Telegram Web Link
📌 Stipendiya oshdi, lekin kontraktlar oshmas ekan. Buning tartibi qanday bo‘ladi?

1 fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingan edi. Qoidaga ko‘ra, OTMlarning to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan edi va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berdi. Ikkinchisi, 1 fevraldan ish haqlari oshiriladigan taqdirda ham joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligini belgilab qo‘ydi.

Bu talabalar va ularning ota-onalari uchun sezilarli darajada yaxshi qaror.

Endi hozirgi holatdan kelib chiqib, ayrim talabalarda savol paydo bo‘lmoqda, ya’ni stipendiya oshsayu, kontrakt oshmasa, buning tartibi qanday bo‘ladi?
Shu bo‘yicha o‘z fikrimni bildirib o‘tmoqchi edim. Demak, holat quyidagicha:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasining bazaviy stipendiyasi 10%ga oshirilib, 42 ming 800 so‘m qo‘shiladi, ya’ni 470 ming 800 so‘m (avval 428 ming so‘m edi) etib belgilanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni 564 ming 960 so‘m (avval 513 ming 600 so‘m edi) miqdorida stipendiya tayinlanadi.


2️⃣ Stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

👉 ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan;

👉 bunday vaziyatda oshirilgan stipendiya olish uchun, ular kontraktiga qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni fevraldan boshlab 7 oy uchun 42 ming 800 so‘mdan hisoblaganda jami 299 ming 600 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak. Ana shunda ular o‘quv yili oxirigacha oshirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 so‘mni olishi mumkin bo‘ladi;

👉 agar stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20% ustama oladi. Mana shu 20% qo‘shimcha rag‘batlantirish 1 fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boshqacha aytganda talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha 94 ming 160 so‘m rag‘batlantirish oladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas, faqat sessiyani "5" bahoga yopsa kifoya.


3️⃣ Stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

👉 ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

👉 agar stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 so‘m (ilgari 85 ming 600 so‘m edi) stipendiya oladi. Demak, 10% ko‘tariladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas;

👉 qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hozirgidek qoladi.

Muallif: Xushnudbek

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL | Instagram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Бугун Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги – ЎзА томонидан ўтказилган “Йил танлови” ғолиблари тантанали равишда тақдирланди. Танловнинг асосий номинациялари ғолиблари 50 нафардан ошиқ журналист ва блогерларнинг берган овозига кўра аниқланган. Шунингдек, ижтимоий тармоқларда очиқ ўтказилган сўровномалар натижалари ҳам ҳисобга олинган.

Айрим ғолиблар билан танишинг:

Йил одами — Расул Кушербаев, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати;

Йил қаҳрамонлари — Пандемия даврида ҳалок бўлган шифокорлар (рамзий эсдаликни соғлиқни сақлаш вазирининг биринчи ўринбосари Амрилло Иноятов қабул қилди);

Йилнинг энг намунали вазирлиги — Адлия вазирлиги;

Йилнинг энг ижтимоий фаол фуқароси — Махирова Ақида Абидовна (Ақида хоним);

Йилнинг энг фаол матбуот котиби — Фурқат Санаев, Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот котиби;

Йил янгилиги - Прописка тизимининг ислоҳ қилиниши;

Йилнинг энг намунали ҳудуди - Самарқанд вилояти.

Танловнинг қолган номинациялар ғолиблари билан www.uza.uz сайтида танишишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈
​​#MOTIVATION_TIME

• Har safar oldingizga qoʻygan bir maqsadni amalga oshirgach oʻzingizni mukofotlashni unutmang. Negaki bu maqsadga erishguncha oz muncha mehnat qilmadingiz. Shundan soʻng sizga keyingi maqsadingizni amalga oshirish uchun yana ham kuchli shijoat yana ham kuchli energiya keladi.
Mukofot katta boʻlishi shar emas siz oʻzingiz yoqtirgan taomni tanavvul qilishingiz yoki biron yerga borib dam olib hordiq chiqarishingiz ham mumkin.

• Har safar maqsadga erishganingizda oʻzingizni qanday his qilayotganingizni yozing. Negaki keyingi maqsadingizni amalga oshirish uchun qiynalgan paytingiz bu yozuvlarni oʻqib gʻalaba ruhini oʻzingizga qaytarishingiz mumkin.

• Biron ishni boshlash uchun ayni bir muddat masalan ertaga indinga yoki kechroq degan soʻzlarni unuting. Aks holda siz uni hech qachon bajarmaysiz. Ertaga deganingiz indinga indinga deganingiz keyingi hafta u esa keyingi oyga va h.k larga choʻzilib ketaveradi. Siz nimani reja qilgan boʻlsangiz uni bugun ya'ni aynan hozir boshlang
.

@SamDU_Talabalari
⚡️Oʻqishga kirishda yana bir imtiyoz: mahalla xodimlari ham tavsiyanoma asosida OTMga kiradi

Hukumat qaroriga koʻra, mahalla tizimida 3 yillik stajga ega, egallab turgan lavozimida 1 yildan beri ishlayotgan xodimlarga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomalar beradi. Tavsiyanoma olganlar “Ijtimoiy ish” (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)» bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga sirtqi taʼlimga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Mahalla xodimlari tavsiyanoma bilan kirish imtihonini ham topshirgan holda oʻqishga qabul qilinadi. Ular boshqa yoʻnalishga oʻqishini koʻchira olmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook
📣Тадқиқотчи ЁШЛАР қанисизлааар...?

😉 Бир ўқ билан икки қуённи урамиз. Қандай дейсизми? Хоззир билиб оласизда!

🔥🤩 Айнан сиз учун навбатдаги, ажойиб ИМКОНИЯТГА эга бўлган конференция дастурини кутиб олинг‼️

🔴 Tadqiqot.uz Халқаро илмий
журналлар портали “Ўзбекистоннинг умидли ёшлари” мавзусидаги Республика илмий талабалар, магистрлар ва ёш-тадқиқотчилар
масофавий конференциясини эълон
қилади, хамда конференция иштирокчиларидан энг фаол 5 нафар номзод саралаб олинади ва
тақдирланади.

🥇1-ўрин 1 миллион сўм Ваучер
🥈2-ўрин 500.000 сўм Ваучер
🥉3-ўрин 300.000 сўм Ваучер
🎖4-ўрин 200.000 сўм Ваучер
🎖5-ўрин 100.000 сўм Ваучер

🔖 Ушбу Ваучер (сертифкатда кўрсатилган сумма) tadqiqot.uz порталидаги барча хизматлардан фойдаланиш имконини
беради.

🤗 Ғолиблар дипломда келтирилган рақам орқали тасодифий дастур билан аниқланадилар.

Конференсия санаси:
20.01.2021 йил соат 11:00да

😎 Кўрдингизми, нима дегандим ана сизга икки қуённи уриш. Бир ТЕЗИС билан хам конференция иштирокчиси бўлинг, хам ажойиб ютуқ эгасига айланинг!

🔰 Конференцияда иштирок этиш учун рўйхатдан ўтинг:
📬 @tadqiqot_otabek
Xujjatlari kelib buyrug'i chiqgan talabalar ro'yxati
Forwarded from SamDU jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalom alaykum hurmatli moodle foydalanuvchilari!!!
2021-yil yanvar oyidan boshlab SamDU Sirtqi 5 yillik, Maxsus sirtqi va 2-oliy ta'lim talabalari uchun darslar smt.samdu.uz (Samarqand Davlat Universiteti Sirtqi(maxsus sirtqi) bo'limining Moodle masofaviy ta'lim platformasi) da davom etadi.
⚡️Samarqandda "Kelajak liderlari" klubi tashkil etiladi.

❗️ Bu haqda Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “Kelajak liderlari” mavzusida yoshlar, xususan, Samarqand davlat universiteti lider talabalari bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Xasanov tomonidan ma'lumot berildi.

👉 Viloyat hokimligi ko'magida tajriba sifatida Samarqand viloyatida mazkur klubni tashkil etilayotganligi, yosh liderlarni tayyorlash, ularni malakali xodim sifatida tarbiyalab borilishi, shuningdek jamiyatimizning turli sohalaridagi faoliyatini olib borishi uchun shart-sharoitlar yaratish klubning asosiy maqsadi ekanligi mas'ullar tomonidan ta'kidlandi.

«SamDU jamoasi»ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etildi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi PQ-4942-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali tashkil etildi.

🔹 Filialda ta'lim faoliyatini 2021-2022 o'quv yilidan boshlash ko'zda tutilgan. Ta'lim rus tilida olib boriladi.

🔹 Filialga talabalarni qabul qilish davlat granti hamda to'lov-kontrakti asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birgalikda, O'zbekistonda xorijiy OTMlar filiallari soni 25 taga, umumiy oliygohlar soni esa 130 taga yetdi.

manba: urfon

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"14 январь – Ватан ҳимоячилари куни"
2024/09/30 16:20:46
Back to Top
HTML Embed Code: