichining FINALI bo‘lib o‘tadi.

O'tkazilish joyi: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ichki hovlisi

O'tkazilish vaqti: 10:00

Tanlovda institutning institutimiz fakultetlarining quyidagi jamoalari o‘z hazillari bilan chiqishlari va aktyorlik mahoratlari orqali bellashadilar:
- 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining "Skalpel" jamoasi;
- 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining "Shu guruh" jamoasi;
- Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining "Vagus" jamoasi.

O'z fakultetingiz jamoansini qo'llab-quvvatlashga keling!

Tanlov g‘oliblari pul mukofoti bilan munosib taqdirlanadilar.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTIDA PEDIATRIYA BO‘YICHA KONGRESS BO‘LIB O‘TADI

2024-yil 24-25 may kundari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida "Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari" deb nomlangan bolalar shifokorlarining II-chi ilmiy-amaliy Kongressi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu Kongress amaliy pediatriyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo'lib, turli bolalar amaliyotidagi soha mutaxassislari–pediatrlar, anesteziologlar, reanimatologlar, endokrinologlar, gastroenterologlar, nefrologlar, ginekologlar, neonatologlar, yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislar, kardiologlar, nevrologlar, jarrohlar, urologlar, onkologlar, nur diagnostika bo'yicha, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tashkilotchilari va xorijiy olimlar hamda yetakchi mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish va muloqotni amalga oshirishga yordam beradi.

Kongressning maqsadi - O'zbekiston Respublikasining barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalar pediatrlari tomonidan pediatriyaning turli sohalarida tibbiy bilimlarini kengaytirish, og‘ir bemorlarni klinik tahlil bilan pediatriyaning barcha yo'nalishlarida diagnostika va davolash standartlarini muhokama qilish orqali korsatilayotgan tibbiy yordam sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish.

Kogressning ilmiy dasturiga muvofiq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama etilishi rejalashtirilgan:
• Bolalardagi kritik holatlarda erta tashxislash va intensiv davolashga zamonaviy yondashuvlar
• Intensiv davolash va anesteziyadagi texnologiyalar
• Infeksiya va sepsis
• Bolalarni kritik holatlarda nutritiv qo'llash
• Pediatriyada intensiv davolash va anesteziologik ta’minot
• O'rta tibbiy xodimlar nuqtai nazaridan reanimasion bemorlarini monitoring qilish tizimi
• Bolalarda operatsiyadan oldingi davrni boshqarishga zamonaviy yo'ndashuvlar
• Bolalarda sun’iy qon ayĭlanishi bilan yurak jarrohligi paytidagi anesteziya
• Ambulator pediatriya. Diagnostika va davolash standartlari.
• Bolalar gematologiyasining dolzarb masalalari.
• Bolalar kardiologiyasi: erta tashxis qo'yish va davolash standartlari.
• Bolalarni davolash diagnostikasi va monitoringida ultratovushning roli
• Pediatriyaning turli sohalaridagi klinik holatlar.

Kongress formati: gibrid (shaxsan + onlayn translyatsiya)

Kongress tillari: o'zbek, rus, ingliz.

O‘tkaziladigan sana: 2024-yil 24 -25-may

O‘tkaziladigan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bolalar milliy tibbiyot markazi

Kongress tashkilotchilari: O'zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Bolalar milliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Anesteziolog-reanimatologlar va pediatrlar uyushmalari

Kongress ishtirokchilarini sertifikatlash rejalashtirilgan.

Kongress dasturi ilova qilinadi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
2024/09/28 18:16:18
Back to Top
HTML Embed Code: