Telegram Web Link
TOSHPTIDA YUNUSOBOD TUMANI MAHALLARIDA ISTIQOMAT QILUVCHI FAXRIYLAR TAQDIRLADNI

2024-yil 7-may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda “Xotira abadiy – Qadr muqaddas!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli vatandoshlarimiz, urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylar xotirasi yod etildi va bugun umrguzaronlik qilayotgan faxriylarning mehnati e’tirof etildi.

Bayramona ruhda o'tgan tadbirda institutga biriktirilgan “Uvaysiy”, “Yurtobod”, “Shoshtepa”, “Bobodehqon” va “Sevinch” mahallalaridan taklif etilgan faxriylarga institutning esdalik sovg‘alari ulashildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
⚡️TOSHPTI “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O'zbek tili va adabiyoti, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, “Madaniyat va sanʼat fidokori” va “Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishonlari sohibasi, shoira, publitsist, dramaturg, kinossenarist va tarjimon Kavsar Turdiyeva ishtirokida adabiy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Adabiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega loyiha davomida talabalarga Kavsar Turdiyeva tomonidan o‘zaro do‘stlik, vatanparvarlik, kattalarga hurmat tuyg‘ularini tarannum etuvchi badiiy she’rlar o‘qib berildi, ustozning mazmunli hayot yo‘li va ijodiy faoliyati to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Adabiy-ma’rifiy kayfiyatda o‘tkazilgan loyiha mobaynida faol ishtirok etgan talabalarni ustoz Kavsar Turdiyeva kitoblar sovg‘a qildi. Badiiy adabiyotga, she’riyatda ishtiyoqi baland talabalar bilan muloqot qilib o‘zgacha taassurotlar olishdi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#YANGILIK

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари уруш фахрийлари билан самимий мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nozima Xaytmatova - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bitiruvchisi, "Islom Karimov" nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, Xalqaro ko’rik-tanlovlar g’olibi.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
TOSHPTIDA JASORAT TARIXI DARSLARI O'TKAZILDI

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedralarida professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari va tyutorlar tomonidan "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" mavzusida jasorat tarixi darslari tashkil etildi

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press
2024/11/15 17:15:59
Back to Top
HTML Embed Code: