Telegram Web Link
⚡️Inson qadri

Sayyor qabul

XMKO organlari o'rtasida qabul qilingan rеjaga muvofiq Shahrisabz shahridagi Choshtеpa MFY aholisi o'rtasida еchimini kutayotgan murojaatlarni qonun doirasida tahlil etish va ularga huquqiy maslahat bеrish jarayoni amalga oshirildi.

Sayyor qabulda Shahrisabz shahar adliya bo'limi, DXM va FHDYo bo'limi rahbarlari ishtirok etib, 50 nafar murojaatchilarning, jumladan 7 nafar fuqarolarning murojaatlari uzoq muddat talab etganligi sababli nazoratga olishdi.

20 nafar murojaatchining murojaatlariga qonun doirasida javoblar qaytarishdi.
🔔🔔🔔Munosib nishonlandi

Shahrimizdagi 1-sеktor hududida joylashgan 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bu yil munosib nishonlandi.
🎊🎊 So'ngi qo'ng'iroq.🎊🎊

🏢 Shahrisabz shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 25- may "So'ngi qo'ng'iroq" tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bayram tadbirida Shahrisabz shahar prokurori Ravshan Xurramov va Shahrisabz shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mutaxasisi Sherzod Sultonov va boshqa vakillari mahalla raisi ishtirok etishdi.

♻️♻️ Tadbir davomida bitiruvchi sinf o'quvchilarining tantanali chiqishlari yig'ilganlarga manzur bo'ldi.

Shuningdek,o'quv yili davomida o'qituvchilarimiz va o'quvchilarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.

💠💠 Barcha bitiruvchilarimizga katta hayot yo'llarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.


https://www.tg-me.com/shahrisabzprezidentmaktabi
#ob_havo
26 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-19° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi.
2024/09/27 22:23:43
Back to Top
HTML Embed Code: