Telegram Web Link
Forwarded from HaksengUz
🚀 Koʻproq Talabalarga Ulashing: 2025 K-Software Empowerment BootCamp (KSEB 4th Cohort)! 🚀

🔹Siz IT va dasturlash sohasida karyera qilishni maqsad qilgan talaba yoki ish qidiruvchimisiz?

🔹 Real loyihalar va sohadagi yetakchi kompaniyalar bilan amaliy tajribani xohlaysizmi?
🔹 Ko‘nikmalaringizni va ish istiqbollaringizni oshiradigan to‘liq moliyalashtirilgan trening dasturini qidiryapsizmi?

🔥 Unda bu siz uchun juda zoʻr imkoniyat!

📌 Dastur haqida
📅 Oʻqitish davri: 2025-yil Fevraldan Noyabrgacha

🎓 Kimlar uchun:
Universitet talabalari(4 yillik universitet talabasi) va bitiruvchilar

Dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida karyera qilmoqchi bo‘lgan shaxslar

💡 Dasturdan nimalarni kutishingiz mumkin:
💻 Chuqur dasturlash boʻyicha ta’lim
⚡️ Eng yaxshi kompaniyalar bilan real loyihalar
🚀 Ish topish va netvorking imkoniyati

🏢 Ishtirok etuvchi kompaniyalar:
Samsung Electronics, Hyundai Mobis, LG Energy Solution, Hyundai Transys, LX MMA va boshqalar!

🎯 Nima uchun KSEB?
100% bepul trening - to‘lovsiz!

Sohada talab qilinadigan texnik ko‘nikmalarni o‘rganish (AI, Veb va mobil ilovalarni ishlab chiqish)

🔥 Yetakchi kompaniyalar bilan real loyihalar ustida ishlash

Ishga joylash bo‘yicha yordam - Katta kompaniyalar uchun tavsiyalar oling

Arizalar topshirish sanasi:
🔹 2- bosqich, 2025-yil, 25-Yanvargacha
🔹 2-bosqich natijalari: 2025-yil 28-yanvar
🔹 Intervyu: 2025-yil 4,5-Fevral
🔹Yakuniy natija: 2025-yil, 7-Fevral
🔹Tanishtiruv (orientation): 11-Fevral

Diqqat, ushbu dastur, Kyongido va Inchonda o'qiydigan yoki oʻqigan talabalar uchun. Koʻproq hamyurtlarimiz habar topib ariza topshirishlari uchun, doʻstlaringizga ham ulashing.

➤ Batafsil ma'lumot uchun:
🖥 KSEB rasmiy veb-saytiga kiring:
📧 kseb.skku.edu

📤 Savollar uchun: [email protected]
☎️ Telefon: 031-781-8141

📣📣 Koreyada, soha boʻyicha ishlash toʻgʻrisidagi foydali va qiziq tavsiya va e'lonlarni oʻtkazib yubormaslik uchun, HaksengUz kanaliga hoziroq 🔔🔔 obuna boʻling.

HaksengUz Rasmiy Kanal:
https://www.tg-me.com/haksenguz
https://www.tg-me.com/haksenguz
https://www.tg-me.com/haksenguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreyada bolalarning maktabga borish vaqti jadvali
@seul_global_markazi
Koreya maktabiga endi qatnaydigan bolalarning ota-onalari immigratsiyaga bolalari maktabga qatnayotganligi haqida xabar berishlari shart. Xabar berilmasa jarimaga tortiladi. Hozirdan immigratsiyaga navbatga yozdiring yoki martning boshida immigratsiyaga bormasdan quyidagi immigratsiya faks nomeriga 1577-1346 arizani jo'nating. Quyida ariza qog'ozini yuklab olishingiz mumkin.
@seul_global_markazi
Koreya milliy salatlarini tayyorlashga qiziqadigan Seulda yashaydigan chet elliklar uchun 12-fevral chorshanba kuni soat 14:00da bir kunlik bepul kurs tashkillashtirilayotgan ekan.

Manzil: 3-yo'nalish 안국역(Anguk) metro bekati atrofida joylashgan 한국사찰음식문화체험관 degan joyda bo'larkan.

Kursga yozilish uchun avval rasmdagi telefon raqamga tel qilib keyin arizani onlayn topshirishingiz mumkin.

O'zingiz bilan salatni solish uchun plastmasali idish va 2ta artiladigan latta olib kelishingiz kerak ekan.

Mana shunday sog'liqqa foydali salatlarni bilib qo'ygan yaxshi deb o'ylayman:)
@seul_global_markazi
Forwarded from WAYU Korea
#Birga
#5_son

16-fevral,
Koreya vaqti bilan soat 20:30da @wayu_korea sahifasida bo'lib o'tadi

Koreya qonunchiligi va huquq mavzulariga bag’ishlanadi.

• Spiker:
JAMSHIDDIN
• Sohasi:
huquqshunos
• Kasbi/faoliyati:
-
Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmati mentori,
- "Erta moslashuv dasturi" professional instruktori,
- Hududiy immigratsiya xizmati bo'limi qoshidagi chet ellik faollar guruhida O'zbekiston vakili.
• Til sertifikati:
KIIP-5
• Maqsadi:
Koreyadagi chet elliklarning, xususan hamyurtlarimizning yillar davomida takrorlanadigan tizimli muammolariga yechimlar ustida ishlash.

Spikerimizni ko’pchilik Salom Korea loyihasi orqali yaxshi taniydi.

Ta’kidlash kerakki, Koreyadagi o’zbekistonlik mutaxassislar orasida chet elliklar muammosini Jamshiddin aka singari tushinadiganlar kamdan kam uchraydi. Bir so’z bilan aytganda o’z ishining ustasi!

Uchrashuvda quyidagi savollarga javob olasiz:

1. Vatandoshlarimiz qanday huquqiy muammolarga uchramoqda?
2. Jonli keyslarga jonli javoblar!
3. Tizimli muammolarimiz sabablari nimada?

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Forwarded from HaksengUz
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat!

Assalamu alaykum!

Hurmatli hamyurtlar,
Sizni, Koreyada Shaxsiy va Huquqiy Yoʻnalishlarni Muvaffaqiyatli Anglash deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz!

🎤 So'zlovchilar:

Shahnoza – Jamiyatshunoslik |
Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori
Faoliyat:
- Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya xizmati mentori
- Seul Global Markazida 12 yillik tajriba

📌 Mavzu: Koreyada Oʻzlikni Topishning Ahamiyati

Jamshiddin – Huquq | Koreya Adliya Vazirligi va Immigratsiya Xizmati mentori
Faoliyat:
- Koreya adliya vazirligi va immigratsiya xizmati mentori,
- "Erta moslashuv dasturi" professional instruktori,
- Hududiy immigratsiya xizmati bo'limi qoshidagi chet ellik faollar guruhida O'zbekiston vakili.

📌 Mavzu: Qanday Qilib? vs Nima Uchun?

Bu safar, Koreyada uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelayotgan, boy tajriba va koʻnikmalari bilan, Koreyadagi hamyurtlarimizga beminnat yordamlari va foydali maslahatlarini berib kelayotgan, bir-biriga yaqin sohada faoliyat yuritadigan ikki nafar soha mutaxassislarini taklif etganmiz. Balkim siz ham ularning Telegram kanallarini kuzatsangiz kerak. Birlari Salom Koreya kanalini yuritsalar va yana birlari Seul Global Markazidagi Tajribam kanalini yuritadilar. Bu safar joylarimiz oldingidan koʻproq, bemalol doʻstlaringizni ham olib kelavering! Biz bu safargi uchrashuvimizni WAYU Koreya hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkillashtirmoqdamiz! Shu sababdan ham uchrashuv joyini kattaroq boʻlgan joyda, oʻtkazishni reja qildik.

📅 Sana: 2025-yil, 22-Fevral (Shanba)
Vaqt: 14:00 ~ 16:00
📍Joy: Oʻzbekiston Elchixonasi | 주한우즈베키스탄대사관

🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin:

🎤 Koreyada koʻplab hamyurtlarimizning muammolarini hal qilishda yordam berib kelayotgan tajribali soha mutaxassislaridan, foydali suhbatni tinglash orqali, Koreyada oʻzlikni topishning ahamiyati haqida bilib olasiz.
🤝 Hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish
💡Savol-javoblar va faol muhokamalar

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://shorturl.at/hHi05

Hoziroq roʻyxatdan oʻtib joyingizni band qiling!

Joyni topishda yordam kerak bo‘lsa, HaksengUz guruhiga www.tg-me.com/haksenguz_guruh habar yozib bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizga yordam beramiz!

Manzilni Naver xaritada koʻrish:
https://naver.me/54kIDAS5

Manzilni Kakao xaritada koʻrish:
https://kko.kakao.com/_Du2JsTLLl

HaksengUz Rasmiy Kanal:
https://www.tg-me.com/haksenguz
https://www.tg-me.com/haksenguz
https://www.tg-me.com/haksenguz

Sizni uchrashuvda kutib qolamiz!

Hurmat bilan,
HaksengUz Jamoasi
Forwarded from WAYU Korea
Elyor Nurdinovdan #foydali post!

—————————

Yillar sayqallab boradi..

2017 yillar, Koreyaga endi kelgan kezlarim. Savollar paydo bo’lsa, katta kurs vakillaridan maslahat so’rardik. U paytlari ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekistonliklar tomonidan yuritiladigan guruh va kanallar kamroq edi.

Hozir esa ancha sayqallanib, ma’lumot olish osonlashgan. Birlashuv qanday bo’ladi desa, ikkilanmay shuni ayta olsam ham kerak.

Keling bo’lmasam men sizga, moddiy manfaatlarni ko’zlamagan foydali manzillarni ulashsam!

Telegram:

1. Salom Koreya - guruh va kanal orqali “fact checking” qilingan ma’lumotlar, viza masalalari va Koreyada qonuniy yashash haqida foydali manlumot olasiz. Kanal admini Jamshiddin aka ham qonuniy shu sohada faoliyat yuritib keladilar.

2. Seul Global Markazi - Shahnoza opaning Seul Global Markazida ishlagan tajribalarini ulashish va yetuk chet ellik bo’lib yashahga chorlash.

3. WAYU Korea - O'zbekiston yoshlar umumjahon
assotsiatsiyasi "Janubiy Korea filiali". Juda ko’p tadbir va programmalar tashkil qilib kelayotgan rasmiy tashkilot. Ajoyib jamoa shakillantirilgan.

4. HaksengUz - Koreyada, soha bo'yicha ishlash, ish qidirish, ish intervyu, rezyume, roadmap, va netvorking haqida spikkerlar bilganlarini ulashib boradigan guruh.

5. UzOffice Networking - Bu guruhda Koreya Kompaniyalarida ishlab kelayotgan Yurtdoshlarimiz o’z tajribalarini ulashishadi.

Facebook:

1. Koreyadagi O’zbekistonliklar - Talaba, Ishchi, tadqiqodchi va biznesmen kabi barcha soha vakillarini qamrab olgan guruh. Har bir post iloji boricha adminlar tomonidan tekshiriladi. Bilib bilmaganni so’rab o’rganadigan guruh.

2. Uzbek students in Korea - Bu guruh eng birinchilardan bo’lib ochilgan. Asosan talabalar so’rovlariga focus qaratilgan.

3. Koreyadagi F2 va F5 viza Egalari - Bu guruhni shaxsan o’zim ochganman. Facebook da Ingliz tilida o’xshash kanal bo’lib, juda ko’pchilikning shu kabi viza olishiga sababchi va turtki bo’lgan. Men esa, O’zbekchasini tadbiq qilgim keldi. U yerda qancha O’zbekistonliklar ushbu vizada ekanligi va statistik ma’lumotlar tor doiarada berib boriladi.

You Tube:

1. Qo’shtirnoq Podcast - Koreyaga oid sonlarini ko’ring. Koreyada uzoq yillar yashab yurgan yurtdoshlar na’zdidagi Koreya muhokama qilinadi.

2. Abdumalik Nabiyev - Koreys madaniyati, tili va Grantlar haqisa beminnat maslahat va darsliklar berib boriladigan kanal

3. Insaan Tajribasi - Bu kanal asosan talaba va o’qishni tamomlagandan so’ng ish faoliyatini yuritishdagi kerakli elementlar ma’lumotlar ulashiladi. O’qish va ishga joylashishdagi Tip larni ham topasiz.

4. WAYU Korea - Yuqoridagi tashkilot You Tube kanali bo’lib, nisbatan keng formatdagi video mamlumotlarni topasiz.

X tarmog’i (Twitter ) :

1. Kortwipl (Koreya sastap) - yangi guruh bo’lib, asosan yangiliklar va Koreyadagilarga oid ma’lumotlarni o’zaro almashish jamiyati.

Men kuzatganlarimni sizlar bilan ham ulashdim. Aminmanki, bu ro’yxat aslida keng. Shunchaki informatsiyaga to’lgan zamonda, eng keraklisini qabul qilishingizni xohladim.

Hurmat bilan,
Elyor Nurdinov

Manbaa: @Elyorbilan

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
Kechagi nutqimda aytib o'tgan kitoblar ro'yxati
@seul_global_markazi
Ish qidirish uchun foydali sayt va ilovalar
@seul_global_markazi
Vaqt sabab kechagi nutqimda ovqatlanish tartibini qoldirib ketibman.

Biz odatda ovqatlanib bo'lganimizdan keyin choy ichamiz yoki meva yeymiz.

Aslida bunday tartibda ovqatlanishimiz yegan ovqatdan olingan foydali fermentlarni tanaga yubora olmas ekan. Masalan, ovqatdan keyin mevani yesak, ovqat bilan meva aralashib meva aynishiga sabab bo'larkan. Bu sekin ichak florasi buzilishiga olib keladi. Ichak flora buzilishi asabga, tushkunlikka tushishga, miya faoliyati yaxshi ishlamasligiga ham sababchi bo'larkan.

Shuning uchun quyidagi tartibda ovqatlanish tanamiz uchun foydali ekan.

Ovqat yeyishdan oldin suv yoki choy ichish, keyin meva, keyin salat keyin taom yeyish oshqozon hazm bo'lishi, ichak florasi yaxshi ishlashiga yordam bo'larkan. Raqamlarda tartiblashtiradigan bo'lsak;

1- suv
2- meva
3- salat(ko'katlar)
4- taom

Bu ma'lumotni "ongli taomlanish kursi"da o'qigan edim.
@seul_global_markazi
U kungi ma'ruzadan keyin shunday bir ukamizdan savol tushgandi:

"Koreyada ijtimoiy tarmoqlar orqali Koreya haqida yolg'on ma'lumot tarqatadiganlarga qarshi bir chora bormi? Chunki ularning noto'g'ri ma'lumotidan boshqalar zarar ko'rishi mumkin?"

Bunga qarshi 2ta chora bor:

1-Chora Qonun bo'yicha ish tutish va uning bu ishi qonunga xilof ekanligini aytib o'sha odamning ham qonuniy saviyasini oshirish kerak.

Demak, Koreyada bunday holatlarda qonun quyidagicha ishlaydi.

Koreyada bunday holatlar tuhmat (명예훼손) yoki yolg‘on axborot tarqatish (허위사실 유포) sifatida baholanadi va quyidagi qonunlarga asoslanib jazolanadi:
1. Tuhmat va obro‘ga putur yetkazish (명예훼손)
Jinoyat kodeksi (형법)307-moddasi – agar kimdir yolg‘on axborot tarqatib boshqalarning obro‘siga zarar yetkazsa, qamoq jazosi yoki katta summadagi pul jarima solinishi mumkin
Axborot kommunikatsiya tarmoqlari qonuni (정보통신망법) 70-moddasi – internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda ham qamoq jazosi yoki katta summadagi pul jarima solinishi mumkin

2. Yolg‘on axborot tarqatish (허위사실 유포)
Agar yolg‘on ma’lumot jamoatchilikni aldash yoki jamiyatga zarar yetkazish uchun tarqatilgan bo‘lsa, shaxs Jinoyat kodeksi yoki Telekommunikatsiya qonuni asosida jazolanishi mumkin.
Davlat yoki hukumatga qarshi yolg‘on axborot tarqatish og‘irroq jinoyat sifatida baholanadi va kuchliroq jazolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: https://www.laserpro.or.kr:443/bbs/?t=4cB
Bu saytda to'liq shu haqida ma'lumot keltirilgan.

2-Chora Odamlarning media savodxonligini oshirish kerak.

Ko‘pchilik odamlar yolg‘on ma’lumotlarga ishonishining sababi – axborotni tahlil qilmasdan qabul qilishi hisoblanadi. Ma'lumotni o'qiyotganda o'ziga quyidagi savollarni berishini maslahat bergan bo'lardim.

1)Ma’lumot ishonchli manbadanmi yoki shunchaki mish-mishmi deb - Manbani tekshirish

2)Ma’lumot haqiqat ekanini isbotlaydigan dalillar bormi deb –Dalillarni so‘rash

3)Faqat bitta manbaga tayanmaslik, balki boshqa mustaqil manbalarni ham tekshirish -Turli manbalarni solishtirish

Xulosa shu kabi ilmlarimizni oshirsak, ancha sifatli kontentlar va ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda chiqishiga sababchi bo'lishimiz mumkin.

Savolni bergan ukamizga yana bir bor rahmat!

@seul_global_markazi
Assalomu alaykum, azizlar!
Ruxsat bersangiz, sizlarga u kungi tadbirdagi taasurotim bilan bo'lishsam....

Avvalambor, tadbirni tashkillashtirgan
Haksenguz va Wayuga yana bir bor o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Tadbir davomida meni xursand qilgan 2ta jihatga e'tibor berdim:

Birinchisi, BIZ BIRLASHA OLAYOTGANIMIZ bo'lgan bo'lsa,

Ikkinchisi, kelganlarning ko'zida BILIM OLISHGA ISHTIYOQ borligi bo'ldi.

Hozirgi kunda bilganim Haksenguz, Wayudan tashqari, Pusanda faoliyatlarini olib borayotgan
BUSA uyushmasi ham faollardan tashkil topgan uyushma hisoblanadi.


Biz Koreyaga kelgan paytlar(2009)da bunday uyushmalar yo'q edi. Seul Global Markaziga yangi ishga kirgan paytlarim(2011) ham yo'q edi. Boshqa davlatlarning uyushmalarining aktivligini ko'rib doim havasim kelardi.

Shu tarzda davom ettirib borsak, o'ylaymanki, yaqin bir kelajakda juda faol, bilimli, tajribali vatandoshlarimiz kundan kunga ko'payib boraveradi, InshaAlloh! Shu bilan birga O'zbekiston imidjini ham o'zgartira olamiz!

Bir-birimizga olingan ilm va tajribalarimizni jadal ulashib borsak, ya'ni yuqtirib borsak, kuchli salohiyatga ega bo'lgan jamiyatni barpo etgan bo'lamiz!

Aslida hammamizga yashirilgan kuchli salohiyat bor, lekin, ammo, biroq, bilmay yuramiz, o'zimizni topishga intilsak, kuchli salohiyatimiz borligiga o'zimiz ham hayron bo'lib qolamiz:)😳

Hurmat ila Shahnoza~
@seul_global_markazi
U kungi nutqimdagi 2ta xulosa bilan bo'lishaman:)
@seul_global_markazi
Forwarded from WAYU Korea
“We are Uzbeks” – BUSA jamoasidan Yangi Ommabop Loyiha!

Assalomu alaykum, do‘stlar! Biz siz bilan O‘zbekiston madaniyatini butun dunyoga tanitish uchun yangi bir yo‘nalishga qadam qo‘ydik!

“We are Uzbeks” – bu o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini interaktiv tarzda taqdim etadigan loyiha. Biz turli mamlakatlardagi insonlar bilan suhbatlashamiz, ularning O‘zbekiston haqidagi bilimlarini sinab ko‘ramiz va qiziqarli tajribalar orqali yaqinroq tanishtiramiz.

📍Loyihamizda:

🎤 Chet elliklarning O‘zbekiston haqidagi fikrlari va taassurotlari
📖 Ularning o‘zbek tilidagi so‘zlarni talaffuz qilishga urinishlari
🤩 Kutilmagan reaksiyalar va qiziqarli lahzalar
🤝 O‘zbekiston va dunyo madaniyatining umumiy jihatlari va farqlarini ko’rishingiz mumkin!

M
aqsadimiz – O‘zbekistonni samimiylik, do‘stlik va qiziqarli kontent orqali dunyoga tanitish!

🔔 Birinchi epizod tayyor! Tez orada siz bilan baham ko‘ramiz! Kuzatishda davom eting!

BUSA — kuch birlikda!

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
BUSA jamoasi yaxshi loyihani o'ylab topibdi! Loyihalari ilohim bardavom bo'lsin!

Shaxsan o'zim ham musofir yurtda ancha yil yashab tilimizning o'z qadr-qiymati borligini angladim. Balki O'zbekistonda yashab yurganimda buni sezmasdim. Kim bilsin, balki, ruscha yoki inglizcha aralashtirib gaplashib yurarmidim.

Tilimiz qadri men uchun Alloh bilan bog'lanishda ekanligini topdim. Masalan, bitta "Assalomu alaykum" deb salomlashganimizda Allohning As-Salam ismini zikr qilib qo'yishimiz orqali ofiyat, tinchlik, xotirjamlik xislatiga ega bo'lishimiz yoki biron kishi yaxshi ish qilib qo'ysa, "Alloh rozi bo'lsin" deb duo qilib qo'yishimiz tilimizning qadr-qiymatini bildiradi. Biz nafaqat til vositasida gaplashyapmiz, balki bir- birimizni duo qilib ham qo'yapmiz.

Boshqa tilda bormi shunday xislat?
E'tibor berganim, turkiy, fors, arab tillarida bor ekan.

Shaxsan o'zimga eng yoqqadigan so'z- iboramiz "Alloh rozi bo'lsin", o'sha vaqtda kayfiyatim bo'lmaydimi yoki charchagan bo'lamanmi shu iborani eshitganimdan birdan kayfiyatim ko'tariladi. Menda boshqa til egalari bilan gaplashganda bunday holat yuz bermaydi:)
Shundan keyin o'zim ham kundalik hayotimda yaqinlarimga va boshqalarga shu so'z iborasini ulashadigan bo'ldim.

Tilimizni boshqa tillar bilan aralashtirmasak, uning sofligini saqlashga harakat qilsak, xudo xohlasa o'zimizni topishga ijobiy natijaga erishamiz!
@seul_global_markazi
2025/04/08 12:36:01
Back to Top
HTML Embed Code: