Telegram Web Link
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzuridagi
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi.

👫 PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi (yoki yashash hududidagi o‘ziga qulay bo‘lgan) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib yoki mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar orqali ariza berishlari mumkin.

🖋 Ariza elektron ravishda kiritiladi va qonuniy vakillardan (bolaning ota-onasi yoki rasman belgilangan qonuniy vakili) arizaga ilova qilish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi so‘raladi:

⏺️Davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil ko‘chirma;

⏺️Bolaning tashxisiga qarab tor mutaxassis xulosasi: psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, psixik va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun);

⏺️Bolaning o‘qish joyidan ta’lim muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qigan bolalar uchun);

⏺️Maktabdan tabel kartasi (maktabda ta’lim olayotgan bolalar uchun bir maktabdan ikkinchi maktabga o‘tmoqchi bo‘lganda);

⏺️Bolaning nogironligi bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiya xulosasi (agar bor bo‘lsa);

⏺️ Avvalgi PTPK xulosasi (agar bor bo‘lsa).

Batafsil ma'lumot uchun ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух икки мамлакат ишбилармон доиралари вакиллари билан учрашув ўтказдилар.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух провели встречу с представителями деловых кругов двух стран.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Manzilim, O'zbekiston!” ko'rsatuvi.

Shahrisabz shahrida YUNESKOning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan loyihasi doirasida “An'anaviy hunarmandchilik, etno-dizayn va tadbirkorlik” mavzusida tashkil etilgan xalqaro treningdan tayyorlangan.
Murojaatlar bilan ishlash davr talabi

Bugungi kunda aholi murojaatlariga o‘z vaqtida qonun doirasida javob berish, muammolariga yechim topish eng dolzarb vazifasi sanaladi. Joriy yilning bugungi kuniga qadar virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarga qonun doirasida javob qaytarilgan. Bundan tashqari har haftaning chorshanba kuni shahar hokimi tomonidan bo‘lib o‘tadigan «Sayyor qabul» da ham murojaatchilarning murojaatlari tinglanib, tegishli tartibda ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, o‘z vaqtida javob qaytarilmoqda.

Bugun Shahrisabz shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan «hokimlik soati» yig‘ilishida ana shu mavzuga e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev o‘tgan besh yarim oy davomida Xalq qabulxonasiga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni tahlil etdi.Jami bo‘lib 21 ta davlat tashkilotlarining har biriga qisqa muddatda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va qonun doirasida javob qaytarish, yechimini topish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek «hokimlik soati» da besh yarim oy davomida shaharning iqtisodiy ijtimoiy ko‘rsatgichlari, quyosh paneli o‘rnatish, kommunal qarzdorlikni undirish hamda boshqa masalalar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
2024/11/05 23:51:23
Back to Top
HTML Embed Code: