Forwarded from Шамиль Аляутдинов | umma.ru
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Научите ребенка этой молитве
✅ Транскрипция дуа: Аль-хамду лил-ляяхи ллязии ат‘амании ва сакаании ва джа‘алянии миналь-муслимийн.
🔤 Перевод дуа: «Хвала Всевышнему, Который накормил, напоил меня и сделал из числа мусульман».
🤲 Молитвы (дуа) после еды
🕋 Путь к вере
@umma_ru
🕋 Путь к вере
@umma_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Moskvalik Imom Shamil Alyautdinov gapining tarjimasi:
"Biz, ota-onalar farzandlarimizning ruhiy tarbiyasi uchun mas'ulmiz. Bu oson ish emas, 10yillikka cho'zilgan har kungi ish jarayonidan iborat.
Shunga farzandingizga quyidagi duoni yodlatishni tavsiya qilaman. Bu duoni o'qigan bolaga imkoniyatlar eshigi ochiladi chunki u Allohga muhim bo'lgan minnatdorchilik so'zlarini aytyapti".
Ovqatdan keyin o'qiladigan duo:
Alhamdullillahi laziy at'amanii va saqonii va ja'alna minal muslimiyn.
Tarjimasi: Meni edirgan, ichdirgan va musulmonlardan qilgan Allohimga hamd aytaman.
@seul_global_markazi

Koreyada farzand ulg'aytirish oson emasligini bildim. Buni siz bola 4yoshga kirguncha sezmasligingiz mumkin. Lekin kattalashgan sari, 5~6 yoshidan boshlab haqiqatan ham raqobatlashgan jamiyatda katta bo'layotganini sezasiz.
Atrofda qaysi onani ko'rmasam, doim oldindan xavotirda bo'lib yurishadi. Ular bilan gaplashib bo'lgandan keyin, ba'zan o'zim ham bilmagan holatda xavotirga tushishni boshlayman.
Keyin o'zimga savol beraman: "Shahnoza, nima uchun buncha o'ylab xavotirga tushyapsan?" deb keyin duolarni izlayman.
Qoyil qolganim, hayotimizning har bir jabhasida, bizga eng kerakli duolar hammasi borligi, rizq deysizmi, farzand tarbiyasi haqida deysizmi hammasi bor.
Faqat amal qilish kerak bo'ldi. Qalbingiz xotirjam, sokin bo'ladi. Ana shu paytda haqiqatan ham bizni musulmonlardan qilganidan ich-ichingizdan xursand bo'lib ketasiz. Siz tayanadigan Zot borligidan..... Ajoyib a?! Biz naqadar baxtli insonlarmiz!
Shunga farzand tarbiyasiga doir foydali duoni ko'rsam, sizlarga ham ilingim keladi.
Chunki ish jarayonimda ham Koreyada farzandini tarbiya qilayotgan ota-onalar bilan ko'p gaplashganman. Hozirgi kunda koreys onalar bilan ko'p gaplashaman. Koreyadagi ota-onalar va bolalar jamiyati haqida o'zimning sotsiologik qarashlarim bilan fikr qilsam, ularni tushunishim oson bo'ladi. Biron kun vaqtim bo'lsa, bu haqda post chiqarishim mumkin:)

Forwarded from Seul Global Markazidagi tajribam
Sizga ham Koreyaning bahorgi tabiat manzarasi yoqadimi?
Menga Koreyaning tabiati juda yoqadi.
To'g'risi, oldin gullarni yoki daraxtlarni ko'rsam ham, "ha gullabdida" deb boshimda mingta o'y-xayol bilan shunchaki o'tib ketardim. Robotga o'xshab:)
Hozir esa, hech qayerga shoshilmasdan, tabiat manzarasini ko'rib, Allohning qudratini his qilyapman.
Bizga o'z ko'zimiz bilan shunday chiroyli manzaralarni ko'ra olayotganlik ne'matini berganligiga qanchalik shukr qilsak ham oz aslida..... Til bilan ifodalash qiyin....
"Nimani ko'rsangiz, kelajangiz haqida ijobiy fikr paydo bo'ladi?" degan ilmiy tadqiqotni o'tkazgan Texas universiteti professori Heather Lench odamlar go'zal narsani, tabiatni ko'rsa, kelajagi haqida ijobiy fikrda bo'lishini ilmiy tadqiqoti orqali isbotlagan.
Shunday ekan, qayerda yashashimizdan qat'iy nazar, chiroyli tabiat manzaralaridan zavq olishni boshlasak, bu ruhiyatimizga albatta ijobiy ta'sir qilmay qo'ymaydi!

Kuningiz xayrli va maroqli o'tsin:)
@seul_global_markazi
@seul_global_markazi
Forwarded from Тўғри ёзамиз — мутахассис блоги
БУСАНми ёки ПУСАН?...
Корейс тилининг транскрипцияси анча мураккаб масала. Тил ўзининг анъанавий ёзувига эга бўлса-да, жаҳонда унинг бир қанча лотинлаштириш (романизация) тизимлари тарқалган. Бу асосан корейсча атоқли отлар, номларни дунё тилларида тушунарли бўлиши учун ўйлаб топилган.
Бироқ лотинлаштириш тизимлардаги тафовутлар ва ўзига хос жиҳатлар уларнинг тўғри ўқилиши, бошқа тилларга адекват транскрипция қилиниши халақит беради. Бинобарин соҳадан бехабар инсонлар хатога йўл қўйишлари жуда осон.
Мисолларга ўтамиз. Суратда ўзбек тилидаги сайтда эълон қилинган хабар келтирилган. Унда Жанубий Кореядаги ПУСАН ва ТЭЖОН шаҳарлари нотўғри ёзилган. Хўш, нима учун бу номлар БУСАН, ДЕЖОН шаклида ёзилган?
Корея Республикасида 2000 йилда жорий этилган лотинаштириш тизими — Янги корейс романизациясига кўра, корейс тилидаги товушлар лотин ҳарфларида диактирик белгиларсиз ёзилиши йўлга қўйилган. Шунга биноан, аввалги Маккьюн — Рейшауэр тизимидаги нафас чиқариб айтиладиган P` (Пҳ) товуши учун P, оддий P (П) учун эса B ҳарфини ёзиш белгиланган. Шу тариқа аввал лотин ёзувидаги PUSAN энди BUSAN`га айланган. Талаффузда эса ҳеч нарса ўзгармаган. Корейс тилида олдин ПУСАН дейилган бўлса, Янги корейс романизацияси йўлга қўилгандан кейин ҳам ПУСАН деб айтилаверган. Яъни 2000 йилда жорий этилган тизим фақат ёзувга асосланган бўлиб, корейс товушларининг талаффузини акс эттирмайди, бунга ҳеч қандай ишора йўқ.
Юқоридаги қоида расмда нотўғри ёзилган ДЕЖОН'га ҳам тегишли. Янги корейс романизациясида бу шаҳар DAEJON тарзида ёзилади, талаффузда эса ТЭЖОН. Шу ўринда корейс фонетикасига хос битта қатъий қоидани эслатиб ўтиш лозим: корейс тилида сўз ҳеч қачон жарангли ундош товушга бошланмайди. Шунга кўра БУСАН, ДЕЖОН (ёки ДЭЖОН) деб ёзилиши мантиққа мутлақо зид. Ўзбекистон миллий энциклопедияси, дунёнинг сиёсий харитасида бу шаҳарлар PUSAN, TEJON деб ёзилган.
Демак:
БУСАН/BUSAN ❌
ПУСАН/PUSAN ✅
ДЕЖОН/DEJON ❌
ТЭЖОН/TEJON ✅
@xatoliklar

Forwarded from 🇰🇷🇺🇿 "Opa-singillar"
2025-yil 6-aprel kuni Seul shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida Janubiy Koreyada yashovchi vatandosh ayol-qizlarni birlashtiruvchi “Opa-singillar” jamoat uyushmasining rasmiy ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xurmatli mehmonlar, shuningdek, 40 nafardan ortiq faol ayol-qizlar ishtirok etdilar.
Mazkur marosimda ishtirok etib, uyushmamiz faoliyatiga bo‘lgan e’tibor va yuksak qiziqishni namoyon etganingiz, shuningdek, qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Sizning ishtirokingiz biz uchun katta sharaf bo‘lishi bilan birga, kelgusi faoliyatimizga kuchli turtki va ilhom manbai bo‘ldi.
Instagram | Facebook | Telegram

Biz Koreyada farzand tarbiya qilar ekanmiz, eng muhim ishimiz bolani ruhan sog'lom qilib tarbiyalash kerakligini angladim.
Ruhan sog'lom bola kim?
Ruhan sog'lom bola - bu o'zidan uyalmaydigan, ya'ni tashqi qiyofasidan, dinidan, hammaga o'xshash bo'lmaganidan uyalmaydigan, o'zini yaxshi ko'radigan bola desa bo‘ladi. Bu yerdagi o'zini yaxshi ko'radigan bola, egoistik ma'nodagi mazmun emas.
Buning uchun ota-ona bolasini qadrli ekanligini his qildirishi kerak.
Masalan, men har kun farzandimizdan "To maktabdan kelguningizcha qaysi ovqatni qilay" deb so'rayman. Bolamiz yaxshi ko'radigan ovqatini aytadi. Shu ovqatni tayyorlab qo'yaman. Qozonda yaxshi ko'radigan ovqatini ko'rib, xursandligidan ko'zlari yonib ketadi.
Bu sekin-sekin bola o'zini qadrli ekanligini his qilib, borgan sari ota-ona bilan aloqasi, o'zini yaxshi ko'ra boshlashi oson bo'ladi.
Ikkinchidan, ota-ona tomonidan har kuni bolaga quyida gapni(message)ni yetkazish kerak.
"Seni bizga Alloh bekorga yubormagan. SENGA BU DUNYONING EHTIYOJI BORLIGI UCHUN yuborgan".
Bola kattalashgan sari bu gap uning ichki motivatsiyasiga aylanadi, InshaAlloh.

Forwarded from WAYU Korea
#ehson
Abdurahmon D4 viza orqali Koreyaga kelganiga endi 4 oy bo’lgan edi. Til o’rganib yurganida qorin bo’shlig’ida qattiq og’riq va ko’ngil aynishi bilan kasalxonaga boradi va unga Appenditsit deya tashhis qo’yishadi.
Sug’urtasi hali kuchga kirmagan Abdurahmonga kasalxona umumiy 1 mln won atrofida xizmat ko’rsatishini aytadi. Abdurahmon rozi bo’ladi, biroq shifokorlar nafaqat ko’richakni olib tashlashadi, balki jigarda ham muammo bo’lgani sababli operatsiya qilishadi.
Natijada harajatlar 13 mln wondan oshib ketadi va do’stimiz kasalxonadan chiqqunigacha bu mablag’ yana oshishi ham mumkin.
Xullas, ukamizga moddiy ko’magimiz kerak! Mayli 5 ming won, mayli 10 ming won, imkoningiz qadar ehson qiling. Shoyad Abdurahmon tez kunlarda tuzalib universitet, o’qish bag’riga qaytsin.
- Ismi: Keldiboyev Abdurahmon
- Unversitet: 백석대학교
- Yoshi: 18
- Aloqa uchun: 01081750440
- TOSS BANK 1001-8738-5251
- Karta nomi: Toyirjonov (karta Abdurahmonga qarab turgan do’stiniki)
- Shifoxona manzili: 천안충무병원 응급진료센터
Ma’lumotlar tekshirildi va ishonchli ekanini tasdiqlaymiz!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook

Forwarded from Ilm duri
#iqtibos
Xohlagan ilm-faningizni o'rganing. Niyatingiz o'sha ishdan oxiratning ajrini olish bo'lsin.
😎 Husayn Buxoriy
🎯 @ilm_duri
Xohlagan ilm-faningizni o'rganing. Niyatingiz o'sha ishdan oxiratning ajrini olish bo'lsin.
🎯 @ilm_duri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-apreldan boshlab 29-iyungacha noqonuniy maqomdagi chet ellik fuqarolarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Adliya Vazirligi bilan quyidagi 4ta vazirlik:
1)Militsiya Boshqarmasi
2)Bandlik va Mehnat Vazirligi
3)Koreya Yer Infratuzilmasi va Transport Vazirligi
4)Dengiz Militsiya Boshqarmasi
hamkorlikda "Noqonuniy yashash holatlarini kamaytirish bo‘yicha 5 yillik rejaning" uchinchi yili boshlanishi munosabati bilan umumdavlat darajasida keng qamrovli tekshiruvni olib borish rejalashtirilmoqda.

Davomi
Asosiy noqonuniy chet ellik fuqarolarni aniqlash va nazorat qilish sohasi
1)Giyohvandlik vositalari, noqonuniy mashina haydash (nomiga rasmiylashtirilmagan avtomobillar) kabi xalq xavfsizligiga tahdid soluvchi chet elliklar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar;
2)Qurilish, yetkazib berish(택배) kabi sohalarda mahalliy fuqarolarning ish o‘rnini egallash holatlari;
3)Noqonuniy Koreyaga kirib kelish, noqonuniy ishga joylashtirishni tashkil qiluvchi brokerlar va boshqalar orqali tartibsizlikka olib keluvchi migratsiya qonunbuzarliklari sodir bo'layotgan joylarda tekshiruvlar o'tkaziladi.