Telegram Web Link
#qulaylik

⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi

🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi (rasmda ko‘rsatilgan).

Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?

◀️O‘zMU sayyor kassasi;
◀️TDAU sayyor kassasi;
◀️TDIU sayyor kassasi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_talabasi2024 #yil_o‘quvchisi2024

🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2024-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari e’lon qilindi.

❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 24-25-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2025-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).

☑️Tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fransuzlar olqishlagan o‘zbek o‘g‘loni Abduqodir Husanov

⚽️ Fransiyaning “Lans” klubida o‘ynayotgan, hamyurtimiz Abduqodir Husanov kecha kimsan, Paris Saint-Germain jamoasi darvozasiga gol urdi (lekin assist hisoblandi). Uni butun stadion ismini aytib olqishladi.

👏 Eng quvonarlisi, usha stadionda uning otasi ham bor edi (videoning oxiridagi inson). Usha otaga va faxrlanishga arziydigan o‘g‘ilga havas qilganlar qancha, to‘g‘rimi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Bu ikkita videoga nima deysizlar (oxirigacha ko‘ring)?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ertadan qishki ta’til ham boshlanar ekan, o‘zi kanikuldan 1 kun oldin talabalar kelishib olib darsga bormasdi, sizlarda qanday bo‘ldi? Kimdir darsga bordimi?

😅 Keyin adashib ertaga ham darsga boradigan talabalar bo‘lardi, shunaqa holatlar bo‘lganmi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil – bu hammasini boshlash uchun, yangi muvaffaqiyatlar sari ilk qadamni qo‘yish uchun imkoniyat.

Kelasi yildan kitob o‘qishni boshlayman, kelasi yildan zararli odatlarimni tashlayman, kelasi yilda vaqtimni faqat foydali narsalarga sarflayman deganlar uchun bugun yilning ilk kuni boshlandi. Hammamiz 2025-yilni eng esda qolarli yil bo‘lishiga harakat qilaylik. Oldimizga aniq maqsad qo‘yib, unga erishish uchun reja asosida ishlaylik. Bizga berilgan 365 kunning har biri shu o‘ylagan maqsadimiz cho‘qqisi sari olib boradigan zinapoyaning qadamlari bo‘lsin. Men maqsadlarimni qo‘yib oldim, siz-chi, o‘zingizni, o‘tgan 1 yilingizni tahlil qilib, yangi rejalaringizni tuzib oldingizmi?

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba-yoshlar
Yangi loyihaga ilk qadam qo‘yildi va o‘ylaymanki kanalim kuzatuvchilari orasida men izlagan zo‘rlaridan zo‘ri bo‘lgan yoshlar bor.

So‘rovnomani to‘ldiring va O‘zbekistonda ilk marta o‘tkaziladigan loyihaning spikerlaridan biriga aylaning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Izzatxo‘ja | Blog
Bugun yutuqli viktorina!

Ushbu loyihada turli mantiqiy savollar, qiziqarli jumboqlar, ajoyib shartlar, kimo‘zar o‘yinlar bo‘lib o‘tadi va har bir g‘olibga va’da qilingan pul yoki sovg‘a taqdim etiladi. Eng asosiysi, bu o‘yinda g‘olib bo‘lish uchun bilim, tezkorlik bilan bir qatorda omad ham juda kerak.

🗣Loyiha soat 20:00 da @izzatxoja_asomiddinov kanalida bo‘lib o‘tadi!

E’lonni yaqinlaringizga ulashing va ushbu postga reaksiya qoldiring.

➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
➡️ Yutuqli viktorinada qatnashish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VAKANSIYA 330 000+.xlsx
36.4 MB
Respublika bo'ylab 300.000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari ro'yxati.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haftani yaxshi kayfiyatda boshlaymiz!

👍Qaysi OTM talabalarining ijrosi bilmadimku, lekin menga juda yoqdi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Talabalar uchun yakuniy imtihonlarga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar

Qishki ta’til ham poyoniga yetib, yakuniy imtihonlarga sanoqli kunlar qolmoqda. Imtihonlarga tayyorlanish talabalar uchun juda muhim jarayon. Imtihonda o‘zingiz kutgan yaxshi natijani olish uchun quyidagi tasviyalarga amal qiling:

☑️Imtihonlarga tayyorlanishdan oldin aniq reja tuzing. Har bir fan uchun kunlik yoki haftalik dastur tuzib, o‘z vaqtida barcha mavzularni o‘rganib chiqishga harakat qilish kerak.

☑️Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsani o‘rganishga urinmang. O‘quv materiallarini kichik qismlarga bo‘lib o‘rganish samaraliroq bo‘ladi.

☑️O‘qigan narsalarni tez-tez takrorlab turish muhim. Har bir mavzudan so‘ng qisqa qaydlar yozish va ularni qayta o‘qish yodda saqlashni osonlashtiradi.

☑️Nazariy bilimlarni amaliy mashqlar bilan mustahkamlash juda foydali. Boshqa talabalar bilan guruh bo‘lib ishlash yoki eski imtihon savollarini yechish ham yordam beradi.

☑️Uzun va samarali o‘qish vaqtida tanani to‘liq tiklash zarur. Dam olish va yaxshi uyqu imtihonlarda yaxshi natijalarga erishish uchun kerak. Kechasi o‘qishdan ko‘ra, ertalab yoki kun davomida o‘qish ko‘proq foyda beradi.

☑️Imtihonlar oldidan stressni boshqarish muhim. Yuqori kayfiyatni ushlab turishga harakat qiling. Yaxshi ruhiy holat imtihonlar paytida konsentratsiyani yaxshilaydi.

☑️O‘qish jarayonida yaxshi ovqatlanishga e’tiborli bo‘ling. To‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faoliyat energiya beradi va diqqatni jamlashni osonlashtiradi.

☑️O‘qituvchilardan yordam so‘rash, qo‘shimcha darslar yoki onlayn resurslardan foydalanish ham imtihonlarga tayyorlanishda samarali bo‘ladi.

☑️O‘zingizga ishonch hosil qilish va topshiriqlarga ijobiy yondashishga, salbiy fikrlardan qochib, bor imkoniyatlarni ko‘rishga harakat qiling.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

➡️Batafsil nizomni ko‘rish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
taqiq.pdf
2.7 MB
📌 Oʻzbekistonda taqiqlangan manbaa va kontentlarning yangilangan roʻyxati e'lon qilindi

🇺🇿 Oliy sud tomonidan 2025-yil 8-yanvar holatiga, internet tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʼlon qilindi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/08 22:04:08
Back to Top
HTML Embed Code: