Telegram Web Link
Қашқадарёда бир гуруҳ ОАВ вакиллари эътироф этилди

Вилоят ҳокимлигида 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ соҳа ходимлари иштирокида тадбир ўтказилди.

Тадбирни вилоят ҳокими Муротжон Азимов табрик сўзи билан очиб берди. Бир гуруҳ соҳа фидойилари ва фахрий журналистлар вилоят ҳокимининг эсдалик совғаси ва фахрий ёрлиқлари билан тақдирланди.

Маълумот учун, вилоятимизда 2 та телеканал, битта радио, расман рўйхатга олинган 4 та сайт, кўплаб фаол блогерлар фаолият юритмоқда. Босма оммавий ахборот воситаларининг сони 39 тага етди. 74 та матбаа корхонаси фаолият кўрсатмоқда. Ўтган 6 йил билан таққослаганда бу кўрсаткич 20 тага ошган. Амалга оширилаётган янгиликларнинг мазмун-моҳиятини янада кенгроқ ёритиш мақсадида тизимли асосда пресс-турлар, семинар- тренинглар ҳамда раҳбар ходимлар иштирокида матбуот анжуманлари ташкил этилаяпти.

Вилоят ҳокимининг табригини ўқиш 👇
https://qashqadaryo.uz/oz/nview/qvhmba2imvoavxkmbsxbt1719477944

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
✔️ Shukronalik-biz uchun ulug‘ ne’mat

Xalqimiz orasida “Qari bilganni pari bilmas” degan naql bejizga aytilmagan. Yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizning borligi biz uchun katta davlatdir. Ular yoshlarga o‘rnak, hayot maktabida ustoz hamda mahallada kayvoni bo‘lib, o‘z targ‘ibotlari bilan el nazariga tushishgan.

Shahrimizdagi “Uychilik” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda R.M.M.M shahar bo‘linmasi rahbari A.Uzoqov, Nuroniylar kengashi Shahrisabz shahar bo‘limi raisi N.Uzoqov hamda mahallada istiqomat qiluvchi otaxon va onaxonlar, faollar ishtirok etishdi.

“Shukronalik- biz uchun ulug‘ ne’mat” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu targ‘ibot tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, yangilanishlar, yoshlarga, xotin qizlarga va ishsiz aholiga, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam haqida to‘lqinlanib gapirishdi.

N.Uzoqov tomonidan yig‘ilganlarga haj va umra ziyoratiga borib kelgan hoji otalar, hoji onalar targ‘ibotchi sifatida har xil dabdababozliklarga yo‘l qo‘ymaslik mavzuida joylarda tushuntirish ishlarini olib borishlari ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir so‘nggida oqsoqollarimiz dunyomiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yoshlarimizni kasb hunarli bo‘lishlari uchun yaxshi tilak va niyatlar bildirib, duoga qo‘l ochishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men bugun barcha jurnalist, bloger, rejissyorlar, ularning yordamchilari, montajyor, tasvirchi, fotograflarni, dizayner, vyorstkachi, musahhih, grimchi, chiroq ustalarini, efir navbatchilari, dasturchilar, dastur analitiklari, boshlovchilarni, matbuot binolari farroshlarini, haydovchilar, qorovullarini, aloqa xodimlarini chin qalbimdan tabriklayman.

Siz borsizki, adolat, haqiqat yuzaga chiqyapti. Turli qiyinchiliklar, har xil taʼna-dashnomlar, ayrim hollarda tuhmatlar ichida yashasak-da, bizning matbuot kemamiz suzishdan toʻxtamayapti. Unga toʻsqinlik qilayotgan turli toʻfon-u toʻlqinlar, yoʻlda uchrayotgan muzliklarga qaramay, kemamiz maqsad sari suzib bormoqda. Maqsad esa aniq: haqiqat, qonun ustuvorligi, milliy xavfsizlik, himoya va axborot suverenitetini saqlash, yurt taraqqiyotiga hissa qoʻshish.

Bayram muborak, qadrli hamkasblar!



Сегодня я от всей души поздравляю всех журналистов, блогеров, режиссёров, их помощников, монтажёров, операторов, фотографов, дизайнеров, верстальщиков, корректоров, ведущих, гримёров, осветителей, дежурных по эфиру, ответственных за программирование, программных аналитиков, технический персонал: уборщиков, водителей, охранников. Благодаря каждому из вас медиаресурсы могут работать на благо общества, защищая справедливость и отстаивая истину.

Хотя нам приходится жить среди разного рода трудностей, всяких обвинений, а иногда сталкиваться и с клеветой, наш корабль «Пресса» продолжает плыть. Он уверенно плывёт к цели, несмотря на разные помехи, штормовые волны и айсберги. Наша цель однозначна: истина, верховенство закона, национальная безопасность, защита и сохранение информационного суверенитета, а также внесение вклада в развитие страны.

С праздником, дорогие коллеги!
🎥30-iyun – Yoshlar kuni

Shahrisabz shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar “Nuroniylar” Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti shahar bo‘limi hamkorligida 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida so‘z olgan mas’ullar N.Uzoqov va F.Axmedovalar yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, insonlarning farovon turmush tarzi uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil fikr yuritdilar.

Yig‘ilganlarga vaqtni to‘g‘ri sarflash, muhayyo qilingan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, boriga shukrona keltirib yashashning baxtli jihatlari hayotiy voqealar yordamida tushuntirib o‘tildi.
📣📣📣 Diqqat e'lon!

Shahrisabz shahar hokimligi shuni ma'lum qiladiki, har haftaning chorshanba kungi Xalq qabulxonasi binosida bo'lib o'tadigan shahar hokimining sayyor qabuli juma kuniga ko'chirildi.

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati
Tayinlov!

Mansurov Asrorxon Abdullo o‘g‘li
"BI SAY" mas'uliyati cheklangan jamiyatining rahbari etib tayinlandi.

Tayinlov Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi tashkilotlar uyushmasining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.

Mansurov Asrorxon bunga qadar Surxondaryo viloyatida "BIO TEXNO EKO" MCHJ ish yurituvchisi, Samarqand viloyatida "Maroqand Obod" DUK abonentlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i va Qashqadaryo viloyatida "BI SAY" MCHJ direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/10/01 22:38:52
Back to Top
HTML Embed Code: