Telegram Web Link
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим 17-19 май кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим 17–19 мая посетит нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"PROKUROR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda davlat rahbari huquq-tartibot va mudofa organlari 2024 yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash bo'yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilgan edi.

Joriy yilning 16-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida Shahrisabz shahar prokurori R.Xurramov bilan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda ShDPI rektori v.v.b. J.Shonazarov, Shahrisabz shahar MIB bo’limi boshlig’I J.Jumanazarov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Shahrisabz shahar bo'limi boshlig’i M.Begaliev va oliy ta'lim va professoinal ta'lim yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda shahar prokurori R.Xurramov so'zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar mavjudligi haqida to‘xtaldi. Yoshlarni o‘qib bilim olishga, olg‘a intilishga chorladi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o'rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar va talabalarni yanada faol bo‘lishiga, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun o‘z taklif va maslahatlarini berdi. Samimiy tarzda o'tgan muloqotda yoshlar o'z maqsad, takliflarini bayon etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Shahar prokurori taklif va savollardan kelib chiqib, mutasaddilarga tegishli ko'rsatma berdi. Shuningdek uchrashuv davomida yoshlarni institutda yangi ochilgan kutubxona va AT markazi faoliyati bilan tanishtirilib, bitiruvchi yoshlar uchun tashkil qilingan 150 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasiga jalb qilindi.

Uchrashuv so‘ngida R.Xurramov yoshlarga kelajakdagi ishlariga omad tilab, doimo ular bilan birga ekanligi hamda har qanday taklif va muammolarini tinglab amaliy yordam berishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
📚Kitob mеning do'stimsan

Shahrisabz shahar 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-v sinf oʻquvchilari “Kitob-mening doʻstimsan'' deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazishdi.

Tadbirda kitob haqida sheʼrlar, sahna koʻrinishlari, ashulalar ijro etish bilan birga vatan, ustozlar va onalar haqida sheʼrlar va ashulalar ijro etishdi. Tadbir soʻngida oʻquvchilar onalariga sheʼrlar aytib sovgʻalar berishdi.

Tashrif buyurgan ustozlar, ota-onalar va mehmonlar bu tadbirdan mamnun bo'lishdi.
Муротжон Азимов "Сўнгги қўнғироқ" ва оромгоҳлар масаласида йиғилиш ўтказди

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов умумтаълим мактабларида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини тартибли ўтказиш, жорий йил ёзги болаларни соғломлаштириш ва дам олдириш мавсумига тайёргарликни ҳолати юзасидан йиғилиш ўтказди.

Таъкидланишича, жорий мавсумда 22 минг нафар болаларни воҳамиздаги 16 та оромгоҳларда соғломлаштириш режалаштирилган. Шунингдек, вилоятдаги 89 та умумтаълим мактабларида ташкил этилган соғломлаштириш майдончаларида 3,5 минг нафар болалар дам олдирилади.

Бундан ташқари, вилоят ҳокими умумтаълим мактабларида “Илм – саодат калити!” шиори остида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказишга доир зарур тавсиялар барча бирдек амал қилиши, вазирлик тавсиясига кўра, фақатгина 1-, 4-, 9-, 11-синф ўқувчилари жалб этилиши, маҳалла фаоллари, ота-оналар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари вакиллари билан ҳамкорликда ёнғин ва техника хавфсизлиги қоидаларига амал қилиб, ортиқча дабдабага йўл қўймасдан ўтказиш бўйича тегишли масъулларга топшириқлар берди.

Шу билан бирга, анъанага айланган “Хайр боғча - салом мактаб!” тадбири ҳам 467 та мактабгача таълим ташкилотларида юқори савияда ташкил этилади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Улуғ ижодкорга муносиб ёдгорлик

Тошкент шаҳрида миллий эстрада санъати асосчиси, Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров ҳайкали очилди. Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, санъат мухлисларини қизғин табриклади.

Батафсил: https://uza.uz/posts/599112

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
2024/09/29 23:21:22
Back to Top
HTML Embed Code: