Telegram Web Link
“O‘zbekiston - 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilshida strategiyani “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni hududdagi ijrosi yuzasidan tegishli viloyat hokimining o‘rinbosarlari hamda mutasaddi boshqarma va tashkilotlar rahbarlarining axboroti eshitilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, dasturga muvofiq bajarilishi belgilangan har bir vazifani o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash hamda bu borada samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
#DIQQAT_EʼLON
Hurmatli Shahrisabz shahar fuqarolari hamda tadbirkorlari
!

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Turon MFY aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 2024-yil 20-may kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz shahar filiali rahbari  boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: "Turon" MFY binosida

☎️ Murojaat uchun telefon:  99.702-24-83 https://www.tg-me.com/shahrisabz_shahar_hokimligi
📣 E'lon

🔵 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🌐 https://wcu.uz/oz/lists/view/676

👉 https://www.tg-me.com/qashoilavaxotinqizlar
#LIVE Nosozlik bartaraf etildi

Shahrisabz shahar Barhayot mahallasida yog'ingarchilik tufayli yig'ilib qolgan iflos suvlar Shahrisabz shahar favqulodda vaziyatlar bo'limi mutaxassislari va bir qator sohaga aloqador tashkilotlar tomonidan bartaraf etishga erishildi.
#ob_havo

20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.


ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 20 МАЯ


Сегодня днем без осадков, лишь в первой половине дня по Ташкентской, Джизакской, Сырдарьинской областям местами возможен дождь, гроза. Ветер 7-12 м/с, по северу возможно усиление до 15-20 м/с. Температура 22-27°.

В столице в первой половине возможен дождь, гроза. Ветер западный 5-10 м/с. Температура 22-24°.

По предгорным и горным районам временами дожди, местами сильный, грозы. Возможны селе-паводковые явления. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 15-20 м/с. Температура 10-15°.
#Tabrik

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz shahar filiali rahbari Yashin Ismoilov o'zining shukrona kunini nishonlamoqda.

Shahrisabz shahar hokimligi, sеktorlarning rahbarlari Yashin Ismoilovni tavallud topgan kuni bilan chin qalbdan samimiy tabriklab, u kishiga uzoq umr, sog'lik salomatlik, tinchlik va oilaviy baxt tilab qolishadi.
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, жисмоний шахслар ўз ҳуқуқларини ва қонуний манфаатларини бузаётган маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг, республика ижро этувчи ҳокимият органларининг, маъмурий-ҳуқуқий фаолиятни амалга оширишга ваколатли бўлган бошқа органларнинг, фуқаролар ўзини ўзи бошқариш органларининг, улар мансабдор шахсларининг қарорлари, ҳаракатлари (ҳаракатсизлиги) устидан судга мурожаат қилганда давлат божини тўлашдан озод қилиниши белгиланган.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
#haftalik_dayjest

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika institutida o'tkazilgan eng muhim tadbirlar hafta davomida (13 -18-05)

🔸 Institutda "Milliy qadriyatlar festivali" tashkil etildi.

🔹Oliy ta'limda korrupsiyaga o'rin yo'q.

🔸 "Hunarmandchilik - tadbirkorlik uchun qadam" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔹 Rektor mahalla yoshlari bilan uchrashdi. 

🔸
Pedagogika fakultetida sportning yugurish turi bo’yicha “DEKAN KUBOG’I” musobaqasi bo'lib o'tdi.

🔹 Institutda "Biz bir oilamiz" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔸
Magistrlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

🔹 Shahrisabz davlat pedagogika institutida Qashqadaryo viloyati hunarmandchilik boshqarmasi bilan hamkorlikda "Milliy qadriyatlar - millat ma'naviyating kuzgusi" mavzusida milliy hunarmandlik ko'rgazmasi tashkil etildi.

🔸 "Giyohvandlikka qarshi kurashish" mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔹 Institutda Shahrisabz shahar prokurori R.Xurramov bilan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

🔸
Taqiqlangan suv havzalarida cho'milish hayot uchun xavflidir!

🔹
Ijtimoiy fanlar va Pedagogika fakultetlari talabalari bilan "Ma'rifatli jamiyat - jaholatni qoralaydi" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

🔸 "Ma'rifat ulashib" loyiha doirasida "Yuzma-yuz" ijodiy kechasining navbatdagi sonida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Oʻzbekiston Respublikasida 2025−2026-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.
Shuningdek, roʻyxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish 2025-2026-yillarga moʻljallanyapti. Bu haqda 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida axolini roʻyxatga olishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini qoʻyidagi yoʻnalishlarda tizimli davom ettirish.
Jumladan:
• aholini roʻyxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
• 2021-yilda oʻtkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini roʻyxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
• xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida “Aholini roʻyxatga olish” axborot tizimini takomillashtirish;
• “STATA” amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda roʻyxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
• aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasida axolini roʻyxatga olishni oʻtkazish ishlarini amalga oshirish 2025−2026-yillarda
Axolini roʻyxatga olish natijalarini tayyorlash va eʼlon qilish ishlarini amalga oshirish 2026−2027-yillarda belgilangan.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash hamda aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini toʻgʻri tuzilishi aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning raqamlanganligiga bevosita bogʻliq. Shu maqsadda, bugungi kunda viloyatimiz hududida mahalla va kadastr organlari bilan hamkorlikda, 2011-yil 12-oktyabrdagi OʻRQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, koʻchalarga berilgan nom belgilari hamda xonadonlarga berilgan raqam belgilarining oʻrnatilganligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda monitoringgi statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan doimiy yuritib borilmoqda.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, koʻchalar hamda xonadonlarning nomlari mavjud yoki mavjul emaslik holatlari urganishdan maqsad aholini roʻyxatga olish jarayonlarida roʻyxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni toʻgʻri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqamaslik. Bundan tashqari, xonadonlarni toʻliq raqamlanishi tez yordam, yongʻinga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat koʻrsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.
Shuningdek, aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlar bazasi hajmining kattaligi sababli, uning natijalarini jadval koʻrinishida shakllantirishda STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq chiquvchi jadvallar mazkur dastur yordamida tayyorlandi. Ushbu dastur asosan statistik tahlil qiluvchi dastur boʻlib, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda qulay, tezkor va tahlillarni jadval, reyting va grafik koʻrinishda taqdim eta oladi.
🔍 Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlarga quyidagi subsidiyalar ajratilishi belgilangan:

🔍2025-yil 1-yanvargacha kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" yoki "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun BHMning 30 baravarigacha (10 mln 200 ming so‘m) miqdorda bir martalik;

🔍kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha BHMning 40 baravarigacha (13 mln 600 ming so‘m) miqdorda;

🔍kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarini 3 oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha (680 ming so‘m) miqdorda.

#Mahallalaruyushmasi #bilasizmi

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube
2024/09/29 17:34:33
Back to Top
HTML Embed Code: