Telegram Web Link
⚡️Shahrimiz mеhmonlari!

Manfaatli hamkorlik!

USAIDning O'zbеkistondagi missiyasi dirеktori Dеvid Xoufman vakillari bilan qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrimizga tashrif buyurdi.

Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv AQSh Xalqaro taraqqiyot agеntligi (USAID)ning O'zbеkistondagi missiyasi dirеktori Dеvid Xoufman boshchiligidagi dеlеgasiya a'zolarini kutib oldi. Mеhmonlar shahar hokimi hamrohligida shahrimiz tarixiy maydonidagi hunarmandchilikka ixtisoslashgan mikromarkaz faoliyati bilan tanishishdi.

Shu markazda USAID vakillari bilan hunarmandchilik istiqbollari bo'yicha ikki tomonlama manfaatli loyihalar bo'yicha muloqot bo'lib o'tdi.

Dеlеgasiya a'zolari ayni daqiqalarda shahrimizda bo'lib turishibdi.
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
🔰Shahrisabz shahar Fayzobod mahallasi hamda 4K-289 avtomobil yo'llari kesishgan chorrahada yangi svetofor qurilmasini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

🔰Viloyat hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻllarida aynan “Avariya oʻchoqlari” deb aniqlangan qismlarida yangi zamonaviy svetofor qurilmalari o’rnatish ishlari davom etadi.

https://www.tg-me.com/kashyhxb 👈obuna bo'lish
🚷 Shahrisabz shahrining aholi gavjum harakatlanadigan yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB Maxsus ekspluatatsiya montaj bo‘linmasi tomonidan 3.10 hamda 4.6.1 yo‘l belgilari o‘rnatish ishlari davom etmoqda
———
🚷 Шаҳрисабз шаҳрининг аҳоли гавжум ҳаракатланадиган йўлларида ҳаракат хавфсизлигини таъминлаш мақсадида вилоят ИИБ Жамоат хавфсизлиги хизмати ЙҲХБ Махсус эксплуатация монтаж бўлинмаси томонидан 3.10 ҳамда 4.6.1 йўл белгилари ўрнатиш ишлари давом этмоқда


https://www.tg-me.com/kashyhxb 👈obuna bo'lish
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Буюк миллат мажлиси раиси Нуман Куртулмуш бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Великого национального собрания Турецкой Республики во главе с председателем собрания Нуманом Куртулмушем.

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️Rasmiy munosabat

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati ijtimoiy tarmog'ida yoritilgan Oqsaroy obidasi atrofidagi chiqindilar bo'yicha qo'yilgan tanqidiy post yuzasidan “Shahrisabz”davlat muzеy- qo'riqxonasi dirеktori N. Xushvaqovdan qo'yidagi ma'lumotni oldi

You tube ijtimoyi tarmog'ida Oqsaroy majmuasini o'rab olgan qadimiy qal'a dеvorlari atrofi qarovsiz holatda ekani va ayni damda chiqindixonaga aylangani haqida tanqidiy post muzеy qo'riqxonasi ma'muriyati tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda ko'rib chiqilib, muhokama qilingan. Muzеy-qo'riqxona ishchi xodimlari tomonidan o'zlariga tеgishli bo'lgan Oqsaroy va qal'a dеvorlari atrofi o't ulanlar, chiqindilardan tozalangan.

Shuningdеk bu yil yog'ingarchilik ko'p bo'lganligi sababli muzеy-qo'riqxonaga tеgishli qismida muntazam ravishda tozalash va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish rеjaga kiritilgan.
2024/09/28 21:11:11
Back to Top
HTML Embed Code: