Telegram Web Link
Mehnat yarmarkasi

Shahrisabz shahar madaniyat markazida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 153 ta korxona, tashkilot va muassasalar 301 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. 18 nafar fuqaroga 7 ta korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.12 nafar fuqaroga esa kasb hunar o‘rganishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etildi. Mutaxassislar tomonidan 55 nafar fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Yarmarkada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, texnikumlar va kasb-hunar maktablari, oliygoh bitiruvchilar va uyushmagan yoshlar i ham ishtirok etib,1-2 OP,Sado MCHJ, Koika o‘quv markazi, Hunarmandlar klasteri, maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, Shahrisabz Davlat pedagogika instituti, Shahrisabz Davlat muzey qo‘riqxonasi, Sardorbek shahri kesh, Mebel fabrikasi,Hisorakgidroqurilish MCHJ, Turon bank,1-son kasb hunar maktabi va boshqa tashkilotlar mehnat yarmarkasida bo‘sh ish o‘rinlari ya’ni o‘zlariga ma’qul bo‘lgan bandlik bo‘yicha ish beruvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi.

Shahrisabz shahar hokimligi, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish, adliya, Oila va xotin qizlar bo‘limlari,shahar maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi,shahar mahallalar uyushmasi va bir qator hamkor tashkilotlar migratsiyadan qaytgan, uyushmagan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni, probatsiya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha qonun doirasida ularni bandligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Mehnat yarmarkasida Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, sektorlar va sohaga aloqador bo‘lgan rahbarlar ishtirok etishdi.
✔️Mehnat yarmarkasidan fotolavhalar
🎥 Yoshlar bilan uchrashuv

Bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularni ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarga ya’ni badiiy kitob o‘qishga jalb etish, jismoniy chiniqtirish, sport to‘garaklarini tashkil etish,kasb hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bir so‘z bilan aytganda shahar yoshlarini qalbiga yo‘l topish bugungi rahbarlarning kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Shahrisabz shahar madaniyat markazining kichik zalida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev uchrashuv qatnashchilariga o‘zining o‘g‘lidek, qizidek, singlisi va ukasidek murojaat qildi. O‘ngga yaqin yoshlarni murojaatlarini tingladi. Tegishli mas’ullarga murojaat qilgan yoshlarni ro‘yxatga olib, qonun doirasida ijobiy yordam berish choralarini ko‘rish bo‘yicha yo‘l yo‘riqlar va ko‘rsatmalar berdi.

Uchrashuvda shahar prokurori Ravshan Xurramov, sohaga aloqador mas’ullar ishtirok etishdi.
☘️Pillachilik istiqbollari
Shahrisabz shahar hududidagi fermer xo‘jaliklari ham pilla qurti parvarishiga alohida e’tibor qaratishmoqda. Uymovut mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan Qurbonov Sherzod 5 qutti va Yusupov Safar 9 qutti qurt urug‘idan joriy yilda har bir quttisidan 65 kilogrammdan sara “kumush tola” hosili olishni mo‘ljallab turishibdi. Shuning uchun pillakorlar ipak qurtini agrotexnika talablari asosida parvarish qilishmoqda.

Bugun Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev pillachilar huzurida bo‘lib, ipak qurti parvarishini ko‘zdan kechirib, kasanachilarga tegishli ko‘rsatma va maslahatlarini berdi.
KITOBXON YOSHLAR LIGASI

🫥 Shahrisabz davlat pedagogika instituti tyutori Mahliyo Yorboboyeva O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan KITOBXON YOSHLAR LIGASI tanlovining 3-mavsumida "ENG faol targ'ibotchi" nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi.

⚡️ Mahliyo Yorboboyevaning faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilab qolamiz.

🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram
shdpi.uz  You tube
2024/09/29 21:23:50
Back to Top
HTML Embed Code: