Telegram Web Link
Ёшлар қалбида ватанпарварлик туйғусини кучайтиришда спортчи мураббийларимиз ва ҳарбийларимиз ҳам фаол бўлишлари зарурлиги таъкидланди.

Бугун замоннинг ўзи ҳар биримиздан она юрт ҳимоячиси, ватанпарвар бўлишни талаб этмоқда.

Бунда айниқса мард ва жасур сержант ва офицерлар, ҳарбий чақириққа тайёрлаш фани ўқитувчилари ўрнак бўлишлари керак.

Ҳозир мактабларда қарийб 10 минг нафар ана шундай ўқитувчилар фаолият кўрсатмоқда. Афсуски, уларнинг аксариятида ҳарбий соҳадаги замонавий билим ва кўникмалар, улар учун иш шароити талаб даражасида эмаслиги қайд этилди.

Энди мана шу ўқитувчилар Мудофаа вазири томонидан захирадаги ҳарбий хизматчилар таркиби орасидан тайинланиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тарбия борасида миллий спортимиз фидойилари, хусусан, жисмоний тарбия ўқитувчиларига кўп нарса боғлиқлиги таъкидланди.

Афсуски, мактаблардаги 33 минг нафар жисмоний тарбия ўқитувчисининг касбий ва жисмоний маҳорати етарли эмас.

Мутасаддиларга бу ўқитувчилар таркибини фаол ва чемпион спортчилар орасидан танлов асосида тўлдириш, уларнинг касбий маҳорати ва малакасини Жисмоний тарбия институтида ошириб боришни йўлга қўйиш топширилди.

Мактабларда ёшларни ақлий ривожлантиришда муҳим ўрин тутадиган шахматни оммалаштириш учун алоҳида қарор лойиҳаси ишлаб чиқиладиган бўлди. Ёшларимиз ўртасида бу спорт тури янада ривожлантирилади.

Шундагина спорт бўйича яхлит тизим пайдо бўлиб, мактабларда жисмоний тарбия дарсларининг сифати ошади, маҳалларда оммавий спорт ривожланади.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Абдулла Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институтига ташриф буюриб, янгиланган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Национальный институт педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони и ознакомился с обновленными условиями.

#Mirziyoyev #tanishuv #talim #institut

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish ishlari oʻtkazilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Aholini roʻyxatga olish maʼlum bir sanada Oʻzbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil maʼlumot olishga yordam beradi.

Shuningdek, roʻyxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq koʻrsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash boʻyicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish 2025-2026-yillarga moʻljallanyapti. Bu haqda 2024-yil 4-mart kuni Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, aholini roʻyxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash hamda aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini toʻgʻri tuzilishi aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning raqamlanganligiga bevosita bogʻliq.

Shu maqsadda, bugungi kunda viloyatimiz hududida mahalla va kadastr organlari bilan hamkorlikda, 2011-yil 12-oktyabrdagi OʻRQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, koʻchalarga berilgan nom belgilari hamda xonadonlarga berilgan raqam belgilarining oʻrnatilganligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda monitoringgi statistika organlari xodimlari tomonidan doimiy yuritib borilmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, koʻchalar hamda xonadonlarning nomlari yoki raqam belgilarining mavjud emaslik holatlari aholini roʻyxatga olish jarayonlarida roʻyxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni toʻgʻri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shuningdek, xonadonlarni toʻliq raqamlash tez yordam, yongʻinga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat koʻrsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.
2024/11/16 11:05:55
Back to Top
HTML Embed Code: