Telegram Web Link
Shuningdek,
Oʻz yigitlik burchini aʼlo darajada oʻtab ota-onasi va vatani tinchligi uchun oz boʻlsada hissasini qoʻshib munosib tarzda muddatli harbiy xizmatni ado etib kelgan va hozirda harbiy tavsiyanoma asosida ta'lim olayotgan barcha talabalarni, shuningdek,yurtimizdagi barcha er-yigitlarni ham muborakbod etamiz!
Yurtimiz rivojida hammamiz oʻz hissamizni,ulushimizni qoʻshaylik azizlar!..
#Yangiliklar

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bunga qadar u Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Demak, amaldagi vazir Inomjon Madjidov lavozimidan ozod etilgani rasman o‘z isbotini topdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u O‘zMU rektori bo‘lishi kutilmoqda.

Manba

🏛T.me/SamDU_Talabalari
⚡️РАСМАН: Абдуқодир Тошқулов олий ва ўрта махсус таълим вазири этиб тайинланди

2021 йил 14 январдаги 6141-сонли Президент Фармонига асосан Абдуқодир Ҳамидович Тошқулов Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазири лавозимига тайинланди.

Шунингдек, Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарорлари билан:

Иномжон Уришевич Мажидов Ўзбекистон Миллий университети ректори (15-сон, 14.01.2021 й);

Ўктам Раҳимович Саломов Фарғона политехника институти ректори (14-сон, 14.01.2021 й);

Авазжон Раҳимович Мараҳимов Термиз давлат университети ректори (15-сон, 14.01.2021 й) лавозимига тайинланди.


👉 @SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🌹🤲🍀ЖУМА АЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!💐🌻🌺

Қалбимиз тўрида иймон порласин
Мусулмон халқини Аллоҳ асрасин
Бу ғариб қалбимиз нурларга тўлсин
Жума аёмингиз муборак бўлсин!

Ҳафтанинг муборак кунида азизлар,
Қалбингиз иймон нурига тўлсин.
Меҳрибон онажон, қадрли отам,
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Яратган Роббимга ҳамду санолар,
Унинг Расулига бўлсин дуолар.
Исму амалингиз Жаннатда турсин,
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Муборак Жумага етказди Аллоҳ,
Кимгадир армон бўлди бу кунни кўрмоқ,
Яратганга шукур айлаб сўрайлик паноҳ,
Келаси Жумага ҳам етказсин Аллоҳ!

🏛T.me/SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ассалому алайкум!

Гўзал жаннат бизга бўлмасин армон,
Тарк этмасин сира қалбларни иймон.
Бу кун савобидан насиб айласин,
ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин!!!


🏛T.me/SamDU_Talabalari
Oʻzbekiston Talabalar Assotsiatsiyasiga prezident tayinlandi. Unga koʻra Kamilla Mardonova assotsiatsiya prezidenti lavozimida faoliyat olib boradigan boʻldi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Kamilla Mardonova bugunga qadar Yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti Tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash yo'nalishi yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

👉 @Talabalar_Assotsiatsiyasi 👈
Forwarded from Masofatalim
sejda.com – PDF fayllarini o'zgartirish muammo emas! Bu sayt orqali PDF fayllarni bemalol o'zgartirish, tahrirlash va qaytadan saqlab olish mumkin, tez va oson.

pdf2go.comPDF fayllarning aslini saqlagan holda wordga va boshqa shakllarga o'tkazish mumkin. Shuningdek, PDF fayllarni tahrirlash va o'zgartirish imkoni ham bor.

Darvoqe, kurs ishi, mustaqil ish, referatlar va boshqalarda talabalar uchun judayam asqatishi mumkin bo'lgan saytlar. Asosiysi saytlar bepul xizmat ko'rsatadi :)

#foydali

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
#hikmatli


“Sabr qil!
Gar nasibing bo‘lsa, qismat bo‘ladi.
Imtihoning bo‘lsa, jannat bo‘ladi.” 🍃🍃🍃


Mavlono Rumiy

🏛T.me/SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!💐

Бошлаб олган янги кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🍃 Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат.
🍃 Ибодатлар гуноҳларга бўлсин каффорат.
🍃 Ҳажга бориб Байтуллоҳни айланг зиёрат.
🍃 Борар манзилингиз бўлсин Фирдавси Жаннат.
🍃 Жаннатнинг хушбўйлардан бўлинг баҳраманд.
🍃 Дуодадир сиз учун қалбим ҳар соат.
🍃 Дуоларим Парвардигор этсин ижобат.
🍃 Хонадонни тарк этмасин файзу-барокат!

🤲 Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин! Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

🌹💐🌞XАЙРЛИ КУН!😊💐🌹

🏛T.me/SamDU_Talabalari
Baʼzi ayollar eng koʻp beradigan savol va ularning javobi:
1. Oʻzi hayotda haqiqiy erkaklar bormi?
2. Ular boʻlsa, qayerda?
3. Nega men nuqul pastkash va eshshaklarga yoʻliqaman?
Javoblar:
1. Ha. Haqiqiy erkaklar bor.
2. Ular haqiqiy ayollar oldiga ketgan.
3. Chunki qushlar ham oʻziga hamjinslar bilan parvoz qiladi.


Mubashshir Ahmad
“Olim, odam va olam” kitobidan


🏛T.me/SamDU_Talabalari
​​Yo Alloh! 

Bizga rahmating eshiklarini, rizqing xazinalarini, bandalaring qalblarini ochgin. O‘zingdan boshqa birortaning qo‘liga hojatimizni tushirib qo‘ymagin!

Yo Alloh! 

Bemorlarimizga shifo, qarzdorlarimizga najot bergin, mushkuli borlarning mushkulini oson, hojatmandlarning hojatini ravo qilgin, musofirlarning safarlarini bexatar, o‘zlarini istiqomatda bardavom qilgin. 

Yo Alloh! 

Farzand talabidagilarga ko‘zlarini quvontiradigan zurriyodlar, ilm talabidagilarga foydali ilm bergin, oila qurmoqchi bo‘lganlarga solih-soliha juftlarni ro‘baro‘ qilgin.

Yo Alloh! 

Bizni to‘satdan azoblamagin.  
Gʻaflatga botgan paytimizda jonimizni olmagin. 
O‘limimizdan oldin bizga gunohlarimizdan tavba qilib olishimiz uchun muhlat bergin. 
Xotimamizni go‘zal qilgin. 

Yo Alloh! 

Yo‘qotganlarimizni mag‘firat etgin. Ajrlarini ko‘paytirib bergin. 
Xatolarini o‘chirib yuborgin. 
Qabrlarini nurga to‘ldirib, jannat bog‘laridan bir bog‘cha qilgin.

Yo Alloh! 

Duolarimizni farishtalarning duo qiladigan paytlariga moslashtirib qo‘ygin va ijobat qilgin.
🤲


🏛T.me/SamDU_Talabalari
​​Oson deb o‘ylamang erkak zotiga...


Oson deb o‘ylamang erkak zotiga,
Bir umr mung'ayib o'tishi mumkin.
Gar minsa u G'azab otiga,
Shaytonni bo‘g'zidan bo‘g'ishi mumkin.

Azaldan podshoga berilmas buyruq,
Erkakni erkidan buling ehtiyot.
Ehtimol ayolday 40ta joni yo'q,
Lek sabri sanalsa 40mingdan ziyod.

Oson tutmang sira erkak zotiga
Hayoti shamolday hayoldan tezroq.
Yuzga ajin tushar aso beliga
Sochlari oqarar ayoldan tezroq.

Eh biz ojizalar haqiqat qani
Deymiz mehr sizga bizdan yuqqan
Unutib gohida chap qovurg'ani
Aytamiz erkakni ayol tuqqan.

Siz onasiz, siz yorsiz gulgunyanoqsiz
Chiroyingiz chandon oy bisotidan
Ehtimol podsholar chiqqan sanoqsiz
Lek Payg'ambar chiqmagan ayol zotidan.

Ermak qilmang sira erkak qalbini,
Ko‘nglidayin ko‘rkam bog' yo‘q siz uchun.
Kezing yetti dunyo qir-u adirni
Uning yelkasiday tog' yo'q siz uchun.

Tilsa faqat qalbin tilar u
Lek jafo jahtida tig'lay olmaydi
Azob uqubatni dardni bilar u
Lek bizdayin hech ham yig'lay olmaydi.

Oson tutmang sira erkak zotiga
Siz suyguncha ko'ngli so‘lib bulgandir.
Joni fido aylang g'azab otiga,
Kulib kulib har kun o‘lib yashaydi.


🏛T.me/SamDU_Talabalari
#Hushxabar
#ajoyib_yangilik
#Oliy_talim
#Prezident_Universiteti



⚡️⚡️⚡️Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.

Kanalga ulanish:
➡️ 🏛@SamDU_Talabalari
-Odamning tabiati juda g'alati-da,- debdi bir donishmand, - davlati qo'ldan ketsa qayg'uradi-yu, ammo umri behuda o'tib ketayotganiga aslo parvo qilmaydi.

©Abul Faroj

🏛T.me/SamDU_Talabalari
#Yangiliklar

Samarqand davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev bilan uchrashdi.

🏛@SamDU_Talabalari
#happy_birthday

Assalomu alaykum!
Bugun Kanalimiz asoschisi,
Samarqand davlat universiteti yoshlar ittifoqi faol talabalaridan biri boʻlmish
#Sheralibek_Baxtiyorovich_Ostonovni tavallud ayyomlari kuni munosabati bilan biz adminlar jamoasi va Kanalimiz kuzatuvchilari nomidan u kishini chin koʻngildan tabriklaymiz!
Unga barcha ezgu maqsad va istaklariga erishishiga tilakdoshmiz!
Hamisha eng baxtli insonlar safida boʻling deymiz👏👏👏

Happy birthday dear Mr.Sheralibek🥳🎂

Kanal maʼmuriyati

T.me/SamDU_Talabalari
📌 Pandemiya bahonasida oliy ta’limda nimalar o‘zgarishi kerak?

Koronavirus pandemiyasi juda ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham qotib qolgan stereotiplarni parchalab tashladi. "Buning iloji yo‘q" deya qarshilik ko‘rsatilgan ko‘p ishlar o‘z-o‘zidan amalga oshib ketdi.

Birgina onlayn hujjat qabul qilish tizimini misol keltirish mumkin. Bakalavrga ham, magistrga ham, kollej-texnikumlardan tortib maktab-liseylarga ham, o‘qishni ko‘chirishu ikkinchi mutaxassislikka ham onlayn hujjat qabul qilindi. Ayrim kamchiliklarni aytmasa, hech bir muammo bo‘lgani ham yo‘q.

Xo‘sh, shunday ekan, yana boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish payti kelmadimikin? Masalan, men quyidagilarni taklif qilaman:

1️⃣ Majburiy formani bekor qilish — pandemiya paytida hamma uyda o‘qidi va talabalar uyida istalgan kiyimida yurishibdi. Bundan kelib chiqadiki, kiyim talabaning bilimiga ta’sir o‘tkazadigan faktor emas. Oq ko‘ylak, qora shim, galstuk va uzun paypoq kiysa aqlli talaba yoki shularni kiymasa ahmoq talabaga aylanib qolmasligini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Ertalabdan eshikni tagida turvolib, galstugi yo‘q yoki ko‘ylagining rangi boshqacha talabalarni to‘xtatib, tushuntirish xati olib o‘tiradigan ma’naviyat zamdekanlarning ishi ham ta’lim sifatiga biror foydasi tegmasligini tushundik.

Bas, shunday ekan, butun oliy ta’lim tizimida majburiy formani bekor qilsak nima bo‘ladi? Nima o‘zgaradi? Hech narsa!

Albatta, majburiy formani bekor qilish deganda, ayrimlar darrov ko‘rpani o‘ziga tortib, vahimani boshlamasin. Talabalar haddidan oshmasligi uchun kiyimga qo‘yilgan ayrim cheklovlar baribir saqlanib qoladi, bu barcha joyda bor. Ammo bu cheklov mantiqiy va kichik bo‘ladi va talabada erkinlik ko‘proq bo‘lishi kerak.

2️⃣ Majburiy davomatni bekor qilish — masofaviy darslar ko‘rsatib turibdiki, talaba jismonan biror darsda bo‘lmasligi juda katta fojia emas. U mustaqil o‘zi o‘rganib, dars materiallari bilan tanishib, berilgan mavzuni o‘zlashtirishi ham mumkin. Talabaning burnidan ip o‘tkazib, auditoriyaga majburan mixlab qo‘yib, uni o‘qitishga urinish anchayin zamondan orqada qolgan metodlardan ekanligini pandemiya isbotlab qo‘ydi. Aksincha mustaqil ta’limga katta urg‘u berish, o‘qituvchilar asosan to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatishi lozimligi, ya’ni talabaga muayyaan muammoning tayyor yechimini aytish emas, balki o‘sha muammoni qanday qilib yechish yo‘llarini o‘rgatish kerakligini tushunyapmiz.

Xo‘sh, shunday ekan, nima uchun oliy ta’lim tizimida majburiy davomat tizimini bekor qilmaymiz? An’anaviy o‘qishlar boshlangandan keyin, kim istasa darsga kelsin, istamasa onlayn o‘zi mustaqil o‘qisin, lekin asosiysi oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirishiga ko‘zi yetsa bo‘ldi, desak nima bo‘ladi? Ta’lim tizimimiz barbod bo‘ladimi? Yoki biror fojia ro‘y beradimi? Hech narsa bo‘l-may-di!!! Bu hammasi quruq gap, quruq safsata.

3️⃣ Haftasiga besh kunlik o‘qish tizimiga o‘tish — yana o‘sha yuqoridagi gap. Talabalani majburlab butun hafta davomida universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri va eskirgan metod. Bugungi zamon boshqa, talablar boshqa.

Masalan, barcha oliy ta’lim tizimi besh kunlik rejimga o‘tsa va o‘quv rejalarini shunga moslashtirsa, nima o‘zgaradi? Yoki talabalarimizning bilimi pasayib ketadimi (bundan ortiq yana qayoqqa pasayishi mumkin, hayronman)? Kimdir shu savolga aniq, faktlar bilan javob qaytara oladimi? Aniq ishonch bilan ayta olamanki, bu ham ta’liming tepasida turganlarning asossiz qo‘rquvi xolos.

4️⃣ Konspekt talab qilish — ortiqcha izoh berishim shartmas, shunchaki hozir 2021-yil ekanligini eslatib qo‘ymoqchiman xolos.

Muallif: Xushnudbek

Do'stlaringizga ulashing🏛
T.me/SamDU_Talabalari
2024/09/30 14:23:02
Back to Top
HTML Embed Code: