Telegram Web Link
Sayyor qabul

Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, xalq qabulxonasi Shahrisabz shahar bo‘limi mudiri Nizom G‘afurov, sektor rahbarlari, ishchi guruhi a’zolari ishtirok etgan sayyor qabulda murojaatchilar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarini bildirishdi.

Shahrimizdagi Namaton, Fayzobod, Zargarlik, Do‘stlik, Kesh, Zingiron va boshqa mahallalardan kelgan fuqarolarning murojaatlarini shahar hokimi, sektor rahbarlari, ishchi guruhi a’zolari eshitib,oddiy muammolarni shu yerning o‘zida tegishliligi bo‘yicha yechimini topishdi. Bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat, moddiy yordam, kredit ajratish nafaqa tayinlash, kommunal masalalar gaz, svet, suv bo‘yicha qilingan murakkab murojaatlar ro‘yxatga olinib,qonun talablari asosida hal qilib berish vazifasi mas’ullarga yuklatildi.
#Таълим

Қонунчиликка кўра, иши юқори даражадаги руҳий, ақлий ва асабий зўриқиш билан боғлиқ бўлган, яъни алоҳида хусусиятга эга бўлган тиббиёт ходимлари, педагоглар ва бошқа тоифадаги ходимлар учун иш вақтининг давомийлиги ҳафтасига кўпи билан 36 соат қилиб белгиланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak yulduzlari uchun ajoyib imkoniyat!

Renessans-7 School xususiy maktabi tomonidan o'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, o'z bilimlarini xalqaro mezon va standartlarga muvofiqligini tekshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 4-10-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika va ingliz tili fanlaridan "Shahar hokimi olimpiadasi" o'tkaziladi.

28-sentabr kuni soat 09:00 da Renessans-7 maktabida 4-10-sinf o'quvchilari uchun ingliz tili va matematika fanlaridan olimpiada o'tkaziladi! Ingliz tili va matematika bo'yicha olimpiada sizning qobiliyatingizni namoyish qilish va akademik yutuqlarga erishish uchun noyob imkoniyatdir! Siz shunchaki ishtirok etish bilan cheklanib qolmaysiz, balki yangi cho'qqilar sari yo'l olishingiz mumkin! Olimpiadada ishtirok etganlar munosib sovrinlar bilan taqdirlanadi.

G'oliblar esa Renessans-7 maktabiga o'qish huquqini qo'lga kiritishadi.

📞 958647007
📞 955617007

@Renessans_7maktab
Qashqadaryoda ilk bora start berilgan "Zamonaviy ustozlar" ko‘rik tanlovi g'oliblari taqdirlandi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Qarshi shahridagi "Sfera Educational Center" hamkorligida o‘tkazilgan "Zamonaviy ustozlar" ko‘rik tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev va o‘quv markazi rahbari Sh.Raxmatullayev ishtirok etdi.

Axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirokida jamoaviy formatda tashkil etilgan mazkur tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli o'rinlarni quyidagi jamoalar egalladi.

1-o'rinni Shahrisabz shahar jamoasi (Online Lab);
2-o'rinni Mirishkor tumani jamoasi (SimSim);
3-o'rinni Koson tumani jamoasi (Online market).


Ma'lumot uchun: Mazkur tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘lib, 1-shartda nazariy bilimlarni sinash uchun test shaklida, 2- shartda start up g'oyalarni yaratish, 3-shartda taqdimot.

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan jamoalar nominatsiyalar bo'yicha ham taqdirlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turizm sohasi vakillarini 27-sentabr – "Butunjahon turizm kuni" munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz!

Qadrli hamkasblar va turizm sohasi fidoiylari, Butunjahon turizm kunida barchangizga samarali faoliyat va kasbiy muvaffaqiyat tilaymiz! Soha rivojiga qo’shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildirgan holda, fayzli yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni oshib borishiga tilakdoshmiz.
🚔Targ‘ibot

Yo‘l qoidalarga amal qiling!

Vazirlar Mahkamasining 2022 yilning 26-apreldagi “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘Ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 212-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Shahrisabz shahridagi Temurbeklar maktabida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirida ishtirok etgan Shahrisabz shahar YHX bo‘limi boshlig‘i Farhod Yangiboyev va boshqalar pedagoglar va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida transportlarni to‘g‘ri boshqarish, uni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishda mas’uliyat hissini oshirish, yugurib o‘tmaslik bo‘yicha to‘liq tushuncha va ko‘rsatmalar berdi.
2024/11/16 02:04:13
Back to Top
HTML Embed Code: