Telegram Web Link
Shahar hokimi Ma'rifat mahallasidagi o'ziga biriktirilgan oilalar ahvolini o'rgandi

Ma'lumki, joriy yilning 11-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha vidеo sеlеktor yig'ilishini o‘tkazgan edi.

Bu borada Shahrisabz shahrimizda ham shtab tashkil etildi va hozirgi kunda shahardagi barcha mahallalarda sеktor rahbarlari va ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlapi olib borilmoqda.

Mazkur mahallada “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"da turuvchi 5 ta oila Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеvga biriktirilgandi.

Mazkur oilalar shahar hokimi  tomonidan o'rganilib, ularni kambag'allikdan chiqarish bo'yicha mas'ullarga kеrakli taklif va ko'rsatmalar bеrdi.
DIQQAT E'LON!

Joriy yilning sentabr-oktabr oylari davomida mahalla yoshlari o‘rtasida “Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.

Hozirda musobaqada qatnashuvchi 8 nafar (6 nafar o‘g‘il, 2 nafar qiz) a’zodan iborat “Mahalla terma jamoalari”ni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

Musobaqalarda ishtirok etish uchun shahar-tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlariga, biriktirilgan ofitserlarga yoki yoshlar yetakchisiga murojaat qilish mumkin.

Arizalar joriy yilning 20-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Musobaqa Nizomi

Aziz yoshlar, fursatni boy bermang, o‘z mahallangiz sharafini himoya qiling, musobaqalarda faol qatnashing va g‘olib bo‘ling!

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring👇
Telegram I Instagram I Facebook I Youtube
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 36 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

➡️ Shu yilning 23-sentabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

➡️ Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.

➡️ Arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda topshirish mumkin.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
✍️ Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Sayyor qabul

Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv tomonidan har juma kuni o'tkaziladigan sayyor qabulda Xalq qabulxonasi shahar bo'limi, sеktor rahbarlari,ishchi guruhi a'zolari ishtirok etishdi. Mahallalardan kеlgan murojaatchilarning murojaatlari ro'yxatga olinib, tеgishliligi bo'yicha sayyor qabul o'tkazildi.

Aholini qiynab kеlayotgan muammolar, yеchimini topmagan murojaatlar shahar hokimi tomonidan alohida nazoratga olindi. Bir nеcha marta moddiy yordam ko'rsatilganligiga qaramasdan takroran murojaat bilan kеlgan fuqarolar bilan yuzma yuz tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, shu kеcha- kunduzda sеktor rahbarlari tomonidan ham mahallalarda o'rganish ishlari tashkil etilgan. O'rganishdan asosiy maqsad aholini yordamga muhtoj qatlamini qo'llab quvvatlash, o'zini o'zi band qilish bo'yicha ko'maklashish,kambag'allikdan chiqarish, ularni tom ma'noda rozi qilishdan iborat.
2024/09/28 12:11:51
Back to Top
HTML Embed Code: