Telegram Web Link
SamDU Talabalari
"14 январь – Ватан ҳимоячилари куни"
Shu fursatdan foydalanib,
Kanalimiz ma'murlari va rasmiylari nomidan yurtimiz posbonlarini,mard,jasur va dovyurak hamda xalqimizga tinch-totuvlikni ta'minlayotgan barcha Vatanimiz himoyachilarini chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Hamisha yurtimiz tinchligi yoʻlida oliy burchini muvaffaqiyatli bajarishlarida tilakdosh boʻlib qolamiz!

Hurmat bilan
Kanal administratori:

©#Sheralibek_Ostonov

Safimizga qoʻshiling⤵️
🏛T.me/SamDU_Talabalari
Shuningdek,
Oʻz yigitlik burchini aʼlo darajada oʻtab ota-onasi va vatani tinchligi uchun oz boʻlsada hissasini qoʻshib munosib tarzda muddatli harbiy xizmatni ado etib kelgan va hozirda harbiy tavsiyanoma asosida ta'lim olayotgan barcha talabalarni, shuningdek,yurtimizdagi barcha er-yigitlarni ham muborakbod etamiz!
Yurtimiz rivojida hammamiz oʻz hissamizni,ulushimizni qoʻshaylik azizlar!..
#Yangiliklar

⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bunga qadar u Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Demak, amaldagi vazir Inomjon Madjidov lavozimidan ozod etilgani rasman o‘z isbotini topdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, u O‘zMU rektori bo‘lishi kutilmoqda.

Manba

🏛T.me/SamDU_Talabalari
⚡️РАСМАН: Абдуқодир Тошқулов олий ва ўрта махсус таълим вазири этиб тайинланди

2021 йил 14 январдаги 6141-сонли Президент Фармонига асосан Абдуқодир Ҳамидович Тошқулов Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазири лавозимига тайинланди.

Шунингдек, Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарорлари билан:

Иномжон Уришевич Мажидов Ўзбекистон Миллий университети ректори (15-сон, 14.01.2021 й);

Ўктам Раҳимович Саломов Фарғона политехника институти ректори (14-сон, 14.01.2021 й);

Авазжон Раҳимович Мараҳимов Термиз давлат университети ректори (15-сон, 14.01.2021 й) лавозимига тайинланди.


👉 @SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙🌹🤲🍀ЖУМА АЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!💐🌻🌺

Қалбимиз тўрида иймон порласин
Мусулмон халқини Аллоҳ асрасин
Бу ғариб қалбимиз нурларга тўлсин
Жума аёмингиз муборак бўлсин!

Ҳафтанинг муборак кунида азизлар,
Қалбингиз иймон нурига тўлсин.
Меҳрибон онажон, қадрли отам,
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Яратган Роббимга ҳамду санолар,
Унинг Расулига бўлсин дуолар.
Исму амалингиз Жаннатда турсин,
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

Муборак Жумага етказди Аллоҳ,
Кимгадир армон бўлди бу кунни кўрмоқ,
Яратганга шукур айлаб сўрайлик паноҳ,
Келаси Жумага ҳам етказсин Аллоҳ!

🏛T.me/SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ассалому алайкум!

Гўзал жаннат бизга бўлмасин армон,
Тарк этмасин сира қалбларни иймон.
Бу кун савобидан насиб айласин,
ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин!!!


🏛T.me/SamDU_Talabalari
Oʻzbekiston Talabalar Assotsiatsiyasiga prezident tayinlandi. Unga koʻra Kamilla Mardonova assotsiatsiya prezidenti lavozimida faoliyat olib boradigan boʻldi

Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Kamilla Mardonova bugunga qadar Yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti Tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash yo'nalishi yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

👉 @Talabalar_Assotsiatsiyasi 👈
Forwarded from Masofatalim
sejda.com – PDF fayllarini o'zgartirish muammo emas! Bu sayt orqali PDF fayllarni bemalol o'zgartirish, tahrirlash va qaytadan saqlab olish mumkin, tez va oson.

pdf2go.comPDF fayllarning aslini saqlagan holda wordga va boshqa shakllarga o'tkazish mumkin. Shuningdek, PDF fayllarni tahrirlash va o'zgartirish imkoni ham bor.

Darvoqe, kurs ishi, mustaqil ish, referatlar va boshqalarda talabalar uchun judayam asqatishi mumkin bo'lgan saytlar. Asosiysi saytlar bepul xizmat ko'rsatadi :)

#foydali

Kanalga ulanish:
➡️ @masofatalim
#hikmatli


“Sabr qil!
Gar nasibing bo‘lsa, qismat bo‘ladi.
Imtihoning bo‘lsa, jannat bo‘ladi.” 🍃🍃🍃


Mavlono Rumiy

🏛T.me/SamDU_Talabalari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!💐

Бошлаб олган янги кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!

🍃 Дилда иймон, тилда бўлсин зикр саловат.
🍃 Ибодатлар гуноҳларга бўлсин каффорат.
🍃 Ҳажга бориб Байтуллоҳни айланг зиёрат.
🍃 Борар манзилингиз бўлсин Фирдавси Жаннат.
🍃 Жаннатнинг хушбўйлардан бўлинг баҳраманд.
🍃 Дуодадир сиз учун қалбим ҳар соат.
🍃 Дуоларим Парвардигор этсин ижобат.
🍃 Хонадонни тарк этмасин файзу-барокат!

🤲 Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин! Аллоҳнинг паноҳида бўлинг!

🌹💐🌞XАЙРЛИ КУН!😊💐🌹

🏛T.me/SamDU_Talabalari
Baʼzi ayollar eng koʻp beradigan savol va ularning javobi:
1. Oʻzi hayotda haqiqiy erkaklar bormi?
2. Ular boʻlsa, qayerda?
3. Nega men nuqul pastkash va eshshaklarga yoʻliqaman?
Javoblar:
1. Ha. Haqiqiy erkaklar bor.
2. Ular haqiqiy ayollar oldiga ketgan.
3. Chunki qushlar ham oʻziga hamjinslar bilan parvoz qiladi.


Mubashshir Ahmad
“Olim, odam va olam” kitobidan


🏛T.me/SamDU_Talabalari
​​Yo Alloh! 

Bizga rahmating eshiklarini, rizqing xazinalarini, bandalaring qalblarini ochgin. O‘zingdan boshqa birortaning qo‘liga hojatimizni tushirib qo‘ymagin!

Yo Alloh! 

Bemorlarimizga shifo, qarzdorlarimizga najot bergin, mushkuli borlarning mushkulini oson, hojatmandlarning hojatini ravo qilgin, musofirlarning safarlarini bexatar, o‘zlarini istiqomatda bardavom qilgin. 

Yo Alloh! 

Farzand talabidagilarga ko‘zlarini quvontiradigan zurriyodlar, ilm talabidagilarga foydali ilm bergin, oila qurmoqchi bo‘lganlarga solih-soliha juftlarni ro‘baro‘ qilgin.

Yo Alloh! 

Bizni to‘satdan azoblamagin.  
Gʻaflatga botgan paytimizda jonimizni olmagin. 
O‘limimizdan oldin bizga gunohlarimizdan tavba qilib olishimiz uchun muhlat bergin. 
Xotimamizni go‘zal qilgin. 

Yo Alloh! 

Yo‘qotganlarimizni mag‘firat etgin. Ajrlarini ko‘paytirib bergin. 
Xatolarini o‘chirib yuborgin. 
Qabrlarini nurga to‘ldirib, jannat bog‘laridan bir bog‘cha qilgin.

Yo Alloh! 

Duolarimizni farishtalarning duo qiladigan paytlariga moslashtirib qo‘ygin va ijobat qilgin.
🤲


🏛T.me/SamDU_Talabalari
​​Oson deb o‘ylamang erkak zotiga...


Oson deb o‘ylamang erkak zotiga,
Bir umr mung'ayib o'tishi mumkin.
Gar minsa u G'azab otiga,
Shaytonni bo‘g'zidan bo‘g'ishi mumkin.

Azaldan podshoga berilmas buyruq,
Erkakni erkidan buling ehtiyot.
Ehtimol ayolday 40ta joni yo'q,
Lek sabri sanalsa 40mingdan ziyod.

Oson tutmang sira erkak zotiga
Hayoti shamolday hayoldan tezroq.
Yuzga ajin tushar aso beliga
Sochlari oqarar ayoldan tezroq.

Eh biz ojizalar haqiqat qani
Deymiz mehr sizga bizdan yuqqan
Unutib gohida chap qovurg'ani
Aytamiz erkakni ayol tuqqan.

Siz onasiz, siz yorsiz gulgunyanoqsiz
Chiroyingiz chandon oy bisotidan
Ehtimol podsholar chiqqan sanoqsiz
Lek Payg'ambar chiqmagan ayol zotidan.

Ermak qilmang sira erkak qalbini,
Ko‘nglidayin ko‘rkam bog' yo‘q siz uchun.
Kezing yetti dunyo qir-u adirni
Uning yelkasiday tog' yo'q siz uchun.

Tilsa faqat qalbin tilar u
Lek jafo jahtida tig'lay olmaydi
Azob uqubatni dardni bilar u
Lek bizdayin hech ham yig'lay olmaydi.

Oson tutmang sira erkak zotiga
Siz suyguncha ko'ngli so‘lib bulgandir.
Joni fido aylang g'azab otiga,
Kulib kulib har kun o‘lib yashaydi.


🏛T.me/SamDU_Talabalari
#Hushxabar
#ajoyib_yangilik
#Oliy_talim
#Prezident_Universiteti



⚡️⚡️⚡️Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.

Kanalga ulanish:
➡️ 🏛@SamDU_Talabalari
-Odamning tabiati juda g'alati-da,- debdi bir donishmand, - davlati qo'ldan ketsa qayg'uradi-yu, ammo umri behuda o'tib ketayotganiga aslo parvo qilmaydi.

©Abul Faroj

🏛T.me/SamDU_Talabalari
#Yangiliklar

Samarqand davlat universiteti Yoshlar yetakchisi Allayor Norboyev Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev va O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev bilan uchrashdi.

🏛@SamDU_Talabalari
#happy_birthday

Assalomu alaykum!
Bugun Kanalimiz asoschisi,
Samarqand davlat universiteti yoshlar ittifoqi faol talabalaridan biri boʻlmish
#Sheralibek_Baxtiyorovich_Ostonovni tavallud ayyomlari kuni munosabati bilan biz adminlar jamoasi va Kanalimiz kuzatuvchilari nomidan u kishini chin koʻngildan tabriklaymiz!
Unga barcha ezgu maqsad va istaklariga erishishiga tilakdoshmiz!
Hamisha eng baxtli insonlar safida boʻling deymiz👏👏👏

Happy birthday dear Mr.Sheralibek🥳🎂

Kanal maʼmuriyati

T.me/SamDU_Talabalari
2024/09/30 22:12:50
Back to Top
HTML Embed Code: