Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haftani yaxshi kayfiyatda boshlaymiz!

👍Qaysi OTM talabalarining ijrosi bilmadimku, lekin menga juda yoqdi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Talabalar uchun yakuniy imtihonlarga tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar

Qishki ta’til ham poyoniga yetib, yakuniy imtihonlarga sanoqli kunlar qolmoqda. Imtihonlarga tayyorlanish talabalar uchun juda muhim jarayon. Imtihonda o‘zingiz kutgan yaxshi natijani olish uchun quyidagi tasviyalarga amal qiling:

☑️Imtihonlarga tayyorlanishdan oldin aniq reja tuzing. Har bir fan uchun kunlik yoki haftalik dastur tuzib, o‘z vaqtida barcha mavzularni o‘rganib chiqishga harakat qilish kerak.

☑️Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p narsani o‘rganishga urinmang. O‘quv materiallarini kichik qismlarga bo‘lib o‘rganish samaraliroq bo‘ladi.

☑️O‘qigan narsalarni tez-tez takrorlab turish muhim. Har bir mavzudan so‘ng qisqa qaydlar yozish va ularni qayta o‘qish yodda saqlashni osonlashtiradi.

☑️Nazariy bilimlarni amaliy mashqlar bilan mustahkamlash juda foydali. Boshqa talabalar bilan guruh bo‘lib ishlash yoki eski imtihon savollarini yechish ham yordam beradi.

☑️Uzun va samarali o‘qish vaqtida tanani to‘liq tiklash zarur. Dam olish va yaxshi uyqu imtihonlarda yaxshi natijalarga erishish uchun kerak. Kechasi o‘qishdan ko‘ra, ertalab yoki kun davomida o‘qish ko‘proq foyda beradi.

☑️Imtihonlar oldidan stressni boshqarish muhim. Yuqori kayfiyatni ushlab turishga harakat qiling. Yaxshi ruhiy holat imtihonlar paytida konsentratsiyani yaxshilaydi.

☑️O‘qish jarayonida yaxshi ovqatlanishga e’tiborli bo‘ling. To‘g‘ri ovqatlanish va muntazam jismoniy faoliyat energiya beradi va diqqatni jamlashni osonlashtiradi.

☑️O‘qituvchilardan yordam so‘rash, qo‘shimcha darslar yoki onlayn resurslardan foydalanish ham imtihonlarga tayyorlanishda samarali bo‘ladi.

☑️O‘zingizga ishonch hosil qilish va topshiriqlarga ijobiy yondashishga, salbiy fikrlardan qochib, bor imkoniyatlarni ko‘rishga harakat qiling.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

Hujjatlar joriy yilning 1-martiga qadar Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

➡️Batafsil nizomni ko‘rish

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
taqiq.pdf
2.7 MB
📌 Oʻzbekistonda taqiqlangan manbaa va kontentlarning yangilangan roʻyxati e'lon qilindi

🇺🇿 Oliy sud tomonidan 2025-yil 8-yanvar holatiga, internet tarmogʻidagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) roʻyxati eʼlon qilindi.

TalabaYoshlarUlashing va obuna bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/08 22:12:57
Back to Top
HTML Embed Code: