Telegram Web Link
Shahar hokimi tadbirkor xonadonida bo‘ldi
Ko‘p yillardan buyon viloyatimiz aholisini bedana tuxumi va go‘shtiga, parranda mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelayotgan Tutzor mahallasida istiqomat qilayotgan tadbirkor Fayzulla Salomov joriy yilda ham yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishni mo‘ljallab turibdi. Har bir sohaning o‘ziga yarasha mashaqqati va qiyinchiligi bo‘ladi. Ammo Fayzulla aka qiyinchiliklardan qurqmasdan dadil intilmoqda. Bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan, ayniqsa bedanachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgan Fayzulla aka ehtiyojmand oilalar daromadini ko‘paytirish uchun ularga avvalo bedana parvarishini, oziqlantirishni o‘rgatadi.

Bunday loyihalarning hayotga tadbiq etilayotganligi ishsizlikni oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkor xonadonida bo‘lgan shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev va sektor rahbarlari inkubatsiya bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.

Yangi loyihalar va rejalar borasida tadbirkor bilan kelishib olindi.
⚡️TKTI Shahrisabz filialida ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligini taʼminlash maqsadida “Islom-maʼrifat dini”, “Ilmdan boshqa najot yoʻq”, “Maʼrifatli jamiyat-jaholatni qoralaydi” mavzularidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

🔹Tadbirda Shahrisabz shahar hokimligining Din va jamoat ishlari bo’yicha bosh mutaxassisi H.Uchqunov, professor-o`qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Talaba-yoshlarga inson, uning ongi va tafakkuri, shaxsiy fazilatlari hamda uning to‘g‘ri shakllanib, rivojlanib borishida diniy bilimlarning tutgan o‘rni haqida kerakli maʼlumotlar hamda tavsiyalar berildi.
2024/09/29 19:34:51
Back to Top
HTML Embed Code: