– O‘qish yetarli emas, uqish kerak;
– Istash yetarli emas, bajarish kerak.

© Bryus Li
Doim energiya taqsimotida muammoga ega bo'lganman.

Bo'sh vaqtim ko'p bo'ladi, lekin na bu kanalga yozaman, na boshqa foydali ish qilaman.

Energiyamni keraksiz ishlarga sarflamayman, lekin baribir kanalga yozmayotganim, yangi til va birorta zamonaviy kasb o‘rganmayotganimga asabiylashib ketaman.

Bunaqa paytda, ayniqsa, yakshanba kuni mazza qilib kuladigan shou, stendap yoki nimadir ko‘rvorish kerak. Chunki kayfiyat siz qilayotgan ishga ta'sirini o'tkazadi.

O'zbek stendapida (balki dunyoda ham) bunaqasini ko'rmagansiz yoki kam ko'rasiz. Harqalay men uchun birinchisi bo'ldi. Qiziq yo'nalish — "Tarixiy stendap"

To'g'risi, bir hafta oldin bevosita zaldan ko'rishga borolmaganimga afsuslandim. Zo'r chiqibdi.

Ayniqsa, oxirgi dolzarb mavzulardan biri — InBazar haqida ham qiyqiriq hazil qilishibdi.

O'zbek stendapida Mirshakar Fayzulloyev va uning hamtovoqlari) hukmronligi davrida EKG jamoasining yashab qolishi, keyingi konsertlari uchun motivatsiya olishi va bunaqa saviyali yumorga boy loyihalar davomli bo‘lishi uchun YouTube kanallariga obuna bo'ling, layk bosing, sharh yozing va mana shu postni tarqatib yuboring.

Bundan sizga foyda yo'qdir lekin kimgadir bor. Kimningdir foydasi uchun harakat qilish esa insoniylik belgisi)

Mazza qiling: https://youtu.be/gVQ7EcpG-fQ?si=bGK5LP_4VuUh0DJu
Milliy kreativlik namunasi 😁

Izoh sizdan

@soliyev
Rasmdagi holat to'g'risidagi xabarlarni o'qib hayron bo'lyapman. Bu Germaniyadagi "Signal Iduna Park" stadionidagi holat.

Kecha ushbu stadionda mezbonlar "Borussiya" Dortmund Shotlandiyaning "Seltik" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Muxlislar esa rasmda ko'rib turganingizdek "UEFA MAFIYA, siz sport haqida qayg’urmaysiz — sizni faqat pul qiziqtiradi!" mazmunidagi yozuvni ko'rsatishgan.

Post boshida aytganimdek, bunga hayron bo'ldim. Muxlislarning bunaqa siyosiy, norozi, tanqidiy ruhdagi bannerlar ko'tarishiga nazoratchilar jim qarab turgani g'alati.

"Nima qivossan, yig'ishtir karamsho'rvangni" demadimikan? Hech bo'lmasa yaxshi muomala bilan "Akalar, tinchgina futbolni ko'ringlar, nima qilasizlar siyosatga aralashib" deydigan melisa topilmadimikan?

Bu Ovro'po, G'arb deganlari ja qiziq joylarda...

Tasavvur qiling, Dortmunddan qolishmaydigan o'zimizni Andijon muxlislari O‘FA, PFL yoki OFK haqida shunaqa banner ko'tarib chiqishsa...
Har qanday farzand uchun eng kuchli erkak uning otasi, eng go‘zal ayol esa onasi bo‘ladi.

Jurnalistika darg'alaridan biri, ustoz Qahramon aka Aslanov bugun X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga shu ekran suratlarini joyladi.

Aytilishicha, bu Qahramon akaning tug‘ilgan kunlariga tabrik sifatida qizlaridan kelgan xabar ekan.

O‘qiyotib negadir etib jimirladi. Bir hamkasbim yozganidek, qalami o‘tkir otaning qizi ham o‘z fikrlarini chiroyli ifoda etibdi.

Biz shundaymiz — yaxshi ko'rgan insonlarimiz bilan maroqli suhbat qurish uchun ular qiziqadigan filmlarni tomosha qilamiz, ular o'qigan kitoblarni o'qiymiz, ular tinglagan musiqani eshitamiz.

Alaloqibat, biz o'sha insonning "kloniga" aylanamiz. U kabi fikrlab, u kabi o'tirib, yurib, so'zlaymiz.

Farzandga esa otangga o'xshabsan, onangga o'xshabsan degan ta'rifdan ortiqroq maqtov yo'q...

Otalarimiz, onalarimiz doim salomat bo‘lishsin!

@soliyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men doim harakat qilganman...

Dadam san’atkor bo‘lishimni xohlaganlar. Shuning uchun 5 yil musiqa maktabida o‘qidim (2010—2015). Lekin mendan musiqachi yoki xonanda chiqmadi. O‘zim ham xohlaganman, harakat qilganman, lekin rizqim bu sohada emas ekan.

Davlat organida ishlash xohishi paydo bo‘lgan. Ayrim o‘qituvchilarimning qarshiliklariga qaramay Yuridik kollejda o‘qidim. Uch yil davomida qonun nima, jinoyat nima, sudda qanday jarayon bo‘ladi, prokuror nima ish qiladi va hokazo huquqiy bilimlarni o‘rgandim (2016—2019). Lekin mendan yurist chiqmadi. Xohishim o‘zgardi. Chunki taqdirimda yuristlik yozilmagan chog‘i. Harakat qildim, intildim, lekin baribir boshqa yo‘ldan ketdim.

Dasturchilikka qiziqdim. Java dasturlash tilidan dastlabki darslarni o‘qidim (2019). Lekin dasturchi bo‘lmadim. Harakatim, xohishim kamlik qildi. Menda dasturchilik uchun qobiliyat yo‘q edi.

Tarjimon bo‘laman dedim. Oliy o‘quv yurtida ingliz tili tarjimonligi uchun o‘qidim (2020—2024). Lekin hali tarjimon sifatida nimadir ish qilmadim. Mayda maqolalarning tarjimasidan bo‘lak ko‘rsata oladigan ishim yo‘q. Harakat qildim, qilyapman, lekin bu sohada nimagadir erishmadim.

Jurnalistikaga qiziqdim. Yozish yoqardi. Yaxshi yozishga harakat qildim. Hech qayerda o‘qimadim. To‘qson foiz bilimni yo kimdandir, qayerdandir ko‘rib yoki o‘zimcha sinab ko‘rib o‘rgandim. Juda qattiq bo‘lmasa ham, harakat qildim. Hozir shu sohada rizqimni topyapman.

Albatta, niyat xolis bo‘lsa O‘zi yetkazadi. Harakat qilinsa bas. Lekin doim ham bunday bo‘lavermaydi. Chunki inson o‘zligini topishi kerak. Aynan uning qonida, qalbida, ruhida, taqdirida bor bo‘lgan sohaga qadam qo‘ysa, shundan yaxshi rizq keladi.

Harakat yetarli emas. Men o‘n yil kinoda rol o‘ynashga, qo‘shiq aytishga harakat qilishim mumkin. Lekin bu jarayon umrimning oxirigacha davom etsa ham, qo‘lidan hech ish kelmaydigan, "bir tiyinga qimmat" aktyor yoki xonanda bo‘laman xolos.

Lekin rizqim qo‘shilgan, o‘zim chin qalbdan qiziqqan, potensialim bor sohada harakat qilsam, natijaga erishaman. Chunki Yaratgan menga shu soha uchun salohiyat bergan.

Xulosa shu: niyat qiling, harakat qiling, agar shu soha taqdiringiz bo‘lsa, rizqingiz kechikmaydi. Hammaning iste’dodi bor. Faqat zo‘r she’r yozadigan odam iste’dodini ovqat pishirishga sarflamasligi kerak.

@soliyev
Isteʼdodni muvaffaqiyatga aylantiradigan narsa — xarakter!

Atrofimizda turli qobiliyatga ega insonlarni koʻramiz: kimdir yaxshi boshqaruvchi, kimdir oson oʻrganuvchi, kimdir boshqalarda uchramaydigan ustunliklarga ega. Lekin bir narsani unutmaslik kerak: isteʼdod — xaraktersiz bir tiyinga ham arzimaydi.

Isteʼdod — faqat yoʻlning boshi
Tabiiy isteʼdod insonga yaxshi start beradi, lekin u yoʻlning faqat boshlangʻich nuqtasi. Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun xarakter va ijobiy ishtiyoq kerak. Tartibli ishlash, sabr va mehnatsiz hatto eng isteʼdodli inson ham oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqara olmaydi.

Xarakter nimani anglatadi?
Xarakter — bu:
• Maqsad sari qatʼiylik bilan harakat qilish.
• Ishlash va oʻrganish jarayonida tinimsiz mehnat qilish.
• Turli darajadagi muvaffaqiyatsizliklarga qarshi kurashish.
• Intizom va masʼuliyatni his qilish.

Xarakterli inson qiyin pallalarda ham oʻzini yoʻqotmaydi, yaqinlari, oilasi, doʻstlari va jamoasi uchun hamma narsani qiladi.

Hayotda haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun isteʼdod yetarli emas. Xaraktersiz inson — hayotda oʻzini yoʻqotadi. Agar siz haqiqiy muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, nafaqat isteʼdodni, balki xarakteringizni ham rivojlantiring!

Bolalar futboli murabbiyining futbol haqidagi postidan olinib, oʻzgartirishlar kiritildi.

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘rganish oson, o‘rgatish qiyin

Ingliz tilini o‘rganib yurgan vaqtlarimda ustozlarim va ayrim tanishlarim tilni o‘rganishning eng samarali usuli bilganlaringni kimgadir o‘rgatish ekanini aytishardi.

Bunga shubha qilmaganman, lekin deyarli amalda sinab ham ko‘rmaganman.

Hozir jurnalistika bo‘yicha ishlayman. Bu sohada bir qancha ustozlarim bor. Har biridan nimanidir o‘rganganman.

Taqdir taqozosi bilan endi shu sohada kimlargadir bilganlarimni o‘rgatishga to‘g‘ri kelib qoldi. Bir necha kishiga bilganimcha o‘rgatdim, kimgadir hozir o‘rgatyapman.

Shu jarayonda anglaganim shu bo‘ldi — o‘rgatish o‘rganishdan ko‘ra qiyinroq.

Shaxsiy xulosamga ko‘ra, biz o‘rganish jarayonida ustozimiz bergan bilimni istaganimizcha o‘rganamiz. Xohlasak hammasini, xohlasak bir qismini va hokazo.

O‘rgatuvchi esa o‘zida bor hamma bilimni ulashsa ham, o‘rganuvchi uni qabul qila olmasligi, buni xohlamasligi yoki qo‘lidan kelmasligi mumkin. Va bu o‘rgatuvchini ancha qiynaydi.

Shuning uchun ustozlarga nisbatan oldingi yuksak hurmatim yanada mustahkamlanyapti. Har bir ustozga tom ma'noda haykal qo‘yilsa arziydi.

Yozganlarim erish tuyulsa, sizning sohangizdan umuman yiroqda bo‘lgan insonni yoningizga olib bir hafta o‘z bilimlaringizni o‘rgatib ko‘ring.

Keyin shu post ostiga "To‘g‘ri aytgan ekansan" deb yozib ketishingizga imonim komil)

@soliyev
Bugun kichik bir bayram. Bu kanalni endi boshlagan vaqtimiz umid bor edi, lekin 2 yildan kamroq vaqtda 100 ming obunachiga ega bo'lasan deyishsa ishonmasdim.

Hozircha aytishga arzigulik foyda topmadik. Lekin yuqorida aytganimdek, umid bor.

Kim bilsin, bu kanal haqidagi keyingi postimda "kimdir shu kanal ortidan «pochkalab» $ topasan desa ishonmasdim, hozir erishdim" deb yozarman.

Aybga buyurmaysiz, tunda xayolparastlik darajam sal oshib ketadi)

Mayli, nima bo‘lsayam xayrli bo‘lsin. Biz shunga rozimiz.

Mabodo haliyam obuna bo‘lmaganlar bo‘lsa, mana bu havola orqali kirib "podpiska" bo'lib qo'ying. Sizdan deyarli hech narsa ketmaydi. Jamoa esa cheksiz xursand bo'ladi.

Sog‘ bo‘laslar...
Hozir biz 2000-yilga nisbatan 2050-yilga yaqinroqmiz. Umr qanchalik tez o'tayotganini shundan tasavvur qilavering...
Tarix davomida korrupsiya va sifatsiz ta’lim tizimiga ega bo‘lgan hukumatlar birdamlik tuyg‘usini yaratish uchun ko‘pincha milliy ramzlardan foydalanishgan.

Sobiq Sovet Ittifoqining oxirgi yillarida keng tarqalgan korrupsiya, barbod bo‘lgan ta’lim tizimi va ommaviy immigratsiya sababli ko‘plab yoshlar umidsizlikka tushib qoladi. Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, hukumat milliy libosni targ‘ib qilish kabi chora-tadbirlar orqali milliy o‘ziga xoslikka intiladi. Biroq, bu metod ko‘pincha teskari natija beradi, chunki odamlar buni dolzarbroq muammolardan chalg‘itishga urinish deb bilishgan.

Bugungi kunda shunga o‘xshash tendensiyalar ba’zi mamlakatlarda ham kuzatilmoqda, fuqarolar esa iqtisodiy va ta’lim sohasidagi muammolar bilan kurashishmoqda.

© Azamat Akbar

@soliyev
Xizmatchiga qobiliyatidan past maosh tayinlash yoki ishchiga mahoratiga yarasha haq bermaslik dindan emasdir! Garchi bu ikki tomonning qat’iy kelishuvi asosida yuzaga kelgan bo‘lsa ham. Chunki nochorning xohishida hurriyat tanqis bo‘ladi. Uning zohiriy roziligi, boshqa yo‘li bo‘lmagan muhtojning itoatidir.

Beriladigan maosh qilingan mehnatga yarasha bo‘lishi vojib. Alloh taolo: "Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzg‘unchiliklar qilmanglar", deydi. (Shuaro surasi, 183).

Shayx Muhammad Gʻazzoliy
Al-Azhar universiteti, Misr
(1917-1996)

@soliyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/04/08 04:31:02
Back to Top
HTML Embed Code: